Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu qarshi filiali ki fakulteti 3-bosqich akt-11-20 guruh talabasi Normurodov Shohjahonning ‘Ta’lim psixologiyasi’ fanidan tayyorlagan 5-Mustaqil ishi


Faoliyatda muvaffaqiyat qozonish. Xizmat pillapoyalarida o’sish



Yüklə 18,79 Kb.
səhifə4/5
tarix24.12.2023
ölçüsü18,79 Kb.
#192603
1   2   3   4   5
Asliddin PSIX

Faoliyatda muvaffaqiyat qozonish. Xizmat pillapoyalarida o’sish

  • Muvaffaqiyat qozonish nimani anglatadi?
  • Kimdir bu dunyoga o‘zgarish uchun keladi. Kimdir hayoti chog‘ida dunyoni o‘zgartiradi. Kimdir esa, har kuni o‘zgaradi.

Muvaffaqiyat bu — yerga urilgach, iloji boricha balandroqqa sakrash degani.

  • Muvaffaqiyat bu — yerga urilgach, iloji boricha balandroqqa sakrash degani.
  • Jorj Patton
  • Bizning kundalik sa’y-harakatlarimiz, maqsadimiz baxtiyor yashashni ko‘zlaydi. Baxtiyorlik — mehnat tufayli ro‘y beradigan hodisa. Odamlarning aytishicha, pul — baxtning kaliti emas. Lekin agar pulingiz bo‘lsa, siz mana shu baxt kalitini yasab olishingiz mumkin. Aslida mol-dunyoga egalik qilish baxt degani emas. Baxtiyorlik — bu yaratuvchanlik hissidan lazzatlanishdir. Muvaffaqiyat esa, mana shuni his qilish. Hadeb baxt izlaganing bilan baxtiyor bo‘lib qolmaysan. Hayotdan faqatgina ma’no izlasang, yashay olmaysan.

Nega muvaffaqiyat omadsizlik bilan boshlanadi?

  • Nega muvaffaqiyat omadsizlik bilan boshlanadi?
  • Aksariyat muvaffaqiyatli insonlar baxtsizlik, omadsizlik tuyg‘ularini boshqalardan ko‘ra yaxshiroq biladilar. Bu odamlar ularni mashaqqatga ro‘baro‘ qilayotgan hayotning zargar, o‘zlarini qimmatbaho tosh ekanini anglaydilar va jilolanish uchun mashaqqatlarni quchoq ochib kutib oladilar. Ya’ni, hayot zarba bergani sayin o‘zingni olmos bilsang, zargar shakl berayotgan tosh kabi, qadring oshib boraveradi. Har narsada bir hikmat ko‘rish ham insonni tushkunlikdan asraydi, ishonchini oshiradi.
  •  Hayot bunday sinovlar bilan siylaganlarni ko‘plab topish mumkin. Misol uchun, nomi oldidan «amerikalik», «xitoylik», «gonkonglik» degan nisbatlar beriladigan aktyor Jeki Channing bolaligi ham havas qilarli darajada o‘tgan emas. Xitoydagi fuqarolar urushi bois ota-onasi mamlakatni tark etib, Avstraliyaga yo‘l oladi. Jeki esa 6 yoshida maxsus internat-maktabga topshirladi. Aynan mana shu achchiq ayriliq uning taqdirini o‘zgartirib yubordi. Chunki u mazkur maktabda jang san’ati va akrobatikani o‘rganadi. Faoliyatini Bryus Lining filmlarida kaskadyorlikdan boshlagan Jeki Chan ustozining o‘limidan so‘ng bir nechta kinolarda suratga tushadi. Biroq u taqlid qilishdan to‘xtab, kurash san’ati va komediyani birlashtira olganidan so‘ng jahonning eng oldi va qimmat aktyorlaridan biriga aylandi.
  • Tasodifni qarangki, buyuk matematik olim, zamonaviy fizika nazariyasining asoschisi, XX-asrning beqiyos dahosi, Nobel mukofoti sohibi Eynshteyn ham muhojirlikda umr kechirgan. Germaniya hukumati natsistlar partiyasi ixtiyoriga o‘tgach, hatto Eyntsheynning boshi uchun katta pul ham tikiladi. Fizikning ko‘plab qo‘lyozma-kitoblari Gitlerning gulxanlarida yoqib yuboriladi. Nemis yahudiysi ekani uning taqdirini o‘zgartirib yuboradi, olim 1933-yilda AQSh ga ko‘chib ketadi. Ammo taqdirning bu beqarorliklari uning buyuk olim bo‘lib yetishishiga to‘sqinlik qila olmadi.
  • «Raqamli texnologiya otasi» deb nom qozongan Stiv Jobsning haqiqiy ota-onasi undan voz kechishgan. U boshqa ota-ona qo‘lida asrandi sifatida ulg‘aygan bo‘lsa ham, garchi, asrab olgan ota-ona uni o‘zi xohlagan kollejda o‘qitish uchun pul topa olishmagan bo‘lishsa ham, Stiv Jobs jahonning eng qimmat va qudratli kompaniyasiga asos soldi.

Yüklə 18,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin