Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»



Yüklə 470,6 Kb.
səhifə39/103
tarix27.09.2023
ölçüsü470,6 Kb.
#149651
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103
Texnologiyalari universiteti-hozir.org

CDMA-2000 1XEV. Bu standart 1X standartning keyingi takomillashtirilishi hisoblanadi. Uning yordamida chastotalar spektridan eng samarali foydalanishga erishiladi, ma’lumotlarni uzatish o‘tkazish qobiliyati oshadi, o‘sha bir 1,25 MGs chastotalar polosasida eng yuqori 2 dan 5 Mbit/sgacha ma’lumotlarni uzatish tezligiga erishiladi. Bunda xavf kamayadi va operatorlik kompaniyalarining kapital qo‘yilmalari himoyalanadi. Operatorlarning ehtiyojlarini aniqlash bilan 1XEVda takomillashtirishning ikkita bosqichi ko‘rsatiladi. Birinchi bosqichning borishida ma’lumotlarni samaraliroq uzatish usuli uchun 2,4 Mbit/sdan ortiq ma’lumotlarni uzatish tezligiga erishish talab qilinadi. Ikkinchi bosqichning amalga oshirilishida real vaqt ko‘lamida ovoz va ma’lumotlarni uzatish tezligiga erishiladi.

CDMA-2000 3X. Bu cdma-2000 standartining ikkinchi fazasi hisoblanadi. Bu fazadagi takomillashtirish 1Xda erishilgan ma’lumotlarni uzatish tezligini 2 Mbit/sgacha oshirilishi ko‘p kanalli tizimdan foydalanish orqali ta’minlanadi. 3X nom 3XRTT atamadan kelib chiqadi, ya’ni 3G xizmatlarni taqdim etish uchun uchta 1,25 MGsdan kanallar ishlatiladi

CDMA 450 uchinchi avlod aloqa standarti hisoblanadi. U CDMA 2000, shu jumladan CDMA 2000 1x EV-DO standartini rivojlantirishning barcha yo‘nalishlarini qo‘llaydigan Xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan tasdiqlangan. CDMA 2000 1x EV-DO tarmoq ma’lumotlarni juda katta 2, 4 Mb/sgacha tezlikda uzatilishiga imkon beradi. CDMA 450 standarti, hatto 1, 8 MGs kabi tor chastotalar polosasida joriy etilishi mumkin. Uning afzalligi chastotalar spektridan samarali foydalanish, shuningdek ma’lumotlarni yuqori tezlikli uzatilishi imkoniyati hisoblanadi. Pastroq chastotalar diapazonini ishlatilishi esa qamrab olish zonasini kengaytirishga imkon beradi. 450 MGs diapazonda ishlaydigan sotalar yuqoriroq chastotalarda ishlaydigan bazaviy stansiyalarning qamrab
olish zonasidan ikki marttaga ortiq bo‘ladi. Shuning uchun CDMA
450 yechimi qishloq joylarida, aholining zichligi uncha katta bo‘lmagan hududlarda simsiz aloqani quradigan operatorlar uchun foydali bo‘ladi.
Kam aholili va borish qiyin bo‘lgan hududlar uchun CDMA 450 standarti iqtisodiy foydali va an’anaviy simli telefoniyaga muqobil hisoblanadi. Bu yechim CDMA 2000 texnologiyalarining barcha asosiy afzalliklarini taqdim etishi tufayli operator va uning abonentlari uchun foydali bo‘lib, aynan u uchinchi avlod yangi xizmatlarini keyingi joriy etish, masalan, abonentning joylashish o‘rnini aniqlash (LBS) imkoniyatini yaratadi. Shuningdek alohida operatorlar tarmoqlarida ishlayotgan multimediali xizmatlar va Push-to-Talktm («Bos va gapir», ya’ni telefonni ratsiyadan foydalanishga yaqin rejimda ishlatish) texnologiyalari bo‘lishi mumin.
CDMA 450 bu turli tarmoq ehtiyojlari uchun ideal yechim hisoblanadi. Telekommunikatsiyalar universal xizmatlari konsepsiyasi istalgan aholi punktida har qanday abonentga berilgan muddatda o‘rnatilgan sifatdagi va baholar darajasida bo‘lgan aloqa xizmatlarini ko‘rsatilishini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari CDMA 450 standarti asosida davlat organlari manfaatlarida maxsus aloqa tarmoqlari qurilishi mumkin. CDMA 2000 standartining yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha imkoniyatlari 450 MGs diapazondagi operatorlar uchun real qiziqishni beradi va keng polosali DSL- ulanishga muqobil bo‘ladi.
CDMA 450 aholini ma’lumotlarni olishini (xususan, Internet orqali), ayniqsa kabelni o‘tkazilishi o‘zini oqlamaydigan olisdagi hududlarda soddalashtirishga imkon beradi.
CDMA 450 tizimining ishlatilishi dispetcherlik aloqasi yoki TETRA kabi maxsus maqsadli tizimlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Yuqori ulanish tezligi bilan birga Push-to-Talktm funksiyasining qo‘llanilishi bilan CDMA 450 tizimlari huquqni muhofaza qilish, tez tibbiy yordam, yong‘in-himoya xizmati va maxsus xizmatlar masalalarini tezkor va sifatli echilishiga imkon beradi.
CDMA 2000 texnologiyalarini, ayniqsa 450 MGs diapazonning ishlatilishi “elektron hukumat” tizimlarini yaratilishini sezilarli engillashtirishi mumkin. Bu standart Hukumat, davlat xavfsizligi diqqat markazida turli ilovalarni yaratish va ishlashi uchun juda yaxshi tanlov hisoblanadi. Chunki texnologiya sanab o‘tilgan
afzalliklardan tashqari, autentifikatsiyalash, kodlash va ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlash yordamida uzatishda ma’lumotlarni himoyalashning yuqori darajasini ta’minlaydi.
Bularning barchasi CDMA 450 standartini Hukumat uchun, shuningdek huquqni muhofaza qilish va xavfsizlikni ta’minlash turli loyihalarida qo‘llanilishi uchun ideal standart bo‘lishini ta’minlaydi.
Bugungi kunga kelib CDMA 450 standartining 14ta tijorat tarmoqlari O‘zbekiston, Rossiya, Ruminiya, Belorussiya, Chexiya, Gruziya, Latviya va boshqa davlatlarda ishlamoqda. Yana bir nechta tarmoqlar ishga tushirishga tayyorlanmoqda. Hozirgi kunda CDMA 450 standartidan O‘zbekistonda 1.000.000 kishidan ortiq abonentlar foydalanmoqda. yetakchi mobil terminallar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar iste’molchilarga 15 tadan ortiq telefonlar modellarini taklif etmoqda.

Yüklə 470,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin