Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Radiouzatkichning ishlash prinsipi



Yüklə 436,19 Kb.
səhifə11/82
tarix20.11.2023
ölçüsü436,19 Kb.
#164196
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82
Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u-hozir.org

2.4. Radiouzatkichning ishlash prinsipi
Radiouzatkichning soddalashtirilgan tuzilish sxemasi 2.3- rasmda keltirilgan. Kirish signali modulyator kirishiga beriladi va u takt generatorida ishlab chiqilgan oraliq chastota (foch) tebranishini modulyasiyalaydi.
Uzatkichning Oraliq chastota kuchaytirgichida kuchaytirilganidan keyin modulyatsiyalangan OCh signali aralashtirgichga beriladi, uning ikkinchi kirishiga uzatkichning geterodinidan YuCh signal beriladi.
Aralashtirgich va geterodin chastota o‘zgartirgichini tashkil etadi, u yordamida signalning spektrini uzatkichning ishchi chastotalari diapazoniga (masalan, O‘YuCh diapazonga) o‘tkazish amalga oshiriladi.
2.3- rasm.RUQning soddalashtirilgan tuzilish sxemasi

Aralashtirgichning chiqishida polosali filtr yordamida |fOCh +fGet| yoki |fOCh -fGet| chastotali o‘zgartirilgan signal ajratib olinadi.


O‘zgartirilgan signal quvvat kuchaytirgichida kuchaytirilganidan keyin antenna-fider qurilmasi orqali uzatish antennasiga beriladi.
Uzun, o‘rta va qisqa to‘lqinlarda ishlaydigan radiouzatkichlarda odatda amplitudaviy modulyatsiyalash ishlatiladi. UQT va O‘YuCh radiouzatkichlarida chastotaviy va fazaviy modulyatsiyalash qo‘llaniladi.
Nazorat savollari
1. Uzatkichning vazifasi nima?
2. Radioaloqada to‘lqinlar qaysi diapazonlarga bo‘linadi?
3. Quvvat bo‘yicha radiouzatkichlar qanday turlarga bo‘linadi?
4. Uzatkichning kaskadlarini sanab o‘ting.
5. Uzatkichning bloklarini sanab o‘ting.
6. RUQning tuzilish sxemasini tushuntiring.
7. RUQning soddalashtirilgan tuzilish sxemasini tushuntiring.
8. Uzatkichlarda quvvatlarni qo‘shish va bo‘lish nima uchun kerak?
9. Uzun, o‘rta va qisqa to‘lqinli diapzonlarda ishlaydigan radiouzatkichlarda qanday modulyatsiyalash ishlatiladi?
10. UQT va O‘YuCh radiouzatkichlarida qanday modulyatsiyalash ishlatiladi?


Yüklə 436,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin