Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Qarshi filiali ki-fakulteti di-12-22 guruh talabasi Xudayberdiyeva Malikaning Akademik yozuv fanidan tayyorlagan Amaliy ishi-2



Yüklə 40,16 Kb.
tarix11.01.2023
ölçüsü40,16 Kb.
#78896
Amaliy ish N2 - Xudayberdiyeva Malika



Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalar universiteti
Qarshi filiali KI-fakulteti
DI-12-22 guruh talabasi Xudayberdiyeva Malikaning
Akademik yozuv fanidan tayyorlagan



Amaliy ishi-2

Bajardi: Xudayberdiyeva M.


Tekshirdi: Yoʻldosheva R.
2-mavzu: Hujjatchilik tarixi va uning takomillashuvi
O'zbek tilining izohli lug'atida “Hujjat” so'ziga quyidagicha izoh beriladi: "Hujjat” arabcha so‘z bo'lib, qayd qilish, tasdiqlash ma’nosini bildiradi. Shuningdek, u ijtimoiy tarixiy ahamiyatga ega bolgan yozuv va suratlar, asar yoki adabiyot ma’nosini ham ifodalaydi.
O‘tmishdagi hujjatlar aslida yaqindagina vujudga kelmagan. U qadim davrlarga borib taqaladi.
Turkiy xalqlarda ham hujjat tuzish qadimdan mavjud bo'lgan. X- asr va undan oldingi davrlarga oid turli hujjat namunalari bizgacha yetib kelgan. Hatto M.Qoshg'ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “Bushug‘” so‘zi uchraydi. U elchiga qaytib ketish uchun beriladigan ijozat qog'ozi, shuningdek, elchilarga beriladigan sovg‘a ma’nolarini bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” asarida yorliq va noma ma’nosi o'rnida “bildargulik” so‘zi ishlatilgan. Hozirgi kunda faol qo‘llanishga o'tgan “bildirishnoma”, “bildirish” shu so'zdan olingan. Sho'rolar davrida bu so‘z “raport” deb yuritilardi. Qadimshunos olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida ko'pgina ma’lumotlarga ega bo'lindi. Namangan viloyati Kosonsoy shahri yaqinidagi Mog’il qal'asidan VII-VIII asrga oid 80 ta hujjat topilgan. Ular milliy so‘g‘d yozuvida bo'lib, toldan kesilgan tayoqcha, teri va xitoy qog‘ozlariga bitilgan.
Hujjatlar mazmunan huquqiy xarakterga ega. Bir turkumi diplomatik aloqalarga oid bolib, arablarga qarshi harbiy kuchlami birlashtirish masalasiga bag'ishlangan. Hujjatlarda buyruqlar, soliq va boj yig‘ish moliyaviy harajatlar ro'yxati va boshqalar aks etgan. Xorazm xarobalaridan esa charm va taxtachaga yozilgan hujjatlar topilgan. Tuproqqal'a hayot bo‘lgan davrdagi xonadan a'zolarining ro'yxati, harbiy chaqiriq, soliq, jon-mol ro'yxati, xo'jalik asboblarining olingani haqidagi tilxat qadimgi hujjatlardan darak beradi. Turkiy tillar mutaxassisi S.E.Malov “Памятники древнетюркской письменности” (М-Л, 1951) asarida qadimgi turkiy yozuvida XIII asrlarda bitilgan qadimgi hujjat (shikoyat, oldi- sotdi, ijaraga qo'yish, tilxat) namunalarini keltiradi.
Qimmatli ma’lumot beruvchi X-asr olimi Abu Abdulloh al-Xorazmiy “ilmlar kaliti” asarining “arab” ilmlari qismida ish yuritish daftarlarini sharhlab, Samoniylar davlatidagi soliq xillari va ularni yig'ish yo'li, hajmi, Sharq mamlakatlarining hududlarida ishlatilgan og‘irlik hamda o'lchov birliklarini keltiradi. Askarlar ro'yxati, beriladigan maosh, kiyim-kechak shakllarini keltiradi. O'sha davrda Markaziy Osiyoda keng tarqalgan o'lchov birliklari haqida ma’lumot beradi. Ular boshqa manbalarda hozir uchramaydi.
“Eski uyg‘ur yozuvi” (Q.Sodiqov), «Древний Хорезм» (С.П.Толстой), «Ганчи, ганчибоши в Кокандском ханстве» (А.Л.Тротская) kabi manbalarning ahamiyati katta. Ma’lum bo'lishicha, X-XIX asrlarda farmon, yorliq, noma, bitim, arznoma, qarznoma, vasiqa, vaqfnoma, tilxat kabilar keng iste'molda bo'lgan. Hozirgi kunda vaqfnoma, vasiqa, noma, arznoma kabi hujjatlar tilimizda ishlatilmaydi. Manba sifatida “Boburnoma" asarining o'z o‘rni bor, chunki unda farmon, mirzo, sulh, tamg'a hatto ariza o'rnida “arzadosh” qo'llanilgan. Shuni qayd qilish mumkinki, hozirgi kunda tilimizda tor ma’noga ega bo'lgan '"patta” so'zi XlX-asrda Qo'qon xonligida keng ishlatilgani ma’lum.
Dunyoning har bir mamlakatida qadimdan rasmiy ish qog'ozlari qo'llanilib kelgan. Masalan: eramizdan avval bo'lgan Bobil (Vavilion) davlatining 1792 - 1950 - yillar podshoxi Xammurapining buyrug'i bilan tayyorlangan qonunlar majmuasi mavjudligi haqida amerikalik sharqshunos Edvard Kira “Они писали на глине” (1984-у) asarida ma’lumot beradi. Qonun majmuasi 247 moddadan iborat bo'lib, u basalt ustuniga qadimgi mixxat bilan yozilgan. Qonunda yerga egalik, savdo- sotiq, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar aks etgan. Bobil hozirgi Iroqning janubiga to‘g‘ri keladi.

Rossiyada hujjat yuritish IX-X asrlardan boshlangan. X-asrga kelib shartnomalarda muhrlar qo’llana boshlagan. XlV-asr oxirlaridan boshlab hujjatlar qog‘ozlarda o‘z ifodasini topishga o‘tgan. Manbalar Pyotr davrida “Dokument” so‘zining ishlatila boshlaganidan darak beradi. U tor ma’noda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) o‘rnida ishlatilgan. Keng ma’noda - guvoh beruvchi, ibratli, namunali, dadil, isbotlovchi ma’nosida qo‘llanilgan.



Turkiston Respublikasidan ajralib chiqqan O'zbekiston respublikasi 1924-yil 31-dekabrda 48-raqamli “Ishlarni o‘zbek tilida yuritish” to‘g‘risida muhim qaror qabul qildi. Qarorda butun boshqaruv idoralarida hamma rasmiy ish qog'ozlari faqat o‘zbek tilida yuritish, o‘zbekcha rasmiy hujjatlar tuzish, yo'riqnomalarni tayyorlash topshirildi. Qarorni hayotda qo'llash uchun ishchi hay’at yuzaga keldi. Har bir tashkilot, muassasa va idoralarda ish yuritish bo'limlari tashkil qilindi. Qarorda dekretga bepisand qarovchilarga chora ko'rish kerakligi ta'kidlangan edi. Ish qog‘oz namunalari maxsus tayyorlandi. Ammo 30-yillarda vaziyat o‘zgardi. Ayniqsa 1938-yilgi qabul qilingan “Об обязательном изучении русского языка” qaroridan keyin milliy tillar, xususan, o'zbek tilini cheklash siyosati boshlandi. Ish yuritish asosan, rus tilida yuritiladigan bo'ldi.
Nihoyat, 1989-yili O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili to'g'risida” qonuni qabul qilindi. Qonunga muvofiq 8 yil mobaynida barcha rasmiy hujjatlar o'zbek tilida yozilishi kerak edi. 1995-yil 21-dekabrda qonunning yangi tahrir qilingan variantida o'zgartirish va qo'shimchalar o'z ifodasini topdi. Qonunning 8-19-moddalarida ish yuritish o'zbek tilida, shuningdek, ish qog'ozlari rus hamda boshqa tillarda tuzish va qabul qilish mumkinligi ko'rsatib o‘tilgan. Bu respublikada milliy munosabatlarning barqarorligini ta'minlash bilan bog'liq edi.
1995-yil 24-avgust 339-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi o'zbek tilining lotin imlosiga asoslangan yangi alifbo qoidalarini tasdiqladi. Ish qog'ozlari yangi alifboda qoidalarga rioya qilingan holda yoziladigan bo'ldi.
O'zbekiston mustaqil bo'lgach, ish yuritishning ijtimoiy hayotdagi o'rni o'zgacha tus oldi. Hujjatlarni avval rus tilida belgilangan qolipda yozilgan bo'lsa, ularni o'zbekona tayyorlash yo'liga o'tildi, e’tibor o'zgardi. Rasmiy ish qog'ozlarining ahamiyati ortdi, chunki jamiyat bilan uning a'zolari o'rtasidagi munosabat, hatto davlatlar orasidagi aloqa, davlat tashkilotlari ichidagi qonun- qoidalar davlat tilida keng yuritila boshlandi.
O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 18-avgustda 424-son qaror qabul qildi. Qaror tom ma’nodagi hujjatchilikni shakllantirish va rivojlantirish yo'lida muhim qadam bo'ldi. 1999- yil 29-martda 140-son qaroriga ilova qabul qilinib, unda ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo'yicha namunaviy yo‘riqnoma berildi. Yo‘riqnomada umumiy qoidalar, shuningdek, hujjatlashtirish, kelgan xat-xabarlarni qabul qilish va ro'yxatga olish, jo'natish, hujjatlarning ijrosi ustidan nazorat tartiblari ko'rsatilgan. Vazirlar Mahkamasining qarorlari so‘zsiz tom ma’nodagi o‘zbek hujjatchiligini hozirgi kun talablari asosida shakllantirish va rivojlantirishda maqsadga muvofiq ish bo’ladi.
O‘zbek tilidagi hujjatchilikni takomillashtirishda mavjud tajribalardan foydalanish o'rinli. Bunda. albatta o'zbek tilining o‘z qonun-qoidalariga rioya qilish kerak. Masalan, sana yozishda o‘zbek tilining tabiatga mos qilib avval yil keyin oy “2007-yil 8-mart” deb yozish to'g'ri bo'ladi. Hujjatlarni sof o'zbek tilidagi andozalarini yaratish, bular bilan bog'liq atamalarning bir xilligiga erishish takomillashtirishning muhim masalalaridan. Hujjatlar tuzish, ijro etish uslubi ustida ish olib borish, Davlat bo‘yicha yagona nusxalarini ishlab chiqish shu kunning dolzarb vazifasiga kiradi. Bu ishlarning sust borishida hujjatlarni tuzish yo'llari, shakli, tili, uslubini o'rganuvchi va belgilab beruvchi ilmiy markazning yo’qligi deb hisoblash o'rinli.
O’zbek xalqi davlatchiligi tarixini o’rganishning o’ta muhimligini I. Karimovning quyidagi so’zlaridan bilish mumkin: “O’zbekiston –kelajagi buyuk davlatdir. Bu mustaqil, demokratik huquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar
fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir”.
Ushbu masalani yoritishdan oldin davlatchilik tushunchasiga, jahon tarixidagi eng kadimgi davlatlar yuzaga kelishi tajribasiga qisqa bo’lsa ham e’tibor qilish o’ta o’rinlidir.
Davlat – insoniyat sivilizasiyasi rivojlanishining mahsuli, elatlar, xalqlar va millatlar hayotining ma’lum huquq va qonunga asoslanib tashkil etishning siyosiy shaklidir. U o’z mohiyatiga ko’ra kishilarning talablari va ehtiyojlarini amalga oshirish huquqlarini himoya qilish, amaliyotda barqarorlikni o’rnatish va saqlashga mo’ljallangan, muayyan aholi jamoalari tomonidan tashkil etilgan maxsus vakolatli va qonun-qoida asosida faoliyat ko’rsatadigan vakillar guruhlari majmuasidir.
Davlat siyosiy va ma’muriy tashkilot sifatida xalqni uyg’unlashtiradi. Davlat tufayli jamiyatning butun tuzilishi (iqtisodiy, huquqiy normalari, turmushi, urf-odati, texnikasi va bilim darajasi, etikasi, dini, falsafasi, ijtimoiy qarashlari va boshqalar) to’la kuch bilan namoyon bo’ladi. Boshqacharoq, aytilganda, davlat boshqaruvida quyidagi ikkita muhim jihatlar hal etilganligini sezish mumkin.
Birinchidan, davlat paydo bo’lishi bilan amaliyot hayotini tashkil etish va uni boshqarishning tarixan dolzarb bo’lgan yangi shakllari qaror topdi. Hokimiyatning vakolatli shakli yuzaga kelib, katta-katta ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun keng xalq ommasini safarbar etishning tashkiliy usullari va vositalari ishlab chiqilib, doimo takomillashtirilib borildi. Davlat doirasida aholining ijtimoiy jihatdan farqlanadigan tarkibiy tuzilishi yuz berdiki, natijada urug’, qabilachilik aloqalaridan etnik va sinfiy umumiylikka o’tish ta’minlandi. Shuningdek, davlat mavjudligi tufayli ijtimoiy manfaatni shaxsiy manfaatdan ajratib, uning ahamiyatliligi ta’minlandi. Ijtimoiy intizom qaror topib, insonning shaxs sifatida ijtimoiy qiyofasi birinchi o’ringa chiqdi. Demak, davlatning kelib chiqishi nafaqat tarixiy zaruriyat, balki ijtimoiy taraqqiyot omili ham bo’ldi;
Ikkinchidan, davlat ibtidoiy jamiyatda mavjud bo’lgan boshqaruvdagi tamoyillarga barham berdi. Oqibatda, butun jamoaning jamiyat hayotida bevosita ishtiroki, boshqaruvda jismoniy zo’ravonligi emas, balki jamoa fikri va obro’si kuchining tan olinishi, iqtisodiy majburlashning yo’qligi va boshqa ko’pgina tomoyillar yo’qolib ketdi.
Jahonda eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi 4-ming yillik oxiri 3-ming yillik boshida Mesopotamiya va Misrda, birmuncha keyinroq Gang daryosi vodiysida va Old Osiyoda, Egey dengizi havzasida va Xuanxe daryo vohasida vujudga kelgan va rivoj topgan.
Qadimgi Sharqda davlatlarning yuzaga kelishi jarayoni juda murakkab kechdi va bir necha yuz yilliklarni o’z ichiga olgan uzoq davrga cho’zildi. Chunki, bu yerda urug’chilik tuzumi qoldiqlari va uning organlari tezda o’z o’rnini yangi jamiyatga bo’shatib bermadi.
O’rta Yer dengizi havzasidagi qadimgi Gretsiya va Rimda shahar davlatlaripolislarning yuzaga kelishi va rivojlanishlari uchun butunlay boshqacha qulay sharoit bo’lgan. Bu yerda polislar demokratik (qadimgi Afinada) yoki aristokratik (qadimgi Rimda) xarakterga ega bo’lishganlar va o’zlarida mulkning shaklini aks ettirganlar. Lekin, antik dunyodagi xo’jalikni rivojlantirish ehtiyoji, iqtisodiy aloqalar takomillashuvi asta-sekinlik bilan davlatlarning yiriklashuvini taqozo etgan. Bu hududda Etoliy, Axey va boshqa shahar – davlatlari ittifoqi bilan birga yirik Ptolemeylar Misri va Salavkiy davlatlarining yuzaga kelishi, nihoyat O’rta Yer dengizi havzasida yagona Rim imperiyasining paydo bo’lishi yuqoridagi fikrimizning isbotidir. Ellin davlatlarida sharqiy harbiy-ma’muriy despotik imperiyalar belgilari o’z-o’zini boshqaruvchi shahar-davlatlari sistemasi bilan qo’shilib ketgan deyish mumkin.
Davlatchilik munosabatlari rivojlanishi va shakllarining ortishi natijasida davlat apparati ham murakkablashib bordi. Soliq tizimi yuzaga keldi, kemasozlik barpo bo’ldi, doimiy armiya tashkil etildi va b. Endi ilgarigi shahar-davlatlari apparatiga xos senat, magistratura, komisiya va boshqalar o’rnida Rim respublikadan imperiya tartibotiga o’tdi.
Oliy hukmdor monarx bo’lib qoldi va uning atrofiga asta-sekinlik bilan yirik yer egalari, shaharning boy kishilari to’plana bordi. Demak, jamiyat takomilllashmoqda edi. Davlatning yiriklashib, hayotda muammolar ko’payib borishi bilan boshqaruvni takomillashtirish ehtiyoji kelib chiqqan. Mukammal, doimo harakatda bo’lgan hujjatlar ishlab chiqish davr talabi bo’lib qolgan. Bu hujjatlar davlat qonunlari darajasiga ko’tarilgan. qonun esa huquq ma’nosida davlat hokimiyati oliy organining tartibga solingan qarorlari bo’lib, bularni barcha fuqarolar, tashkilotlar, uyushmalar va idoralar bajarishga majbur bo’lganlar.
Bobilda miloddan avvalgi 1760 yilda podshoh Xammurapi qonunlar majmuasini qabul qilgan edi. U tarixda Xammurapi qonunlari deb ataladi. Qadimgi Rimda XP qonunlar kodeksi, Arab xalifaligida islom dini shariat qonunlari qabul qilingan. Hattoki, Chingizxon tomonidan tuzilgan deyarlik ko’chmanchilar davlatida ham “Yaso” nomi bilan qonunlar majmuasi bo’lgan. “Temur tuzuklari” dagi “qonun hukmron bo’lgan joyda erkinlik bo’ladi”, “Kuch adolatdadir” degan qoidalarni alohida eslashimiz zarur.
Shimoliy Amerika mustaqilikka erishgach 1776 yilda “Mustaqillik deklarasiyasini”ni, Fransiya esa 1789 yilda “Inson va fuqoro huquqlari Deklarasiyasi”ni qabul qilgan edi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning 1990 yil 20 iyunida bo’lgan ikkinchi sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik Deklarasiyasi”, 1991 yil 28-31 avgustdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari” to’g’risidagi qonun, 1992 yil 8 dekabrdan hayotimizga joriy etilgan O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi (Asosiy qonuni) davlatimizning asosiy poydevori bo’lib qoldi.
Ishonchli tadqiqotlarda bizning qadimgi davlatlarimizning Xitoy, Hindiston, Eron davlatlari bilan tengdosh bo’lganligi e’tirof etilmoqda. Bu fikrimizni olimlarimizning o’sha davr ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini, ya’ni yirik sug’orish inshootlari qurilishini, o’troq joylashuvi o’lkalari bo’lgan viloyatlarning yuzaga kelishini, Markaziy Osiyoning janubida mustahkam devorlar bilan o’ralgan, ichida hokimlarning qarorgohlari, mudofaa burjalari mavjud bo’lgan qal’alar, ko’hna shaharlar va uy-qo’rg’onlar barpo etilishini, chorvachilik va hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishidan iborat bo’lgan mehnatning dastlabki taqsimotlarini, pul muomalasining yuzaga kela boshlanganligini tahlil qilishliklari, rimlik, yunonlik, xitoylik, eronlik va boshqa mualliflar qoldirgan ma’naviy ma’lumotlar, mahalliy yozma manbalar (“Avesto” kitobi, Beruniyning “qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari va b.) to’laligicha tasdiqlaydi.
Shaharlarning paydo bo’lishi dastlabi davlatchilik shakllanishida asosiy omil, bu ikkala jarayon uzviy bog’liq holda kechgan. Shaharlarning paydo bo’lishi dastlabki davlatchilik shakllanishida asosiy omil bo’lib, bu ikkala jarayon uzviy bog’liq holda kechgan. Ilk shaharlar O’zbekistonda bronza davrida, ya’ni millodan avvalgi 2-ming yillik boshidan paydo bo’lgan bo’lib, buni Sherobod tumanidagi Jarqo’ton yodgorligidan bilish mumkin. Bu yodgorlikda qal’a ark, shahar qismi va qabristondan iborat bo’lib, unda shohlar saroyi, olov ibodatxona, kulollar mahallasi, turar joy manzilgohlari, qal’a devolari va ikki mingdan ortiq qabrlar mavjud edi. Jarqo’tonda yashagan aholini quyidagi ijtimoiy guruhlarga bo’lish mumkin: shahar-davlat amaldorlari, dindorlar va oqsoqollar, harbiylar, savdogarlar, chorvadorlar va dehqonlar. Ularning barchasi saroyda yashagan amaldorlar va dindorlar tomonidan boshqarilgan. Jarqo’ton aholisi o’rtasida antagonistik qarama-qarshiliklar bo’lmagan, ko’proq urug’chilik an’anasi saqlangan. Ushbu shahar-davlatning hududi shahar qismdan, dehqonchilik qilinadigan Sherobod daryosi uzanidan va chorvachilik uchun zarur bo’lgan Ko’hitong tog’ yonbag’ri yaylovlaridan iborat bo’lgan. Bu yodgorlikni davlatchilikning birinchi bosqichi bo’lgan qadimgi Sharq shahar – davlatlarining nusxasi deyish mumkin. Demak, Jarqo’ton yodgorligi O’zbekiston hududidagi eng qadimgi shahar-davlatdir yoki “Avesto” tilidagi “noma” davlatdir. Milodgacha IX-VII asrlar jamiyatining ijtimoiy tarkibi to’g’risida ma’lumot beruvchi zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ko’rsatilishicha, Markaziy Osiyo va Sharkiy Erondagi jamiyatning asosini katta patriarxal oila tashkil etgan. Bu “imana” deb atalgan. Shunday oilalarning bir nechtasi urug’ jamoasini – “vis”ni tashkil etgan. Hududiy qo’shnichilik jamoasi “varzana” deb atalgan. Bunday jamoalar birlashib qabilani – “zantu” ni tashkil qilgan. qabilalar o’rtasida turli sabablarga ko’ra kelishmovchiliklar ham bo’lgan. O’z hududlarini himoya qilish maqsadida bir necha qabilalar yagona ittifoqqa “dax’yu”ga birlashganlar. Ularning boshqaruv tizimi ham bo’lgan: Oqsoqollar kengashi-xalq yig’ini qabilalar boshliqlari. Vujudga kelayotgan davlat tuzilishiga aholining urug’-qabilaviy emas, hududiy belgilar bo’yicha bo’linishi asos bo’lgan. Bu uyushma dastavval harbiy-siyosiy birlashma sifatida paydo bo’lgan, o’zi yashagan hududni mudofaa qilgan, xo’jalik sohasida esa yerni ishlash, ekinlarni sug’orish ishlarini uyushtirgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning jadal rivojlanishi natijasida jamiyatda dehqonchilik, xonaki chorvachilik, hunarmandchilik va sug’orish ishlarida mashg’ul ishlab chiqaruchilar hamda ishlab chiqarish bilan shug’ulanmaydigan oqsoqollar va harbiy boshliqlar ajralib chiqa boshlaydi. O’zbekiston hududida milodgacha 1-ming yillikning X-VIII asrlaridagi jamiyatning bunday tuzilishi davlatchilikning ikkinchi bosqichida shohlik boshqaruviga asoslangan hududiy va milliy kichik davlat birlashmalari mavjudligidan dalolat beradi.
“Baqtriya podsholigi” haqidagi ma’lumotlarni Yunonistonlik tabib Ktesiy va solnomachi Diodordan ham olish mumkin. Diodor Ossuriya hukmdori Ninning 1910 ming (ma’lumot bo’rtirilgan) piyoda va otliq harbiy qo’shin bilan Baqtriyaga qarshi hujum uyushtirganligini, mahalliy podshoh Oksiartning esa 400 ming kishilik armiya bilan uning hujumini qaytarishga harakat qilganligini, natijada baribir Baqtriya poytaxti Balx egallanib, uning boyligi talanganligini yozadi. Biroz vaqt o’tgach Ossursiya va Midiya davlatlari o’rtasida urush kelib chiqadi. Unda Baqtriya dastlab Ossursiya tomonida, keyinchalik Midiya aslzodalari Baqtriya qo’shinlari boshlig’ini o’z tomoniga ag’darib olganidan keyin Midiya bilan birgalikda Ossursiyaga qarshi harbiy harakatlarni olib borgan. Tarixchi Gerodot ham podshoh Kirning Midiya davlati ustidan harbiy g’alabaga erishganidan keyin navbatdagi urushning Vaviloniya va Baqtriya xalqlariga, saklar va misrliklarga qarshi davom etishligi to’g’risida xabarni bergan. “Baqtriya podsholigi” harbiy-demokratik tipdagi konfederasiyadan iborat bo’lgan. Baqtriya davlati hozirgi Surxondaryo, qisman Qashqadaryo viloyatlari, Janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg’oniston hududlarida joylashgan. Sug’diyona va Marg’iyona ham uning tarkibida bo’lgan. Baqtriya Misr va Bobil davlatlari qatorida edi. U qudrati jihatidan ham qo’shni davlatlardan qolishmagan. Uning tabiiy boyliklari Old Osiyoga mashhur bo’lgan. Xususan, Badaxshon Lojuvardi (lazuriti) juda qadrlangan.
Shu davrda yana bir qadimiy davlat “Katta Xorazm” tashkil topgan. U Amudaryo quyi oqimidagi shimoliy yerlarda Marv va Xirot atrofida joylashgan ulkan davlat bo’lgan. Uning markazlaridan biri Ko’zaliqir shahri edi. Shahar qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan. Uning dehqonchilik bilan shug’ullangan aholisi turli xil o’y-qo’rg’onlarga va qishloqlarda yashagan. “Katta Xorazm” da hunarmandchilik, binokorlik va savdo sotiq sezilarli darajada rivojlangan. Uning inqirozga uchragan vaqti to’g’risida aniq ma’lumotlar bo’lmasa-da, lekin milodgacha IX-VII asrlardagi Midiya davlati hukmronligi davrida “Katta Xorazm”ning Janubiy qismi ajralib ketgan, uning yana bir qismini esa Eron ahmoniylari bosib olganligi ma’lum. Natijada “Katta Xorazm”ning Amudaryo quyi qismida milodgacha IV asrda “qadimgi Xorazm” davlati paydo bo’lgan. Uning podshosi Farasman makedoniyaliklar Baqtriya va Sug’diyonani zabt etgan paytda katta qo’shin va sovg’a-salomlar bilan Iskandar Zulqarnayn huzuriga tashrif buyurib, unga agar sohibqiron Markaziy Osiyoning shimol qismiga harbiy yurish qilsa, unga yordam berajagini izhor etgan. Shu bois makedoniyalik hukmdor Xorazmga harbiy yurish qilmadi va u o’zining davlat mustaqilligini saqlab qoldi.
Qisqasi, milodgacha IX-VII asrlarda O’zbekiston hududida ilk temir asriga o’tish boshlangan. Milodgacha VII-VI asrlarda bu yerda qadimgi yirik davlatlar faoliyat ko’rsatgan. Bu davlatlar harbiy-demokratik tipdagi qabilalar ittifoqidan o’sib chiqqan, bu davrdagi davlatchilik taraqqiyoti mahalliy aholining yuqori darajada rivojlangan ziroatchiligiga asoslangan edi.
Yüklə 40,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin