8-PSK (8-Phase Shift Keying) 8 ta pozitsiyali Fazaviy Manipulyatsiyalash, bunda bitta simvol uchta bitlar bilan uzatiladi. AMPS (Advanced Mobile Phone System) – Takomillashtirilgan Mobil Aloqa Tizimi. FDMAga asoslangan va 800 MGs chastotada ishlaydigan analog tizim. Kanalning kengligi 30 kGs. Bluetooth – mobil aloqa telefonlari, PK, noutbuklar va boshqa periferiya qurilmalari orasidagi simsiz ulanish standarti. Ilmiy-tibbiy asosblar ishlatadigan 2,45 GGs bo‘sh chastotada kichik masofali (10 metrgacha) kanallardan foydalanish ko‘zda tutiladi. BS (Base Station) - bazaviy stansiya. BSC (Base Station Controller) - bazaviy stansiya kontrolleri. BTS (Base Transciever Station) - bazaviy stansiya qabullagich- uzatkichi. CDMA (Code Division Multiple Access) – kod bo‘yicha ajratishli ko‘p tomonlama ulanish. CDMA2000 1xEV-DO (CDMA2000 1xData Only) - CDMA2000 1-nchi evolyutsiya, faqat ma’lumotlar. CDMA2000 1xEV-DV (CDMA2000 1xEvolution Data and Voice) - 1-nchi evolyusiya, ma’lumotlar va ovoz. Maksimal tezlik 3-5 Mbit/sgacha, 1,25 MGs kanaldagi normal uzatish qobiliyati 1 Mbit/sni tashkil etadi. CDMAOne – qabul qilish uchun 824-849 MGs chastotalar diapazonini, uzatish uchun 874-899 MGs chastotalar diapazonini ishlatadigan to‘liq raqamli diapazon. Cell - Sota, yacheyka CEPT (Conference of European Post and Telecommunications) – 19 ta Evropa davlatlari tomonidan 1959 yilda ta’sis etilgan Evropa Pochta va Aloqa Konferensiyasi DECT (Didital Enhanced Cordless Telecommunications) – simsiz aloqa raqamli mikrosotali tizim DS-CDMA (Direct Sequence CDMA) – kanallar kod bo‘yicha ajratiladigan va spektr to‘g‘ridan-to‘g‘ri kengaytirishli ko‘p stansiyali ulanish DSSS (Direct Sequence Spread Sequence) – spektrni to‘g‘ri ketma-ketlik usuli orqali kengaytirish. Dastlabki ikkilik signal tashuvchini modulyatsiyalash uchun psevdo-tasodifiy ketma-ketlikka o‘zgartiriladigan keng polosali signalni shakllantirish usuli. EDGE (Enhanced Data rates for Global Evolution), shuningdek UWC-136 (amaliy tezlik - 384 kbit/sek, nazariy erishiladigan tezlik - 473,6 kbit/sek). FCC (Federal Communication Commission) – Federal aloqa komissiyasi (FAK). 1934 yilda tashkil etilgan va chastotalar resurslarini taqsimlanishiga javobgar AQSh hukumati organi. FCCning shtab-kvartirasi Vashingtonda joylashgan. FDD (Frequency Division Duplex) – chastota bo‘yicha ajratiladigan ikki tomonlama aloqa. FDMA (Frequency Division Multiple Access) – chastota bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish GERAN (GSM/EDGE Radio Access Network) – radiulanishli GSM/EDGE tarmog‘i. GMSK (Gaussian Minimum Shift Keying) – bitta simvol bit bilan uzatiladigan Minimal Gauss Manipulyatsiyalash. GPRS (General Packed Radio Services) – paketlar kommutatsiyalanadigan radio tizimlari. GPRS ko‘pincha GSM-IP (GSM Internet Protocol) sifatida aytiladi. GPS (Global Positioning System) – global pozitsiyalash tizimi. GSM (Global System for Mobile communications) – Global mobil aloqa tizimi, mobil aloqa raqamli tizimi. 900, 1800 va 1900 MGs chastotalarni ishlatadigan sotali aloqa standarti. GSM texnologiyasini standartlashtirishga mas’ul Yevropa elektr aloqa standartlashtirish instituti (ETSI). GSM TDMA texnoogiyani ishlatadi. GSM 1800 - 1800 MGs chastotadagi GSM raqamli standarti, shuningdek DCS 1800 yoki PCN sifatida ma’lum. GSM 1900 - 1900 MGs chastotadagi GSM raqamli standarti, shuningdek PCS sifatida ma’lum. GSM 900 - 900 MGs chastotadagi GSM raqamli standarti Yevropa va Osiyoning 100 dan ortiq davlatlarida tarqalgan. HSWD (High Speed Wireless Data) – yuqori tezlikli ma’lumotlarni simsiz uzatish. IMT-2000 (International Mobile Telecommunications - 2000) – telekommunikatsiyalar xalqaro mobil qurilmalari 2000. Bu tashabbusga muvofiq IMT xususiy tarmoqlar va umumiy foydalanishdagi tarmoqlarda qayd etilgan va mobil tizimlar foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldoshli va yer usti tizimli orqali global telekommunikatsion infratuzilmaga radioulanishni ta’minlash xizmatlari standartini ishlab chiqadi. Boshqacha aytganda, bu uchinchi avlod aloqa xizmatlari hisoblanadi. IMT-SC (IMT-2000 Single Carrier) UWC-136 standarti loyihasi spetsifikatsiyalariga asoslanadi, unda tizimning juft chastotalar polosalarida ishlashi shartlarida mavjud TDMA tizimining imkoniyatlarini bosqichma-bosqich kengaytirish aniqlangan. IMT-TC (IMT-2000 Time-Code) – XEAIda taqdim etilgan standart bo‘lib, vaqt bo‘yicha dupleks surilishli (TDD) TDMA/CDMA kanallar kodli-vaqt bo‘yicha ajratilishiga asoslangan va juft bo‘lmagan chastotalar polosalarida aloqani tashkil etish uchun mo‘ljallangan.