Raqamli RRLlarning tasniflanishi va qo‘llanilishi sohalarini keltiring.
Bir yo‘nalishli radioreleli aloqaning tuzilish sxemasini keltiring va tushuntiring.
RRL oxirgi, oraliq va tugun stansiyalarining tuzilish sxemalarini keltiring va tushuntiring.
SYATlar qanday tasniflanadi va qanday asosiy ko‘rsatkichlari mavjud?
ESY qaysi orbitalarda ishlatiladi va ularning asosiy xarakateristikalarini keltiring.
Qayd etilgan sun’iy yo‘ldoshli aloqa deganda nima tushuniladi?
Harakatdagi sun’iy yo‘ldoshli aloqani tushuntiring.
VSAT tizimi deganda nima tushuniladi?
Sun’iy yo‘ldosh navigatsiya qanday tashkil etiladi?
Bob. SIMSIZ KENG POLOSALI ULANISH TEXNOLOGIYALARI
Wi-Fi (IEEE 802.11) standarti
Wi-Fi qisqartmasi inglizcha «Wireless Fidelity» so‘zidan kelib chiqadi, u “simsiz aniqlik” ma’nosini bildiradi. Bu nom ancha oldin muomalaga kirgan Hi-Fi (Hi Fidelity) atamasiga o‘xshash ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasiga berilgan. Odatiy kabelli tarmoqlardan farqli ravishda WLAN (Wireless Local Area Network) simsiz aloqa tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish uchun yuqori chastotali radioto‘lqinlar ishlatiladi. Wi-Fi ostida ko‘zda tutiladigan IEEE 802.11standartlari oilasi bir necha 802.11a, 802.11b va 802.11g varintlarni o‘z ichiga oladi, ulardan har biri ma’lumotlarni uzatish tezliklari bilan farqlanadi [2,19,20]. Wi-Fi texnologiyasi 90-yillardan boshlangan. 1999 yilda 802.11b standartni ishlab chiqish yakunlandi, 2000 yilda esa simsiz aloqa uchun birinchi qurilmalar paydo bo‘la boshladi. Wi-Fi korporativ kabelli tarmoqlarga muqobil – oddiy va harajatlar bo‘yicha tejamli texnologiya sifatida o‘ylangan, chunki kabelni yotqizilishini talab qilmaydi, lekin samaradorligi kam emas. Lekin Wi-Fining imkoniyatlar korporativ foydalanuvchilarni oddiy tarmoqqa bilashtirishga qaraganda ancha keng. Shuning uchun bu texnologiyani qo‘llaydigan qurilmalarning paydo bo‘lishi bilan jamoat joylari - aeroportlar, mehmonxonalar, kafe va restoranlarda tezkor ulanish nuqtalari (yoki «xot-spotlar») ham paydo bo‘ldi va bu bilan foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar – qayd etilgan ish joyiga bog‘liq bo‘lmasdan Internetga ulanishni ochdi. Wi-Fi texnologiyasi yordamida xuddi ajratilgan liniya yordamida ulanganidek Internetdan foydalanish mumkin. Yagona farq, endi qayd etilgan ish joyiga bog‘liq bo‘lmasdan Internetda ishlash bilan birga erkin harakatlanish mumkin.