Qonun hujjаtlаri mаlumotlаri milliy bаzаsi (www.lex.uz),
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-sonli “O‘zbekiston Respublikаsini yanаdа
rivojlаntirish bo‘yichа Hаrаkаtlаr strаteгiyasi to‘g‘risidа”гi Fаrmoni. // O‘zbekiston Respublikаsi qonun hujjаtlаri to‘plаmi,
2017-yil. 6-son. 70-moddа.
umumiy va maxsus rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan jarayonga aytiladi.
Muammoli ta’lim jarayonida o‘qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga
keltirilib, mazkur muammo o‘quvchilarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim,
ko‘nikma va malakalarni ijodiy o‘zlashtirish va aqliy faoliyatini rivojlantirishga
imkon beradi. Muammoli ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarning bilimlarni
o‘zlashtirish darajasini orttirish, ko‘nikmalarni malaka darajasiga yetkazish
maqsadida qo‘llanilib, unda o‘quvchi o‘quv materialini tahlil qiladi, taqqoslaydi,
sintezlaydi, ma’lumotlarni umumlashtirib, yangi axborot oladi. Boshqacha
aytganda, avval o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarini yangi vaziyatlarda qo‘llab,
bilimlarni chuqurlashtiradi, kengaytiradi. O‘quvchilar muammoli vaziyatlarni hal
etish jarayonida izlanadi va muammolar yechimini topadi. O‘quvchilarni ijodiy va
mantiqiy fikr yuritishga o‘rgatish, aqliy faoliyat usullarini egallashga, ularda ilmiy,
tanqidiy-tahliliy, mantiqiy fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirishga olib keladi. Masalan, “Sutemizuvchilarning hayotiy faolligi
yuragining hajmiga bog‘liq, hasharotlarda ham shundaymi?” degan savolga javob
topish uchun o‘quvchilar avval sutemizuvchi hayvonlar va hasharotlarning qon
aylanish sistemasini taqqoslashi, qonning bajaradigan funksiyalarini eslashi, ular
o‘rtasidagi farqni belgilashi, nafas olish a’zolarining tuzilishi va funksiyasini
chog‘ishtirishi, to‘plangan ma’lumotlar asosida xulosa yasab, fikrini dalillashi
lozim. Savolning bu tarzda muammoli qo‘yilishi o‘quvchilarda tahliliy va mantiqiy
fikr yuritish ko‘nikmalarini egallashga imkon beradi.
Muammoli ta’limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog‘liq:
muayyan mavzuga oid o‘quv materialini muammolashtirish;
muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish orqali o‘quvchilarning bilish
faoliyatini faollashtirish;
ta’lim jarayonini o‘yin, mehnat faoliyati bilan uyg‘unlashtirish;
o‘qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o‘z o‘rnida va samarali
foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish
va mantiqiy ketma-ketlikda o‘quvchilarga bayon etish.
Muammoli vaziyatlardan o‘quv jarayonining barcha bosqichlarida, jumladan
yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda muvaffaqiyatli
foydalanish mumkin. Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan
hollarda mazkur mavzuni muammoli dars shaklida o‘tish tavsiya etiladi.
O‘qitish jarayoniga muammoli darslarni qo‘llash uchun o‘qituvchi quyidagi
masalalarni hal qilishi zarur:
o‘quv dasturi bo‘yicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida o‘tish
mumkinligini belgilashi;
mavzu matnidagi masalalar bo‘yicha muammoli vaziyatni keltirib
chiqaradigan savollar, topshiriqlarni aniqlashi, bunda didaktikaning ilmiylik,
sistemalilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik tamoyillariga amal qilishi;
o‘quvchilarning
bilish
faoliyatini
faollashtirish
va
boshqarishni
ta’minlaydigan vosita va usullarni aniqlashi, ulardan o‘z o‘rnida va samarali
foydalanish yo‘llarini belgilashi.
Muammoli darslarda o‘qituvchining faoliyati, avvalo, mavzu mazmunidan
kelib chiqqan holda, o‘quv muammolarini aniqlash, muammoli vaziyatlar tizimini
yaratish, o‘quvchilar oldiga o‘quv muammolarini yuqori ilmiy va metodik
saviyada qo‘yish va darsda mazkur o‘quv muammolaridan samarali foydalanishga
erishish, o‘quvchilar faoliyatini muammolarni hal etishga yo‘naltirishdan iborat
bo‘ladi. O‘quvchilarning faoliyati muammoli vaziyatlarni idrok etish, hal qilish
usullarini izlash, muammoni tahlil qilib, taxminlarni ilgari surish, taxminlarni ilmiy
va mantiqiy nuqtai nazardan asoslash, isbotlash, tekshirish va xulosa chiqarishdan
iborat bo‘ladi.
Hozirgi zamon muammoli darslarning didaktik maqsadi o‘quvchilarning
avval o‘zlashtirgan bilimlarini muammoni hal etishda ijodiy qo‘llab, yangi
bilimlarni egallash ko‘nikmalari, bilimlarni ijodiy o‘zlashtirish va amalda qo‘llash
malakalari, izlanuvchanligi, qiziqishi, motivlari, mantiqiy tafakkuri, ijodiy
faoliyati, aqliy kamoloti, zakovatini rivojlantirishdan iborat. Muammoli ta’lim
texnologiyalari o‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarining shakllanishiga imkon
yaratadi.
Muammoli ta’lim texnologiyasi o‘qitishda muammoli vaziyatlarni vujudga
keltirishga asoslanib, uni maqsadga muvofiq holda, darsning turli bosqichlari,
jumladan, uy vazifasini so‘rash, yangi mavzuni o‘rganish, o‘rganilgan mavzuni
umumlashtirish va yakunlashda foydalanish tavsiya etiladi. Biologiya o‘qituvchisi
muammoli vaziyatlarni darsning qaysi bosqichida vujudga keltirishni, muammoli
savollarni berish yo‘llarini avvaldan belgilab olgan bo‘lishi lozim. O‘qituvchi
muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish maqsadida o‘rganiladigan mavzu matnini
tahlil etishi, o‘quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlarini e’tiborga olgan
muammoli savollar zanjirini tuzishi zarur. Shuni qayd etish kerakki, o‘qituvchi
biologiyani o‘qitishda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishning quyidagi
bosqichlarini nazarda tutishi lozim:
o‘quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish, ularning faoliyatini o‘quv
topshiriqlarini hal etishga yo‘llash orqali yangi bilimlarni egallashga zamin
tayyorlash;
ijodiy o‘quv topshiriqlarini egallash orqali bilimlarni kengaytirish,
aniqlashtirish va chuqurlashtirish;
ijodiy o‘quv topshiriqlarini hal ettirish orqali o‘quvchilarning aqliy faoliyat
usullarini egallashga imkon yaratish.
O‘quv materialining o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olingan holda
muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishning turli usullari mavjud:
Analogiya usuli. Ushbu usulda o‘qituvchi muammoli savollarni avval
o‘rgangan o‘quv materialiga oid bilimlarni faollashtirish yoki o‘quvchilarning
hayotiy tajribalariga asoslanib vujudga keltirishi mumkin. Jumladan, 7-sinfda “Bir
hujayralilar
tipi”,
“Xivchinlilar sinfi” mavzularini o‘rganishdan avval
o‘quvchilarning “Soxta oyoqlilar sinfi” yuzasidan o‘zlashtirilgan bilimlarini
faollashtirish maqsadida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish tavsiya etiladi.
Ushbu usuldan har bir mavzuning avvalgi mavzuga bog‘liq masalalarini hal etishda
foydalanish mumkin.
Tahlil va sintez usuli. Ushbu usulda o‘quvchilar biologik obyektlarni olimlar
tomonidan o‘tkazilgan tajriba asosida o‘rganadi va xulosa yasaydilar. Jumladan,
“Lishayniklar” mavzusi o‘rganilayotgan jarayonda o‘qituvchi olimlar tomonidan
o‘tkazilgan tajribani bayon etishi so‘ngra shu asosda muammoli vaziyatlarni
vujudga keltirishi talab etiladi. “Lishayniklarni dastlab olimlar bitta organizm deb
qabul qilishgan va yo‘sinlar bo‘limiga mansub deb hisoblashgan. 1867-yili rus
biolog olimlari A.S.Faminsin va O.V.Baroneskiy lishayniklar tanasida yashil
suvo‘t bo‘lib, u oddiy bo‘linish yo‘li bilan ko‘payishi, sporalari orqali tarqalishini
aniqlagan. Demak, ksanoriya mustaqil hayot kechiruvchi suvo‘t ekan, lishayniklar
qanday organizmlar, ularni qaysi bo‘limga kiritish mumkin?”. O‘quvchilar ushbu
muammoli savol yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildiradi.
O‘tkazilgan tajriba natijasida u yoki bu jarayonning mohiyatini aniqlash.
«Barg» mavzusini o‘rganishda o‘qituvchi biolog olim Van Gelmont tomonidan
o‘tkazilgan tajribani bayon etadi: “Bundan uch yuz yil avval olim bochkaga 80 kg
tuproq soldi va unga og‘irligi 500g bo‘lgan tol novdasini ekkan. Tol besh yil
davomida tarkibida mineral tuzlari bo‘lmagan suv bilan sug‘orilgan. Besh yildan
keyin aniqlanishicha, tolning og‘irligi 65 kg ni tashkil etgan, tuproq miqdori esa
50g kamaygan. Mazkur hodisaning sababini aniqlang.”
“Soxta oyoqlilar sinfi” mavzusini o‘qitishda quyidagi tajribani bayon etish
maqsadga muvofiq: “Ikkita kolbaning birinchisiga buloq suvi, ikkinchisiga
qaynatilgan suv quyildi va amyobali suyuqlik teng miqdorda solindi. Oradan bir
hafta o‘tgach buloq suvida amyobalar ko‘payganligi, ikkinchi kolbada esa ular
nobud bo‘lganligi aniqlandi. Ushbu tajribaning mohiyatini tushuntiring”.
Biologiya o‘qituvchisi o‘rganilayotgan mavzu mazmuniga bog‘liq holda
yuqorida qayd etilgan tajribalarga monand tajribalarning natijalarini bayon etib,
ular asosida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishi maqsadga muvofiq.
Muammoli savolni ilgari surish. Ushbu usul o‘quvchilarning avvalgi
darslarda olgan bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda ijodiy qo‘llashga zamin
yaratadi. Quyida shunday savollardan namunalar keltirilmoqda: “Nima uchun qush
tuxum po‘chog‘i yoriqlaridan kirgan havo bilan nafas olishiga qaramasdan,
embrional rivojlanishining muayyan bosqichida jabra yoriqlari vujudga keladi?”,
“Kir yuvgan yoki o‘tin yorgan kishi qo‘lini ko‘p ishlatishga to‘g‘ri keladi. Bu
holatda nima uchun yelkadacharchoq seziladi?”, “Nima uchun shifokor qabuliga
kelgan bemorning o‘naqay yoki chapaqay ekanligini bilishi lozim?”.
Biologiyani o‘qitish jarayonida o‘qituvchi yuqorida qayd etilgan tarzdagi
muammoli savollarni o‘rtaga tashlashi va o‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan
bilimlarini yangi vaziyatlarda ijodiy qo‘llashi orqali ularda ijodiy faoliyat
tajribalarini shakllantirishga e’tibor qaratishi lozim.
Ajablanarli faktlarni bayon etish orqali mustaqil fikr yuritishni vujudga
keltirish. “Odam va uning salomatligi” fanida “Immunitet” mavzusini o‘rganishda
o‘qituvchi tomonidan quyidagi faktning bayon etilishi o‘quvchilarni mustaqil fikr
yuritish, o‘zlashtirgan bilimlari asosida hayotiy tajribalarga ega bo‘lishiga zamin
tayyorlaydi: o‘tgan asrda Atlantika okeani orollarining biriga yevropadan chechak
yuqtirgan kishi kelishi natijasida chechak epidemiyasi tarqalgan. Orolda yashovchi
7 ming kishidan faqat oltmish besh yil avval shu kasallik bilan og‘rigan
98 nafar qariya omon qolgan. Ushbu fakt yuzasidan fikr bildiring.
Olimlarning fikrlari asosida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish: taniqli
geograf va sayohatchi A.Gumboldt: “Odamga o‘rmon hamrohlik qiladi, cho‘l
kuzatib qo‘yadi”, degan fikrni aytgan. Olimning bu fikrini izohlang.
Bitta fakt yuzasidan qarama-qarshi fikr bildirish orqali muammoli
vaziyatlarni vujudga keltirish. Ushbu usulda o‘qituvchi o‘rganilayotgan jarayon
yuzasidan qarama-qarshi faktlarni bayon etish orqali o‘quvchilarni mustaqil fikr
yuritishga undaydi. Masalan, quyidagi faktlar yuzasidan o‘z fikringizni bayon
eting. Ma’lumki, odam jismoniy ish bajarganda arterial qon bosim muayyan
darajada ortadi. 1-o‘quvchi: “Odam jismoniy ish bajarganda muskullar tomonidan
ajratilgan modda qon tomirlarining torayishiga olib keladi. Shu sababli qon bosimi
ortadi”. 2-o‘quvchi: “Odam jismoniy ish bajarganda bosh miya muskullarga
signal yuboradi va ular muayyan ish bajaradi. Shu bilan birgalikda ushbu signal
qon tomirlarga ham boradi, ular qisqarishi natijasida qon bosim ortadi”. Ushbu
bahsda qaysi o‘quvchining fikri haqiqatga yaqinligini aniqlang.
Biologiya
o‘qituvchisi
o‘rganiladigan
mavzuning
o‘ziga
xos
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yuqorida qayd etilgan usullardan o‘z o‘rnida
foydalanishi o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini
rivojlantirish, hayotiy tajribalarni egallash, o‘zlashtirgan bilimlarini yangi
vaziyatlarda qo‘llash orqali bilim olish usullarini egallashni nazarda tutgan holda
ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini orttirishga zamin tayyorlaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining har bir bitiruvchisi kompetensiyaviy
yondashuvga asoslangan DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni
egallashi, unda tayanch va fanga oid kompetensiyalar shakllangan bo‘lishi shart.
O‘quvchilarda mavjud bilimlar boyligini to‘xtovsiz mukammallashtirish ehtiyoji
mustaqil bilim olish faoliyatini yurita olishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Insonning
mustaqil fikrlashi va ijodiy qobiliyati qancha rivojlangan bo‘lsa, uning mustaqil
bilim olishi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Fikr mustaqilligining mavjudligi
o‘quvchida mustaqil bilim olish ehtiyojining paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi. Fikri
mustaqil bo‘lgan o‘quvchida o‘z-o‘zini taftish qilish, o‘z ehtiyojlarini aniqlash va
ularni qondirish istagi bo‘ladi. Mustaqil fikrli inson hamisha o‘z qarashlarini
asoslaydi va himoya qiladi.Yuqorida bayon etilgan fikrlar bugungi kunda
pedagogik jarayonda o‘quvchilarda yangi bilimlarni mustaqil izlab topish, ularni
egallash, zarur axborotlarni to‘plash, farazlarni ilgari surish, muayyan fikrga kelish,
yakuniy xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradigan usullardan foydalanish
dolzarb ekanligini ko‘rsatmoqda. Ta’limning vazifasi o‘quvchilarga kelajak
hayotda zarur bo‘ladigan shunday usullarni egallashlariga yordam berishdan
iboratki, bunda o‘quvchilar o‘z kuchi, imkoniyati, qobiliyati, layoqati,
qiziqishlarini ob’ektiv baholash orqali to‘g‘ri qaror qabul qila olsinlar.
O‘quvchilarda bunday shaxsiy sifatlar tadqiqotchilik faoliyatida, o‘quv loyihalarini
bajarish davomida shakllanadi. Har bir o‘quvchi qandaydir ma’noda izlanuvchi-
tadqiqotchidir. O‘quvchilarning tadqiqotchilik faoliyatini izlanuvchanlikka,
ijodkorlikka yetaklovchi faoliyat deb hisoblash o‘rinlidir. Chunki bu faoliyat
ijrochi insonni emas, balki zamon talabiga mos ijodkor va tadqiqotchi insonni
tarbiyalaydi. Tadqiqot va kuzatishlar reja asosida tizimli tarzda olib borilishi,
maqsad aniq ifodalangan va o‘quvchilarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan
bo‘lishi lozim. O‘qituvchi tadqiqot va kuzatishlar uchun o‘quvchini qiziqtira
oladigan mavzularni to‘g‘ri tanlashi bilan o‘quvchining kuzatuvchanligi, xotirasi,
ijodiy fikrlash qobiliyatining mukammallashuviga sharoit yaratadi. O‘quvchilar
o‘zlari tanlagan mavzu asosida yakka, ikki o‘quvchi hamkorligida, kichik
guruhlarda tadqiqotlarni olib boradilar. Tadqiqot davomida o‘quvchilar kundalik
yuritishlari maqsadga muvofiq. O‘quvchilar nafaqat alohida voqea va hodisalarni
qayd etishga, balki ularni tahlil qilishga, ular orasidagi bog‘liqlikni aniqlashga
o‘rganishlari lozim. Tadqiqot yakunida o‘quvchilar olingan natijalarni
rasmiylashtiradilar. Tadqiqot natijalariga bag‘ishlangan taqdimotlar tayyorlaydilar.
Tadqiqotchilik ishlari o‘quvchilarda ilmiy ishlarga qiziqishni uyg‘otadi va
mustahkamlaydi. O‘quvchilarning o‘quv tadqiqot ishlarini olib borishni tashkil
etish bo‘yicha tavsiyalar:
1.Tadqiqot mavsusini tanlash va maqsadlarni belgilash. O‘quvchiga tadqiqot
mavzusini to‘g‘ri tanlashda o‘qituvchining yordami zarur. Tadqiqot mavzusi
o‘quvchining yoshi, bilim saviyasi, qobiliyati va imkoniyatidan kelib chiqib
tanlanadi. O‘qituvchi rahbar sifatida tadqiqot rejasini tuzishga, maqsadi,
muammoni to‘g‘ri belgilashga, tadqiqotga to‘g‘ri yondashishga yordam beradi.
Tadqiqot uchun tanlangan mavzu o‘quvchini qiziqtira olishi, uni izlanishga jalb eta
olishi lozim.
2.Tadqiqotni rejalashtirish va metodlarini belgilash. Bu bosqichda o‘quvchi
tadqiqot muammosiga tegishli adabiyotlar, maqola va qo‘shimcha ma’lumotlarni
o‘rganadi. O‘qituvchi kerakli adabiyotlarni va media manbalarni tavsiya etadi.
Bunday ishlar o‘quvchini kutubxonada ishlash, mustaqil ravishda zarur
ma’lumotlarni qidirib topish, ma’lumotlar orasidan keraklisini saralay olish kabi
ko‘nikmalarni hosil qiladilar, bu esa “Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi”
(TK-2) elementlarini shakllantirishga imkon beradi. Ishni rejalashtirish tadqiqot
metodini tanlash, kuzatish hajmi va tajribalar soni aniqlash, tadqiqot uchun qancha
vaqt ajratishni taxmin qilish zaruriyatini nazarda tutadi, bunda “Matematik
savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish
kompetensiyasi” (TK-6) elementlari shakllanadi. Tadqiqot metodlari uning
maqsadi va predmeti bilan bog‘liq. Tajriba va kuzatishlarga asoslangan
tadqiqotlarni olib borganda har qanday tajriba va sinovlarni bir necha marta
takror o‘tkazish zarurligini o‘quvchilarga uqtirish lozim. Tasodiflar tufayli yagona
natija doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Shuning uchun bir necha bor qayta sinovda
bir xil natija olingandan so‘nggina tegishli xulosalar chiqarish mumkin.
3.Tadqiqotdan kutilayotgan natijani muhokama qilish va baholash,
tadqiqot gipotezasini aniq ifodalash.
4.Ma’lumotlar to‘plash, tajribalar o‘tkazish, natijalarni tahlil qilish orqali
dastlabki olingan dalillarni qayd etish.
5.Olingan dalillarga asoslanib, tadqiqot natijalarini baholash, xulosalash.
6.Olib borilgan ishni rasmiylashtirish. Tadqiqotni kichik ma’ruza, taqdimot,
slaydlar, tarzida rasmiylashtirish mumkin.
O‘rta yoshli maktab o‘quvchilarining biologiya kursi bo‘yicha olib
boradigan o‘quv tadqiqot ishlari o‘quvchilarda mustaqil ishlash, tajribalar
o‘tkazish, kuzatishlar olib borish, natijalarni qayta ishlash, to‘g‘ri xulosalar chiqara
olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi va tadqiqot ishlarining algoritmini
egallashlariga imkon yaratadi. O‘quvchilarni tadqiqot ishlariga jalb etish uchun,
eng avvalo, ularning qiziqishlariga tayanish kerak. O‘rganilayotgan ob’ekt yoki
voqea, hodisa o‘quvchi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lishi va qiziqishini
hamda bilim darajasini oshirishi lozim. Biroq taklif etilayotgan mavzular va
tadqiqot metodlari o‘quvchilarning psixo-fiziologik imkoniyatlari darajasidan
oshmasligi kerak. Tadqiqot faoliyati tushunarsiz va murakkabligi bilan
o‘quvchilarning o‘qishga, ishlashga xohish-istaklarini so‘ndirmasligi, aksincha,
ularni to‘g‘ri faoliyatga yo‘naltirishi kerak.
Muammmoli dars (“Aqliy hujum”) quyidagi bosqich asosida tashkil etiladi:
1-bosqich. Psixologik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan o‘quvchilardan teng
sonli kichik guruhlarini shakllantirish.
2-bosqich. Kichik guruhlarga muammoli savollardan iborat bo‘lgan o‘quv
topshiriqlarini tarqatish va ularni topshiriqning didaktik maqsadi bilan tanishtirish.
3-bosqich. O‘quvchilarning bilish faoliyatini o‘quv muammolarini hal
etishga yo‘naltirish.
4-bosqich. O‘quvchilarning muammoli vaziyatlarni hal etish bo‘yicha
axborotlarini tinglash.
5-bosqich. Kichik guruhlar o‘rtasida o‘quv bahsi va munozara o‘tkazish.
6-bosqich. Umumiy xulosa yasash.
“Aqliy hujum” da o‘quvchilar avval o‘zlashtirgan bilimlarini yangi
vaziyatlarda qo‘llab, bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, aqliy faoliyat
usullarini egallaydi.
O‘quvchilar bilish faoliyatining bu tarzda tashkil etilishi ularda ijodiy
faoliyatni tarkib toptirishga imkon yaratadi.
“Aqliy hujum”da o‘quvchilar avval o‘zlashtirgan bilimlarini yangi
vaziyatlarda qo‘llab, bilimlarini kеngaytiradi, chuqurlashtiradi, aqliy faoliyat
usullarini egallaydi.
O‘quvchilarning bilish faoliyatining bu tarzda tashkil etilishi ularda ijodiy
faoliyatni tarkib toptirishga imkon yaratadi.
Quyida biz “Organizmlarning moslashishi va uning nisbiyligi” mavzusida
o‘tkazilgan muammoli darsning borishini yoritamiz.
Darsning tashkiliy qismidan so‘ng, o‘qituvchi o‘quvchilarni tеng sonli
guruhlarga ajratadi va har bir guruh sardorini bеlgilaydi. O‘quvchilarning
faoliyatini bilishga yo‘naltiruvchi bir nеchta muammoli savollar yozilgan quyidagi
kartochkalarga qaratadi:
1.Tirik organizmlarning yashash muhitiga moslashganligini qanday izohlash
mumkin?
2.Tabiatda turlarning хilma-хilligi qanday paydo bo‘lgan?
3.Nima uchun evolyutsiya jarayonida tirik organizmlarning tuzilishi yuksalib
borgan?
4.Maqsadga muvofiqlik bilan moslashganlik so‘zlarining tom ma’nosida
qanday farq mavjud?
Guruhdagi o‘quvchilar shu savollar yuzasidan maslahatlashib, o‘z fikrlarini
umumlashtiradi. Har bir guruh sardori guruh fikrini bayon etadi.
O‘qituvchi guruhlar bayon etgan fikrlarni umumlashtirish dars yakunida
amalga oshirilishini e’lon qiladi va navbatdagi muammoli savollar yozilgan
kartochkalarni tarqatadi:
1. Tirik organizmlarning tashqi muhitning muayyan sharoitiga moslashishini:
a) Karl Linnеy;
b) J.B.Lamark;
v) Ch.Darvin qanday izohlaydi?
Siz qaysi olimning nuqtai nazarini ma’qullaysiz? Javobingizni dalillang.
O‘quvchilar guruhi biz savollarga javob topgandan so‘ng, o‘qituvchi
o‘quvchilar diqqatini o‘zgaruvchanlik va moslanganlik tushunchalariga qaratib, bu
ikki tushuncha o‘rtasida aloqadorlikni izohlab bеrishni ta’kidlaydi. Shundan so‘ng
hayvonat dunyosidagi moslashishlarni o‘rganishga kirishiladi. O‘qituvchi
o‘quvchilarga avval o‘zlashtirgan bilimlari va darslikdan foydalanib quyidagi
jadvalni to‘ldirish va izohlashni topshiradi.
Dostları ilə paylaş: |