U – umumlashtiruvchi fikr. Mashg‘ulot reglamentiga ko‘ra talabalar yoki kichik guruhlar yozib bo‘lgach, fikrlarini o‘qib himoya qiladilar.
YAkuniyqismda: O‘qituvchi tomonidan berilgan mavzu, muammo bo‘yicha fikrlar umumlashtiriladi. Talabalarga ball qo‘yiladi.
Mashg‘ulot reglamenti: 1. Tashkiliy qismga tahminan – 5 minut;
2. Talabalar yoki kichik guruhlarning o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib berilgan qog‘ozda bayon etishlari uchun (5-10 minut);
3. Har bir talaba yoki kichik guruh o‘z fikrlarini bosqichma – bosqich yoritadilar, tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi misollar, dalillar keltiradilar (2-5 minut);
Izoh: Mashg‘ulot reglamentini belgilashda guruhda talabalarning soni nechtaligini e’tiborga olish shart.
“Munozara” usuli Bu metod yordamida talabalarga ma’lum mavzu bo‘yicha axborot etkaziladi, munozara uchun tanlangan mavzuni talabalar “shturm” qiladilar, natijada, unga oid ma’lumot atroflicha o‘rganiladi.
Munozarani o‘tkazish metodikasi 1. Munozara olib boruvchi – o‘qituvchi mavzuni tanlab, talabalarga taklif etadi.
2. O‘qituvchi talabalarga “aqliy hujum” topshirig‘i qoidalarini tushuntiradi:
- “hujum”dan maqsad – muammo echimiga oid variantlarni ko‘proq taklif etish;
- o‘z bilimingizni umumlashtirib, e’tiborni muammo echimiga qaratib, fikrlar bildiring. Bildirilgan g‘oyalar umumiy fikrga zid bo‘lsa-da, hech biri rad etilmaydi;
- boshqa talabalar g‘oyalarini ham qo‘llab-quvvatlang;
- taklif etilganlarni baholash bilan keyinroq shug‘ullanasiz.
3. O‘qituvchi kotib tayinlaydi va u aytilgan barcha g‘oyalarni yozib boradi. Muhokama vaqtida so‘zga chiquvchilar aniqlanib, munozarada barcha talabalar qatnashadi, o‘z fikrlarini ifodalash imkoni beriladi.