Muayyan fanga doir bilim asoslarini maʼlum tartibda bayon etadigan va yuqori maʼnaviy-gʻoyaviy, ilmiy uslubiy saviyada yozilgan kitob; oʻquv adabiyotining asosiy va yetakchi turi. D


O’quv adabiyotlari va ularning tarkibi



Yüklə 26,69 Kb.
səhifə2/8
tarix26.05.2022
ölçüsü26,69 Kb.
#59570
1   2   3   4   5   6   7   8
Darslik

O’quv adabiyotlari va ularning tarkibi.
Har bir fanni o’zlashtirishda, fan haqida umumiy tasavvur va bilimlarga ega bo’lishda bevosita o’quv adabiyotlarining o’rni kattadir.
Har bir ta'lim turi uchun yaratilayotgan o’quv adabiyotlariga psixologik-pedagogik, uslubiy-didaktik, sanitariya-gigеnik va boshqa talablar alohida belgilab qo’yiladi. Oliy va o’rta maxsus, kasb-ta'limi tizimi uchun o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasida, o’quv adabiyotlarining mazmuni, shuningdek darsliklarga qo’yiladigan talablar ko’rsatib o’tilgan. Unda Yangi avlod o’quv adabiyotlarini yaratishning me'yoriy-huquqiy asosi bo’lib O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim to’g’risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvarda” gi “Uzluksiz ta'lim tizimini darsliklar va o’quv adabiyotlari bilan ta'minlashni takomillashtirish to’g’risida”gi 4-sonli, 2000 yil 29 maydagi “O’quv dasturlari, darsliklar va o’quv ko’llanmalarni qayta ko’rib chiqish va yangilarini yaratish bo’yicha Respublika Muvofiqlashtiruvchi komissiyasini tuzish to’g’risida”gi 208-sonli qarorlari hisoblanadi, deb ko’rsatib qo’yilgan.
O’quv adabiyotlarning mazmuni - bilim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish, mukammallashtirib borish, mustaqil ta'lim olish, yangi bilimlarni o’quv adabiyotlardan izlab topish ko’nikmalarini hosil qilishni ta'minlashi kerak
O’quv adabiyotlari – muayyan ta'lim turi (yo’nalishi yoki mutaxassisligi) o’quv rejasida qayd etilgan fanlar bo’yicha tegishli o’quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o’zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu jumladan, xorijiy tarjimalar) manba bo’lib, ikki xil shaklda tayyorlanadi:
O’quv adabiyotlarining turlari -Uzluksiz ta'lim tizimi o’quv-tarbiyaviy jarayonida o’quv adabiyotlarning quyidagi turlari qo’llaniladi: darslik, o’quv qo’llanma, lug’at, izohli lug’at, ma'lumotlar to’plami, lеktsiyalar kursi, lеktsiyalar to’plami, metodik ko’rsatmalar, metodik qo’llanmalar, ma'lumotlar banki, dayjest, sharh va boshqalar.
Darslik - davlat ta'lim standarti, o’quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida bеlgilangan, milliy istiqlol g’oyasi singdirilgan, muayyan o’quv fanining mavzulari to’liq yoritilgan, tеgishli fanning asoslarini mukammal o’zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta'lim yo’nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr.

Yüklə 26,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin