N
N
Moslashish turi
O‘simlikikik
nomi
Moslashishga
yordam bеradigan
o‘zgarishlar
I
I
Hasharotlar yordamida
Changlanadigan
o‘simliklar
I
II
Shamol
yordamida
changlanadigan
o‘simliklar
Turning
nomi
Ya-
shash
muhiti
Moslashish
bеlgilari
Moslashish-
nisbiy
хaraktеri
Moslashish-
ning vujudga
kеlish
mехanizmi
Munozarali darslar muammoli ta’lim texnologiyasiga asoslanadi. Munozara
darslari dasturdagi muayyan bir mavzuni o‘rganishga bag‘ishlanadi.
Mazkur darsning didaktik maqsadi: o‘quvchilarning bilish faoliyatini
faollashtirish orqali tahsil olishga va fanga qiziqishlarini orttirish, bilimlarini
kengaytirish; o‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini
odatiy, tanish va kutilmagan yangi vaziyatlarda qo‘llash orqali yangi bilimlarni
egallashga erishish; o‘quvchilarning bilimidagi mavhum tushunchalarni aniqlash va
ularga barham berish, bilim olishga bo‘lgan intilishni rivojlantirish; o‘quvchilarning
nutqini o‘stirish, o‘z fikrini lo‘nda va mantiqan to‘g‘ri bayon etish, ularni dalillash
ko‘nikmalarini hosil qilish. Ilmiy munozarali darslardan “Odamning paydo
bo‘lishi”, “Yerda hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishi”, “Genetika asoslari”
kabi mavzulardagi umumlashtiruvchi darslarda foydalanish tavsiya etiladi. Ilmiy
munozarali darslarning tuzilishi quyidagicha bo‘ladi:
O‘qituvchining kirish so‘zi. Bunda o‘qituvchi dars mavzusining maqsadi va
vazifalari, ilmiy munozara o‘tkaziladigan muammolarning umumiy tafsiloti, darsda
o‘quvchilar guruhi bajaradigan o‘quv topshiriqlari bilan tanishtiradi;
o‘quvchilar faoliyatini munozarali va muammoli masalalarni bajarishga va
hal etishga yo‘llash;
o‘quvchilar guruhi o‘rtasida o‘quv bahsi va munozarani tashkil etish;
o‘quv bahsi va munozara yakuni. O‘qituvchi dars davomida o‘quv bahsi va
munozara keltirib chiqargan muammolar yechimidagi asosiy g‘oya va
tushunchalarni ta’kidlab, xulosa yasaydi;
o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash. O‘quv bahsi va
munozaralarda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va reyting tizimiga
muvofiq baholanadi.
Uyga vazifa berish.
Darsni umumiy yakunlash.
Dostları ilə paylaş: |