Ma'lumotlar bazasi va ob'ektlarga ruxsatlarni o'rnatish.
Ma'lumotlar bazasi foydalanuvchilarini hosil qilish va baza xafsizligini ta'minlash.
2 hil turdagi SQL mavjud: interaktiv va o'rnatilgan (встроенный). SQL ning bu 2 turi ishlashi bir hil, lekin har xil joyda ishlatiladi.
Interaktiv SQL deganda — ma'lumotlar bazasiga so'rov orqali murojaat qilib, shu zahoti natijani olish tushuniladi. Ya'ni bunda ketma-ketlik asosida jarayon sodir bo'ladi. So'rov-natija rejimda ishlaydi.
O'rnatilgan SQL deganda – so'rovlar yig'indisi biror dasturlash tilida ishlatilishi tushuniladi. Pascal, Delphi, Java tillarida bazaga murojaat qilib, natijani biror o'zgaruvchiga yuklab qo'yamiz va kerakli joyda bu natijani ishlatamiz. Ya'ni bunda so'rov berib, darhol natijani ololmaymiz. Natija faqat dasturning davom etishi uchun olinadi va talab etilgan joyda ishlatiladi.
SQl operatorlari bir necha guruhlarga bo'lingan. Bu bo'linish operatorlarning bajarilish vazifasi asosida bo'lingan. Ular quyidagilar:
DDL(Data Definition Language) , ANSI bu guruh SDL(Schema Definition Language) deb ataladi. Bu guruhga ma'lumotlar bazasida ob'ektlar(jadvallar, indekslar)ni hosil qiluvchi operatorlar kiradi.(create,alter,drop)
DML(Data Manipulation Language) – ma'lumotlarni manipulyatsiya qiluvchi operatorlar yig'indisi guruhi. Istalgan vaqtda jadval ichida qanday ma'lumotlar saqlanayotganini aniqlovchi operatorlar.(select,insert,update,delete)
DCL(Data Control Language) – ma'lumotlarni boshqaruvchi operatorlar.
(grant,revoke)
ANSI ning ruxsati bilan, DCL DDL ning bir qismi sifatida qaraladi. Bu guruhlarni aralashtirmaslik zarur. Bular alohida tillar emas, balki SQL operatorlarining guruhlaridir.
Zamonaviy axborot tizimlari asosini ma’lmotlar bazasi tashkil etadi. Ma’lumotlar bazasi deb kompyuter xotirasida saqlanuvchi ma’lum sohaga tegishli faktografik ma’lumotlar majmuasiga aytiladi.Faktografik ma’lumotlar esa ma’lum turdagi foydalanuvchilar uchun kerak bo’lga real predmetlar ,hodisalar va jarayonlar xossalarini aks ettiruvchi ma’lumotlardir.
Shuningdek MBda ma’lumotlar banki degan tushuncha ham mavjud.Ma’lumotlar banki deganda ma’lumotlar integrallashgan majmuasini qo’llash uchun mo’ljallangan algoritmik ,dasturiy ,texnik va tashkiliy vositalarga aytiladi.