Geomagnit o’q
Аylanish davri
Geografik o’q
Geomagnit ekvator
3.6-rasm. Van-Allen zonalaridagi radiatsiya darajalari: GN – geografik shimol; MN – magnit shimol; R/Rz – nisbiy masofa, bu yerda Ryer = 6371 km (Yer radiusi), R – balandlik
Past aylanishli. Ekvator tekisligiga nisbatan orbita tekisligining og‘ishi qiymatiga bog‘liq ravishda pastki ekvatorial (og‘ish 0o), qutbiy (og‘ish 90o) va og‘ma orbitalarga bo‘linadi. Kichik og‘ishli va qutbiy orbitalarli tizimlar 30 yildan beri mavjud va asosan ilmiy-tadqiqotlar maqsadlari, masofadan zondlash, navigatsiya, metrologik kuzatishlar, Yer sirtini sur’atga olish uchun qo‘llaniladi. Mobil va personal aloqani tashkil etish uchun bu tizimlar faqat so‘nggi 5-7 yillarda ishlatilmoqda. Bugungi kunda 700—1500 km balandliklardagi kichik og‘ishli va qutbiy orbitalarli, shuningdek 2 ming km balandlikdagi pastki ekvatorial orbitalar jadal o‘zlashtirilmoqda.
Past orbitalardagi sun’iy yo‘ldoshlar boshqa KAlarga qaraganda energetik xarakteristikalar bo‘yicha sezilarli ustunliklarga ega, lekin ularga aloqa seanslarining davomiyligi va KAning aktiv bo‘lishi vaqti
bo‘yicha yutqazadi. KAni yer stansiyalarining radio ko‘rinish zonasida bo‘lishi davomiyligi maksimal vaqti 10-15 minutdan oshmaydi.
Elliptik aylanishli. Elliptik orbitaning turini xarakterlaydigan asosiy parametrlar yo‘ldoshning Yer atrofida aylanib chiqish davri va ekssentrisitetligi (orbitaning elliptiklik ko‘rsatkichi) hisoblanadi (3.7- rasm).
3.7- rasm. ESY elliptik orbitasi
Elliptik orbitadagi yo‘ldoshlar uchun ularning apogeyidagi tezligi perigeyidagi tezligidan sezilarli kam bo‘ladi. Demak, KA ma’lum region ko‘rinish zonasida orbitasi aylanali bo‘lgan yo‘ldoshga qaraganda ko‘proq vaqt davomida bo‘ladi.
Orbitaga chiqarilgan "Molniya" (apogeyi 40 ming km, perigeyi
460 km, og‘ishi 63,5o) KA 8-10 soatlar davomiyligidagi aloqa
seanslarini ta’minlaydi, binobarin, atigi uchta sun’iy yo‘ldoshlardan iborat tizim global sutkali aloqani ta’minlaydi.
Elliptik orbitalardagi KAli tizimlar ham “tabiiy” cheklanishlardan mahrum emas. Elliptik orbitada KAning joylashish o‘rnini doimiyligi faqat orbitaning ekvatorga ikkita 63,4o va 116,6o og‘ishlari qiymatlarida ta’minlanadi. Bu Yer gravitatsion maydonining bir jinlimasliklarini ta’siri bilan tushuntiriladi, u tufayli elliptik orbitaning katta o‘qi aylantiruvchi momentga uchraydi, bu apogeydagi sun’iy yo‘ldosh ostidagi nuqtaning kengligini tebranishlariga olib keladi. Elliptik orbitalarning parametrlarini tanlashga ta’sir qiladigan boshqa omil Van-Allen radiatsion tasmalarining xavfli ta’sirlarini hisobga olish zaruratiga bog‘liq, ular KAni orbita bo‘yicha o‘z harakatlanish vaqtida oldin olib bo‘lmaydigan kesib o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: |