Muayyan fanga doir bilim asoslarini maʼlum tartibda bayon etadigan va yuqori maʼnaviy-gʻoyaviy, ilmiy uslubiy saviyada yozilgan kitob; oʻquv adabiyotining asosiy va yetakchi turi. D



Yüklə 26,69 Kb.
səhifə3/8
tarix26.05.2022
ölçüsü26,69 Kb.
#59570
1   2   3   4   5   6   7   8
Darslik

Elеktron darslik - kompyutеr tеxnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta'lim olishga hamda fanga oid o’quv matеriallar, ilmiy ma'lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan bo’lib:
- o’quv va ilmiy matеriallar faqat vеrbal (matn) shaklda;
- o’quv matеriallar vеrbal (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklda;
- multimеdia (multimedia - ko’p axborotli) qo’llanmalar, ya'ni ma'lumot uch o’lchamli grafik ko’rinishda, ovozli, vidеo, animatsiya va qisman vеrbal (matn) shaklda.
O’quv qo’llanma - darslikni qisman to’ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo’yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o’zlashtirilishini ta'minlovchi, ayrim bob va bo’limlarni kеng tarzda yoritishga yoki amaliy mashq va mashg’ulotlar еchimiga mo’ljallangan nashr.
Lug’at - aniq bir tartibda joylashgan so’zlar (yoki so’z birikmasi, idiomalar va hokazo) to’plami, ularning mazmuni, ishlatilishi, kelib chiqishi, boshqa tildagi tarjimasi to’g’risida ma'lumot beruvchi yoki so’zning tushunchasi, u bilan belgilanuvchi predmetlar haqida axborot beruvchi nashr.
Izohli lug’at - so’zlarning mazmunini izohlaydigan, har bir so’zning grammatik, etimologik va stilistik tavsifi berilgan, ularni qo’llashga oid misollar va boshqa ma'lumotlar keltirilgan, qo’shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan nashr.
Ma'lumotlar to’plami - foydalanishga qulay shaklda yaratilgan muayyan fanni yoki ta'lim yo’nalishini o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan, isbot talab qilmaydigan ma'lumotlar, ilmiy ko’rsatkich va o’lchamlar, turli belgi va raqamlardan, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, amaliy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi qisqa ma'lumotlardan tashkil topgan nashr.
Lеktsiyalar kursi - fanning o’quv dasturi bo’yicha undagi barcha mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlar ko’rsatilgan, o’z-o’zini nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan nashr, lеktsiyalar kursining nomi tegishli fan nomi bilan ataladi.

Yüklə 26,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin