Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»



Yüklə 470,6 Kb.
səhifə67/103
tarix27.09.2023
ölçüsü470,6 Kb.
#149651
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103
Texnologiyalari universiteti-hozir.org

Ta’minotni boshqarish. 802.11 standarti mobil qurilmalar batareyalarining xizmat muddatini uzaytirish uchun energiyani tejash rejimlarini qo‘llaydi. Standart ikkita “davomli ishlash rejimi va “energiyani tejash rejimi” deyiladigan energiya iste’moli rejimlarini qo‘llaydi. Birinchi holda radio doimo yoqilgan holatda bo‘ladi, shu bilan bir vaqtda ikkinchi holda radio ulanish nuqtalari doimo jo‘natiladigan “mayoq” signallarini qabul qilish uchun ma’lum vaqt oraliqlarida davriy yoqiladi. Bu signallar qaysi stansiya ma’lumotlarni qabul qilishiga nisbatan ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Shunday qilib, mijoz mayoq signalini qabul qilishi, ma’lumotlarni qabul qilishi, keyin esa yana “kutish” rejimiga o‘tkazish mumkin.

Xavfsizlik. 802.11b maqsadi simsiz tarmoqlarni simli tarmoqlar xavfsizligi vositalariga ekvivialent bo‘lgan xavfsizlik vositalari bilan ta’minlash hisoblanadigan Wired Equivalent Privacy (WEP) sifatida ma’lum bo‘lgan ulanishni nazorat qilish va shifrlash mexanizmlarini ta’minlaydi. WEP ulanganida u faqat ma’lumotlar paketlarini himoya qiladi, lekin fizik daraja sarlavhalarini himoya qilmaydi, shunday ekan
tarmoqning boshqa stansiyalari tarmoqni boshqarish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin. Ulanishni nazorat qilish uchun har bir ulanish nuqtasiga ESSID (yoki WLAN Service Area ID) joylashtiriladi, uni bilmasdan mobil stansiya ulanish nuqtasiga ulana olmaydi. Ulanish nuqtasi qo‘shimcha ravishda ulanishni nazorat qilish ro‘yxati (Access Control List, ACL) deyiladigan ruxsat etiladigan MAS manzillar ro‘yxatini saqlaydi, bu bilan faqat MAS manzillari ro‘yxatda bo‘lgan mijozlarga ruxsat etadi.
Ma’lumotlarni shifrlash uchun standart 40-bitli ajratiladigan kalitli RC4 algoritmidan foydalaniladigan shifrlash imkoniyatini beradi. Bundan keyin stansiya ulanish nuqtasiga ulanishi bilan barcha uzatiladigan ma’lumotlar bu kalitdan foydalanish bilan shifrlanishi mumkin. Shifrlash ishlatilganidan ulanish nuqtasi unga ulanishga urinayotgan istalgan stansiyaga shifrlangan paketni jo‘natadi. Mijoz o‘zini autentifikatsiyalash va tarmoqqa ulanishni olishi uchun to‘g‘ri javobni shifrlash uchun o‘z kalitini ishlatishi kerak. Ikkinchi darajadan yuqori 802.11b tarmoqlari boshqa 802 tarmoqlari kabi ulanishni nazorat qilish va shifrlash uchun o‘sha standartlarni (masalan, IPSec) ishlatadi.

Yüklə 470,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin