Ijodkorlik va ijod - Insoniyat tarixi oʻzligini anglagan, buyuk gʻayrioddiy insonlar, oʻziga xos daho shaxslar – paygʻambar va avliyolar dunyoga kelib-ketib turganining guvohi boʻlgan. Ulardagi sirli (mistik), gʻayrishuuriy bilimlar, taʼlimotlar, moʻjiza va karomatlarni Yaratganning Oʻzi inʼom qilgan. Lekin ulardan boshqa, oddiy insonlarning daholigi oʻrganilishi kerak boʻlgan alohida muammodir. Insoniyat hayoti juda uzoq asrlar mobaynida zabardast daholarni shakllantirgan. Aniqrogʻi, sharoit ularni yetishtirgan. Isteʼdod, iqtidori boʻlmagan shaxs ijodkor, daho boʻla olmaydi. Oʻz navbatida, hamma isteʼdod egalari ham daholik darajasiga erisha olmaydi. Isteʼdod buyuklik, daholik tomon tashlangan birinchi qadamdir. Baʼzan irsiyat ham isteʼdodni nasldan-naslga oʻtishida rol oʻynaydi. Masalan, bu holatni Motsart, Bax, Veronezi, Karrichi, Titsian, Darvin, Eyler, Guk, Dyumada koʻrish mumkin.
Baʼzi xastaliklar aynan ijodkorlarga, daholarga xos degan tushuncha ancha bahsli. Toʻgʻri, Pifagor, Demokrit, Aleksandr Makedonskiy, Yuliy Sezar, Petr I, Van Gog, Molyer, Napoleon, Dostoyevskiy kabi mashhurlar tutqanoq bilan ogʻriganlar. Koʻpgina past boʻyli daholar juda ulkan ishlarni amalga oshirganlar. Darhaqiqat, ijodning asosiy manbai va subʼyekti ham ijodkor shaxs hisoblanadi. Oʻz navbatida, ijodkor shaxs, asosan, oʻzining bilish motivatsiyasining dominantli oʻrni, tadqiqiy ijodiy faollik, subʼyektni yangilikni topishga boʻlgan qobiliyatida va muammolarni yechishdagi oʻziga xoslikda namoyon boʻladi. Masalan, original yechimlarni topish va prognozlash ehtimolligi, yuqori baholarni taʼminlaydigan estetik, axloqiy va intellektual ideallar etalonlarini yaratish qobiliyati va boshqalar shular jumlasidandir (A. M. Matyushkin). Oʻzida aqliy va motivatsion omillarni integratsiya qiluvchi intellektual faollik (D. B. Bogoyavlenskaya) ham daholikning asosiy belgisidir. Ijod makon va vaqtga nisbiy bogʻlangani uchun uni toʻxtab qolish holatini va maʼlum bir makonda shakllanib qolmasligini ham koʻrishimiz mumkin. - Baʼzi xastaliklar aynan ijodkorlarga, daholarga xos degan tushuncha ancha bahsli. Toʻgʻri, Pifagor, Demokrit, Aleksandr Makedonskiy, Yuliy Sezar, Petr I, Van Gog, Molyer, Napoleon, Dostoyevskiy kabi mashhurlar tutqanoq bilan ogʻriganlar. Koʻpgina past boʻyli daholar juda ulkan ishlarni amalga oshirganlar. Darhaqiqat, ijodning asosiy manbai va subʼyekti ham ijodkor shaxs hisoblanadi. Oʻz navbatida, ijodkor shaxs, asosan, oʻzining bilish motivatsiyasining dominantli oʻrni, tadqiqiy ijodiy faollik, subʼyektni yangilikni topishga boʻlgan qobiliyatida va muammolarni yechishdagi oʻziga xoslikda namoyon boʻladi. Masalan, original yechimlarni topish va prognozlash ehtimolligi, yuqori baholarni taʼminlaydigan estetik, axloqiy va intellektual ideallar etalonlarini yaratish qobiliyati va boshqalar shular jumlasidandir (A. M. Matyushkin). Oʻzida aqliy va motivatsion omillarni integratsiya qiluvchi intellektual faollik (D. B. Bogoyavlenskaya) ham daholikning asosiy belgisidir. Ijod makon va vaqtga nisbiy bogʻlangani uchun uni toʻxtab qolish holatini va maʼlum bir makonda shakllanib qolmasligini ham koʻrishimiz mumkin.
- Bunga misol sifatida biz Sharq va Gʻarb ilmiy tafakkur taraqqiyotini keltirishimiz maqsadga muvofiq boʻladi. Zero, mazkur hududlardagi shakllangan gʻoyalarning oʻzaro bir-biriga koʻrsatgan taʼsirini Osiyosentrizm yoki Yevropatsentrizm vakili ham mutlaqo inkor eta olmaydi. Shu maʼnoda, ijod dinamikasi umumbashariy xarakterga ega. Muammoni topishdagi zukkolik, mulohazalarning uzun zanjirini yaxlitlash qobiliyati, “chetdan qarash”ga layoqatlilik, taʼsirlanishning maqsadliligi, xotiraning tayyorligi, fikrlash egiluvchanligi, baholash qobiliyati, gʻoyalarni hayotga oson tatbiq qilish, qoʻshimcha ishlanma berishga layoqat, osongina yaxlitlash, yumor hissining mavjudligi (A. N. Luk) koʻp daholarga xos. Shu oʻrinda yuqori ijodiy qobiliyat va motivatsion-ijodiy faollikning organik birligi (V. I. Andreev)ni ham eʼtirof etish lozim.
- Daholarda yuksak takomillashgan xotira, gʻayritabiiy xarakter, oʻy, maqsad shunday bilinib turadi. Masalan, tarixda Kir hamda Aleksandr Makedonskiy oʻz askarlarini nomma-nom bilgan, Seneka ikki ming soʻzdan iborat matnni bir oʻqiganda yodlab qolish qobiliyatiga ega boʻlgan. Betakror qarash, yangilikni paydo qilish buyuklarning tamoyilidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
G‘oziev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001.
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot.-T.: Universitet, 2002.- 96 b.
Burlachuk F. Psixodiagnostika. “Piter”, 2002
Dostları ilə paylaş: |