Harakatdagi radioaloqa sotali tizimlari standartlari. Ikkinchi avlod standartlari
Birinchi avlod (1G) analog SHATlarning to‘qqizta asosiy standartlari eng ma’lum hisoblanadi. O‘zRda ulardan NMT – 450 va AMPS ishlatilgan. Lekin analog SHATlar ko‘p sonli kamchiliklari tufayli axborot texnologiyalarinin zamonaviy rivojlanishini qoniqtirmay qo‘ydi, bu kamchiliklardan asosiylari “standartlarning moslashuvchan emasligi”, cheklangan ishlash zonasi, past aloqa sifati, xabarlarni maxfiylashtirishni va ISDN xizmatlar integratsiyalanishi raqamli tizimlari bilan o‘zaro ta’sirlashishini va ma’lumotlarni paketli uzatilishini (PDN) yo‘qligi bo‘ldi [1,6].
2G standartlari.80-yilllarda rivojlangan davlatlarda istiqbolli SHATlarni qurish tamoyillarini jadal o‘rganishga kirishildi va tarmoqlarning makrosotali topologiyali va 35 kmgacha radiusli sotalarli bunday tizimlarning uchun uchta standartlari ishlab chiqildi (2.1- jadval):
GSM – umumiy yevropa standarti;
ADS (D – AMPS) – Amerika standarti;
JDS – yapon standarti.
GSM standarti raqamli HSATlari.Raqamli HSATlarni 900 MGs diapazonda yaratilishini ko‘zda tutadigan dunyodagi ularga birinchi standart mikrosotali tuzilmali DCS – 1800 (1800 MGs diapazoni) HSAT sandarti asosiy hisoblanadigan va hozirgi vaqtda Yevropada qabul qilingan GSM standarti hisoblanadi. GSM standarti hozirgi vaqtda Shimoliy Amerikada ham 1900 MGs (PCS – 1900) diapazonda ishlatilmoqda. 2.1- jadval Tarmoqlarning makrosotali topologiyali tizimlar standartlari
Standartning xarakteristikasi
GSM, DCS-1800, PCS -1900
ADC
JDS
Ulanish usuli
TDMA(VAUU)
TDMA (VAUU)
TDMA (VAUU)
Chastotalarni surilishi
200 kGs
30 kGs
25 kGs
Tashuvchiga nutq kanallari sifati
8 (16)
3
3 (6)
Nutqni o‘zgartirish tezligi
13
kbit/s(6,5kbit/s)
8 kbit/s
11,2
kbit/s(5,6 kbit/s)
Nutqni o‘zgartirish algoritmi
RPE-LTP
VSELP
VSELP
Umumiy uzatish tezligi
270 kbit/s
48 kbit/s
42 kbit/s
Ajratish usuli
Chastota bo‘yicha sakrash
Yonma-yon
Yonma-yon
Nutq kanaliga chastotalar ekvivalent polosasi
25 kGs
(12,5 kGs)
10 kGs
8,3 kGs;
4,15 kGs
Modulyatsiyalash turi
0,3 GMSK
π/4 DQPSK
π/4 DQPSK
Talab qilinadigan tashuvchi/interferensi ya (C/l) nisbati
9 dB
16 dB
13dB
Ishchi chastotalar diapazoni
935-960 MGs
890-915 MGs
824-840 kGs
869-894 kGs
810-826
MGs 840-956
MGs 1429-1441
MGs 1447-1489
MGs 1453-1465
MGs
1501-1513
MGs
Sotaning radiusi
0,5-35 km
0,5-20 km
0,5-20 km
Yuqorida ko‘rsatilgan raqamli HSATlardagi standartlar o‘z xarakteristikalari bilan farqlanadi, lekin ular yagona tamoyillar va konsepsiyalarda qurilgan va zamonaviy axborot texnologiyalari talablariga javob beradi. GSMda ishlab chiqilgan tizim va texnik echimlar barcha istiqbolli raqamli HSATlar uchun ishlatilishi mumkin. SERT tavsiyalariga muvofiq 1980 yilda GSM standartidagi harakatdagi aloqa uchun 862 – 960 MGs diapazondagi chastotalar spektri ajratilgan. Binobarin, harakatdagi stansiyalar uzatkichlari uchun 890 – 915 MGs va bazaviy stansiyalar uzatkichlari uchun 935 – 960 MGs chastotalar spektri ajratilgan. GSM standartida tor polosali VAUU (NB TDMA) ishlatiladi. Kadrning tuzilmasida har bir 124 ta tashuvchilarda 8 ta vaqt pozitsiyalari mavjud bo‘ladi. Axborot paketi uzatilishining halaqitbardoshligini oshirish uchun navbatlashtirishli blokli va o‘rama kodlash qo‘llaniladi. Harakatdagi stansiyalarning harakatlanishining past tezliklaridagi kodlash va navbatlash samaradorligi aloqa seansi jarayonida sekundiga 217 ta sakrashlar tezligida ishchi chastotalarni sekin qayta ulanishi (SFH) bilan ortadi. Shahar sharoitlarida radioto‘lqinlarning ko‘p nurli tarqalishi o‘z o‘rniga ega, ular qabul qilinadigan signallarning interferension so‘nishlariga olib keladi. Bu hodisa bilan kurashish uchun impulsli signallarni 16 mksgacha vaqt bo‘yicha kechiktirishni o‘rtacha kvadratik og‘ish bilan tekislaydigan ekvalayzerlar ishlatiladi. Ishlatiladigan sinxronlashtirish tizimi signalni kechikishining 233 mksgacha absolyut vaqtini kompensatsiyalashga imkon beradi, bu 35 kmga teng sotaning maksimal radiusiga mos keladi. GSM standartida minimal chastotaviy surilishli gauss chastotaviy manipulyatsiyalash (GMSK) ishlatiladi. So‘zlashish signaliga ishlov berish nuqtni uzilishli uzatilishi yo‘li (DTX) bilan amalga oshiriladi, bunda uzatkich faqat signal bo‘lganida yoqiladi, so‘zlashuv pauzalari va yakunlanishida uzatkich o‘chiriladi. Buning uchun muntazam impulsli qo‘zg‘atishli, uzoq vaqt oldindan aytishli va oldindan aytishli chiziqli kesimli kodlashli kodek (RPE/LTR –LTR – kodek) ishlatiladi. Nutq signalini o‘zgartirishning umumiy tezligi 13 kbit/sga teng. GSM standartida aloqaning maxfiyligini ta’minlash uchun ochiq kalitli algoritm bo‘yicha shifrlash (RSA) qo‘llaniladi. Umumiy holda GSM standarti foydalanuvchilarga umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlariga (PSTN), ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga (PDN) va xizmatlar integratsiyalandigan raqamli tarmoqlarga (ISDN) ulanishli xizmatlarning keng diapazonini taqdim etadigan tarmoqni yaratishga imkon beradi. GSM standartining asosiy xarakteristikalari 2.1-jadvalda keltirilgan.