Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkеnt axb



Yüklə 473,29 Kb.
səhifə4/9
tarix21.12.2023
ölçüsü473,29 Kb.
#187851
1   2   3   4   5   6   7   8   9
mbm

Relatsion model.Ma’lumotlarning relatsion modeli muallifi Edgar Kodd hisoblanadi.Relatsion model ma’lumotlarni sodda jadval ko’rinishida tasvirlashga asoslangan .Jadvallar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Bir ustundagi hamma qiymatlar bir turga tegishli bo’lishi lozim;

  • Jadvalda bir xil satr ikki marta uchramaydi;

  • Jadval ustunlari atributlar deb ataladi va har biri alohida nomga ega bo’ladi.Jadval satrlari yozuvlar deb ataladi;

  • Atributni aniqlanish sohasi domen deyiladi;

  • Har bir yozuv unikalligini ta’minlovchi atribut yoki atributlar ro’yxati birlamchi kalit deyiladi;

  • Boshqa jadval birlamchi kalitni tashkil etuvchi atribut yoki atributlar ro’yxati tashqi kalit deb nomlanadi;

Yuqorida sanab o’tilgan modellarni ta’riflashda biz “Birga-bir”,”Ko’pga-ko’p”,”Ko’pga-bir” kabi tushunchalarni aytib o’tdik.Endi bu so’zlar ma’nosi va ma’lumotlar bazasiga qanday aloqasi borligi bilan tanishib o’tamiz.
MB modelllari va mohiyat -aloqa modeli
Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirishda relatsion model bilan ishlash ancha noqulayliklarga olib keladi.Shu sabab ma’lumotlar bazasini loyihalashda har xil semantic modellar ham ishlatiladi. Ulardan eng ko’p tarqalganlaridan biriga-ER modeli deyiladi.Bu modle inglizcha “Entity-relation”deyiladi,ma’nosi “Mohiyat-bog’lanish”demakdir.Bu model 1979-yil Piter Chen tomonidan kiritilgan bo’lib u o’ziga grafik diagrammalarini oluvchi bir necha xil turdagi komponentalarni birlashtirgan.Piter Chen mohiyatlar to’plami va ular orasidagi bog’lanish sifatida rlatsion ma’lumotlar stukturasini interpritatsiya qilishni taklif qiladi.ER-modelining asosiy komponentalari mohiyat,bog’lanish va atribut (xossa) bo’lib hisoblanadi.
Mohiyat- bu ma’lumotlari ma’lumotlar bazasida saqlanishi kerak bo’lgan biror real yoki tasavvur qilingan obyektdir.ER modeli diagrammasida mohiyat odatda to’rtburchak shaklda tas’virlanib,uning ichiga mohiyat nomi qo’yiladi.Mohiyat-predmetlar ,hodisalar,jarayonlar umumiy xossalari asosida birlashtiruvchi tushuncha.



Yüklə 473,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin