Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»



Yüklə 470,6 Kb.
səhifə59/103
tarix27.09.2023
ölçüsü470,6 Kb.
#149651
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103
Texnologiyalari universiteti-hozir.org

Qayd etilgan SYA. QESYA tizimlari statsionar foydalanuvchilar orasida aloqani ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Dastlab ular faqat katta uzunlikdagi magistrallarni va regional aloqani tashkil etish uchun qurildi. VSAT turdagi terminallari asosidagi bunday tizimlar elektron tijorat, bank ma’lumotlarini almashlash, ulgurji bazalar, savdo omborlari va boshqalarda ishlatiladi. Bundan tashqari, QESYA tizimlarida ko‘pincha personal aloqa va ma’lumotlarni interaktiv almashlash (shu jumladan Internet orqali) qurilmalari qo‘llaniladi. QESYA tizimlari uchun C (4/6 GGs), Ku (11/14 GGs) va Ka (20/30 GGs) chastotalar diapazonlari ajratilgan. QESYA xizmatlarini beshta yirik xalqaro tashkilotlar va 50 atrofidagi regional va milliy kompaniyalar ko‘rsatadi. Yirik qayd etilgan aloqa tijorat tizimlariga Intelsat, Intersputnik, Eutelsat, Arabsat va AsiaSat kiradi. Ular orasida Intelsat etakchi hisoblanadi, uning orbital guruhlanishi asosiy to‘rtta Atlantika (AOR), Hind (IOR), Osiyo-Tinch okeani (ATR) va Tinch okeani (POR) xizmat ko‘rsatish regionlarini qamrab oladi. Intelsat tizimining 30 yillik bo‘lishi davomida 8 ta sun’iy yo‘ldoshlar avlodalari yaratildi, ulardan har bir
keyingisi oldingisidan sezilarli ustun bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda Intelsat xizmatlarini to‘rtta keyingi avlod sun’iy yo‘ldoshlari (Intelsat-5, -6, -7/7A, -8 turkumlar) ta’minlamoqda. Bu KAlarning o‘tkazish qobiliyati 12 dan 35 mingtagacha telefon kanallarini tashkil etadi, ya’ni Intelsat tizimining 25 ta sun’iy yo‘ldoshlari orqali taxminan 2/3 xalqaro telefon trafigi uzatiladi. Yer
usti segmenti o‘z ichiga dunyoning 170 ta davlatlarida joylashgan 800 ta yirik stansiyalarni oladi.
Xalqaro Intersputnik tashkiloti hozirgi vaqtda 8 ta KAlardagi 30 ta retranslyatorlarni ijaraga olish bilan Rossiya kosmik segmentini (u "Gorizont" va "Ekspress" turlardagi KAlardan tashkil topgan) ishlatadi. 1999 yilda Yevro-Osiyo hududi (75o sh.k.), Amerika (83o g‘.k.), Yevro-Afrika (3o sh.k) va Osiyo-Tinch Okeani (130o sh.k.) hududlariga xizmat ko‘rsatish uchun yangi avlod KA ishga tushirilgan (qavslarda KAning holati nuqtalari keltirilgan)
Intelsat va Intersputnik tizimlariga jiddiy raqobatni PanAmSat va Orion xalqaro tijorat sun’iy yo‘ldoshli tizimlari hosil qiladi, ular Yer sharining asosiy hududlarini uzluksiz qoplashni ta’minlaydi. Eng yirik hududiy tizimlarga Eutelsat (Evropa va SHimoliy Afrika), Apstar, Asiasat, Optus, Palapa (Osiy-Tinch okeani hududi) va Arabsat (Arab davlatlari) kiradi.



Yüklə 470,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin