Muallifdan


-§. SHARQ ILMIDA TIL TASNIFIGA OID QARASHLAR. TURKIY TILLAR TASNIFI



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə22/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

10-§. SHARQ ILMIDA TIL TASNIFIGA OID QARASHLAR. TURKIY TILLAR TASNIFI


Sharq ilmida ham tillar tasnifiga oid, tillarning muhim jihatlarini yorituvchi qarashlar mavjud. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari bu boradagi beqiyos manbadir.
Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillar klassifikatsiyasini yaratishga birinchi bo‘lib qo‘l urgan olimdir.
Turkiy xalqlar orasidan yetishib chiqqan birinchi ensiklopedist turkolog olim Mahmud Koshg‘ariy 1029-1038 yillar oralig‘ida Koshg‘arda tug‘ildi. “Devonu lug‘atit-turk” deb nomlangan uch tomli asar yozdi. Bu asar “Turkiy so‘zlar devoni” bo‘lib, ikki qismdan tashkil topgan: 1) kirish; 2) lug‘at.
Kirish qismida turkiy tillarning mavqeyi, lug‘atning oldiga qo‘yilgan vazifalar, asarning mundarijasi, turkiy tillarda so‘z tuzilishi va yasalishi, turkiy qabilalar va ular tillarining o‘ziga xos xusisiyatlari yoritilgan.
Asarning lug‘at qismi sakkiz bo‘limdan iborat.

  1. Hamzali so‘zlar bo‘limi ( boshida alif, vov, yoy harflari keladigan so‘zlar)

  2. Solim(tarkibida alif, vov, yoy harflari keladigan so‘zlar) bo‘limi .

  3. Muzoaf bo‘limi( tarkibida bir harifi ikki marta kelgan takrorlangan so‘zlar).

  4. Misol(boshida, o‘rtasida yoki oxirida alif, vov, yoy harflaridan biri kelgan so‘zlar) bo‘limi.

  5. Uch harfli so‘zlar bo‘limi.

  6. To‘rt harfli so‘zlar bo‘limi.

  7. G‘unnalilar ( tarkibida burun tovishlari keladigan so‘zlar) bo‘limi.

  8. Tarkibida ikki undosh qator kelgan so‘zlar bo‘limi.

Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy metoddan foydalandi. U turkiy tillarning leksikasini, morfologiyasini va fonetikasini bir – biriga qiyoslab, ular orasidagi o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rsatdi. Lug‘atda turkiy tillar leksikasiga mansub 7500 so‘z izohlangan.
Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillar fonetik qonuniyatiini birinchilardan bo‘lib yoritgan olimdir. U “Devonu lug‘otit – turk” da fonetik qonuniyatlarning tovush almashinuvi, tovush tushishi, tovush ottishi kabi ko‘rinishlarini batafsil izohlagan.
Uning tasnifi ikki prinsipga tayanadi:

  1. Tilning sofligi prinsipi.

  2. Fonetik- morfologik prinsip.

Mahmud Koshg‘ariy XI asrda yashagan turkiy xalqlarning tillarini ikki qismga ajratadi:

  1. Sharqiy turkiylar tili

  2. G‘arbiy turkiylar tili.

Mahmud Koshg‘ariy birinchi guruhga Bolosog‘un, Koshg‘ar atrofida yashaydigan xalqlarning tillarini kiritdi. Bular chigil, qorluq, uyg‘ur, tuxsi, yag‘mo kabi xalq va qabilalarning tillaridan iborat edi.
Sharqiy va g‘arbiy guruh tillarining qator xususiyatlariga ko‘ra bir – biridan farqlanadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin