Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra undoshlar quyidagilarga ajratiladi:
portlovchi undoshlar: b, p, d, t, q, k, g. Bunday undoshlar talaffuzida o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘idagi to‘siqdan portlab chiqadi;
sirg‘aluvchi undoshlar: v, f, g‘, z, s, sh, j, y, x, h. Bu undoshlar talaffuzida o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘idagi to‘siqdan sirg‘alib chiqadi.
v) qorishiq (affrikat), portlovchi-sirg‘aluvchi undoshlar: ch,j,s. Bu
undoshlar ham portlab, ham sirg‘alib chiqadi.
m,n,ng - burun tovushlari. Bu tovushlar talaffuzida havo
oqimining bir qismi burun bo‘shlig‘idan chiqadi.
l-yon tovush, til- tanglay tovushi: havo oqimi tilning ikki yonidan
sirg‘alib chiqadi.
r-titroq tovush, til uchining titrashidan hosil bo‘ladi.
3. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undoshlar ikki xil bo‘ladi: Jarangli va jarangsiz undoshlar. Jarangli undoshlar ovoz va shovqindan iborat bo‘ladi. Tarkibida ovoz (un) miqdori ko‘p bo‘lgan jarangli undoshlar sonor (lotincha «ohangdor») lar deyiladi. Sonor tovushlar 5 ta: m, n, ng, l, r
Faqat jarangli undoshlardan iborat so‘zlar: mard, javlon, maydon, jadval. Faqat jarangsiz undoshlar ishtirokidagi so‘zlar: paxta, ko‘kat, soch popuk, sex.
UNDOSH TOVUSHLAR TASNIFI
Bo‘g‘in
Bir nafas to‘lqinida aytiladigan tovush yoki tovushlar yig‘indisi bo‘g‘in deyiladi. So‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi. Bir unli bir bo‘g‘inni hosil qila oladi. Bo‘g‘inlar tarkibi quyidagicha bo‘ladi: с-undosh; v-unli.
v: o-na, u-mid, a-ka, i-jod, o-lim, a-yoz. vс: o‘t, el, ot, on, ur, ish, oy, ip, iz, o‘y, ol-(ma), in-(kor). cv: bu, shu, da-da, ma-na, da-(vom), sa-na, ra-(von), sa-(bab). cvc: ko‘k, gul, qo‘l, sol, bor, dam, tan-qid, tan-bur, rav-shan. cvcc: go‘sht, qasd, mard, qasr, fikr, ranj, hukm, mehr. vcc: aql, ust, asr, ahl, art, ishq, ont.
ccvcc-sport, shrift.
O‘zbek tilida bir unli, ikki undoshdan iborat bo‘g‘in mavjud, ammo ikki unli va bir undoshdan iborat bo‘g‘in uchramaydi. Negaki, bir unli bir bo‘g‘inga teng keladi. Bo‘g‘inning ahamiyati quyidagilardan iborat:
maktab o‘quvchilarini o‘qish va yozishga o‘rgatish bo‘g‘inga
etadi;
v) so‘zni ko‘chirishda bo‘g‘inga asoslaniladi.
Bo‘g‘in tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: ochiq bo‘g‘in va yopiq bo‘g‘in. Unli bilan tugagan bo‘g‘in ochiq hisoblanadi: ma-la-ka, ka-li-ma, o-na. Undosh bilan tugagan bo‘g‘in yopiq hisoblanadi: mak-tab, kajraf-tor, tan-siq.
Urg‘u
Urg‘u ikki xil bo‘ladi: so‘z urg‘usi va gap urg‘usi. 1. So‘z urg‘usi. So‘zdagi ma’lum bir unlining (yoki bo‘g‘inning) cho‘ziqroq, ajratib, ta’kidlab aytilishidir. O‘zbek tilidagi so‘z urg‘usi ko‘chuvchan xarakterga ega bo‘lib, asosan so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi: gul-gulzor-gulzorlar-gulzorlarimiz-gulzorlarimizni. So‘zga qo‘shimcha qo‘shilishi bilan urg‘u ko‘chib boraveradi. Lekin barcha qo‘shimchalar ham urg‘u olavermaydi. Quyidagi qo‘shimchalar urg‘u olmaydi:
Birinchi darajali shaxs-son qo‘shimchalari: -man, -san, -dir, miz, -siz. Masalan, o‘quvchiman, bolaman, yaxshisiz.
Ba’zi so‘zlarda urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushmaydi: ammo, doim, afsuski, hatto, xuddi, albatta, balki, hamma, texnika, hamisha, kofe. Bunday holat o‘zlashgan (boshqa tillardan kirgan ) so‘zlarda kuzatiladi.
So‘z urg‘usi ma’no farqlash uchun ham xizmat qiladi. Masalan: olma (meva)-olma (fe’l), etik (kiyim)-etik (fan), atlas (xarita)-atlas (ko‘ylak), hozir (payt)-hozir (tayyor), yangi (kitob)-yangi (payt), qo‘llar (ot)-qo‘llar (fe’l), qishloqcha (ot)-qishloqcha (ravish), o‘quvchimiz-o‘quvchimiz. Demak, so‘z urg‘usi so‘zdagi biror bo‘g‘inni ajratib, ta’kidlab aytish va ma’no farqlash uchun xizmat qiladi.
2. Gap urg‘usi «mantiqiy urg‘u», «logik urg‘u», «ma’no urg‘usi» kabi terminlar bilan yuritiladi. Gap urg‘usi gapdagi biror so‘zning ta’kidlab, ajratib aytlishidir: Biz kecha sayohatga bordik. Biz sayohatga kecha bordik. Kecha sayohatga biz bordik.
Gap urg‘usini olgan bo‘lak kesimdan oldin ( kesim oldida) keladi.