Muayyan fanga doir bilim asoslarini maʼlum tartibda bayon etadigan va yuqori maʼnaviy-gʻoyaviy, ilmiy uslubiy saviyada yozilgan kitob; oʻquv adabiyotining asosiy va yetakchi turi. D


-Masala. Milliy g’oya, ma'naviyat asoslari va huquq fanlari uchun yaratilgan o’quv qo’llanmalari va darsliklar



Yüklə 26,69 Kb.
səhifə7/8
tarix26.05.2022
ölçüsü26,69 Kb.
#59570
1   2   3   4   5   6   7   8
Darslik

4-Masala. Milliy g’oya, ma'naviyat asoslari va huquq fanlari uchun yaratilgan o’quv qo’llanmalari va darsliklar. Milliy g’oya, ma'naviyat asoslari va huquq fanlarining dolzarb masalalarini o’rganishda birinchi navbatda darsliklar muhim o’rin egallaydi. Shunday ekan, Milliy g’oya, ma'naviyat asoslari va huquq fanlari darsliklarini ijodiy rivojlantirib, uni hozirgi davr talablariga muvofiqlashtirib tashkil qilish lozim.
Milliy g’oya, ma'naviyat asoslari va huquq fani darsliklari – umuminsoniy qadriyatlar ustivorligini e'tirof etish bilan bir qatorda buyuk mutafakkirlarimizning ko’pgina asarlarida taraqqiy ettirilgan Sharq xalqlarining falsafiy qarashlarini chuqur va atroflicha ochib bermog’i kerak.
Mazmunan yangilangan ma'naviyatning asosiy vazifasi – insonning ichki dunyosini, ma'naviyatini, tafakkurini, dunyoqarashini shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmog’i lozim.
Mustaqillikdan keyin biz ma'naviyat asoslari faniga insonning o’z-o’ziga, uning fikrlash madaniyatini, tafakkurini, ma'naviy dunyosini takomillashtirishga qaratilgan fan deb qaramog’imiz lozim.
Ma'naviyat ko’p qirrali milliy madaniyat, urf-odat, an'analarimizda, axloq-odob, imon-e'tiqod va boshqa olijanob fazilatlarimizda mujassamlashgan.
Yangicha ma'naviyat darsliklarini istiqlol g’oyalari bilan uyg’unlashtirib rivojlantirishimiz darkor.
Milliy g’oya, ma'naviyat asoslari va huquq fanlarining darsliklari o’z oldiga bir qancha vazifalarni qo’yadi: birinchi navbatda – ta'lim vositasi. Bu dеgani o’qituvchi va o’quvchi orasida bilim almashish uchun vosita bo’lishi. Albatta vosita qandaydir yangilikka va ma'lumotlarga boy bo’lsa, natija ham samarali bo’ladi. Ushbu darsliklarda ajdodlar merosi, milliy va umubashariy qadriyatlar, vatanimizning o’tmishi va kelajagi haqidagi ma'lumotlar berilishi shart.
Darsliklar axborot manbai bo’lib xizmat qilar ekan, albatta, axborot oluvchi har bir o’quvchi undan ma'naviy ozuqa ola bilishi lozim. Ma'naviyat bugungi kundagi mavjud narsa va hodisalar haqidagina emas, balki kelajakda mavjud bo’lishi kerak bo’lgan narsalar haqida ham axborot beradi. Hamda ularning o’zgarish va rivojlanish yo’nalishlarini ham ko’rsatadi. Shu asosda ular yangi bilimlarni egallash manbai bo’lib xizmat qiladi. Ma'naviyat bir avloddan ikkinchi avlodga ijtimoiy tajribani yetkazish shaklidir, ya'ni tarixiy vorislik funktsiyasini bajaradi.
Milliy g’oya, ma'naviyat asoslari va huquq fanining o’qitish borasida o’rta va o’rta maxsus, kasb-xunar ta'limida o’qitishning dastur va darsliklari yaratilgan bo’lib, ularda yuqorida sanab o’tilgan vazifalar hamohangligi majud. Ular orqali o’quvchi-talabalar xalqimizning boy ma'naviy merosini umuminsoniy ma'naviy boyliklar bilan uyg’un holda o’rganib o’zlarida ijobiy ma'naviy-ma'rifiy sifatlarni shakllantiradilar.

Yüklə 26,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin