11-mavzu. Axborot kutubxonani boshqarishda kommunikativ jarayonlar Kommunikatsiya va axborot tushunchalari. Kutubxonada axborot tizimini boshqarish. Kutubxonalarni boshqarish uchun axborotni qo'llab-quvvatlash tizimini tashkil etish. AT ning kutubxonachilik ishlarini boshqarishda o'rni va ahamiyati.
12-mavzu. Axborot kutubxona statistikasi boshqaruvning asosi Kutubxona statistikasining predmeti, usullari va vazifalari, uning boshqaruvdagi o'rni. Kutubxona statistikasi bo'limlari: kutubxona fondining statistikasi, kutubxona xizmatlari statistikasi, kutubxona tarmog'i statistikasi, kutubxona xodimlarining statistikasi.
13-mavzu. Axborot kutubxona kollektivini boshqarish Kutubxona boshqaruvining ijtimoiy-psixologik asoslari. Zamonaviy boshqaruv paradigmasining "inson omiliga" yo'naltirilganligi. Kutubxonani boshqarishda menejment psixologiyasining o'rni.
Kutubxona xodimlari boshqaruv ob'ekti sifatida, uning xususiyatlari.
Kutubxona xodimlarida maqbul ijtimoiy va psixologik iqlimni yaratishga ta'sir qiluvchi asosiy omillar: ishlab chiqarish va yashash sharoitlari, xodimlarning psixologik muvofiqligi, kadrlarni tanlash tizimi.
14-mavzu. Motivatsiya - axborot kutubxona xodimlarini boshqarishning muhim omili Motivatsiya shaxsni boshqarish omili sifatida. Motivlar va rag'batlantirish. "Mehnat motivatsiyasi" tushunchasi. Mehnat motivlarini shakllantirish: mazmunli, ijtimoiy foydalilik, maqom motivlari, moddiy manfaatlar olish motivlari. Mehnatni rag'batlantirish.
15-mavzu. Axborot kutubxona faoliyatining resurs taʻminoti Kutubxona moliyasi va moddiy-texnik bazasi. Kutubxonaning mikro iqtisodiy darajasi. Kutubxona muassasasining resurs kompleksi: moddiy-texnik, moliyaviy va kadrlar tarkibiy qismlari.
16-mavzu. Axborot kutubxona faoliyatining iqtisodiy initsiativasi Axborot kutubxonaning iqtisodiy mexanizmining mohiyati va asosiy xususiyatlari. Kutubxona faoliyatining tashabbuskor yo'nalishlari. Byudjetdan va byudjetdan tashqari moliyalash manbalari. Pulli xizmatlar. Kutubxonada fandryzing.