Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Radiouzatish qurilmalarining kaskadlari va qismlari



Yüklə 436,19 Kb.
səhifə10/82
tarix20.11.2023
ölçüsü436,19 Kb.
#164196
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   82
Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u-hozir.org

2.3. Radiouzatish qurilmalarining kaskadlari va qismlari
Radiouzatkich alohida kaskadlar va bloklardan iborat bo‘lib, ulardan har biri ham mustaqil, ham butun qurilmaning boshqa qismlari bilan birga ishlaydi. Shuning uchun dastlab qaysi kaskadlar va bloklar radiouzatkich tarkibiga kirishi mumkinligi va ularning vazifasi nimadan iborat ekanligini ko‘rib chiqamiz.
Radiouzatkich quyidagi kaskadlar va qismlardan tashkil topgan (2.2- rasm):
- tebranishlar manbai;
- signalni quvvat bo‘yicha kuchaytirgich;
- chastota ko‘paytirgichi;
- chastota o‘zgartirgichi;
- bo‘lgichi;
- chastotaviy modulyator;
- fazaviy modulyator;
- polosali filtrlar;
- signallar quvvatlarini summatori (bo‘lgichi);
- moslashtirish qurilmasi;
- attenyuator;
- faza aylantirgich;
- ferritli bir yo‘nalishli qurilmalar (sirkulyatorlar va ventillar).
Turli ko‘rinishlardagi radiouzatkichlar mos ravishda kaskadlar va qismlar kombinatsiyasidan tashkil topadi.
Qo‘zg‘atkich talab qilinadigan stabillikli ishchi chastotalar to‘rini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ishchi chastotalar ko‘p bo‘lmaganida qo‘zg‘atkich «kvars-to‘lqin» prinsipi bo‘yicha quriladi, bu chastotalarning har biri o‘z kvarsli avtogeneratoriga ega bo‘ladi. Bir chastotadan ikkinchi chastotaga o‘tish elektron kommutator yordamida amalga oshiriladi.
2.1- rasm. Radiouzatkichning tuzilish sxemasi

Ishchi chastotalar ko‘p bo‘lganida qo‘zg‘atkich raqamli sintezator hisoblanadi. Uning tarkibiga kvarsli tayanch avtogenerator, o‘zgaruvchan koeffitsientili bo‘lishli bo‘lgich (O‘KBB) va chastotani avtomatik sozlash qurilmasi kiradi. Bunday sintezator katta integral mikrosxema asosida bajarilishi mumkin.


Kvarsli avtogeneratorlar chastotasi yetarli darajada baland bo‘lmaydi. Shuning uchun radiouzatkich chastotasi bu qiymatdan katta bo‘lsa qurilmaga signal chastotasini talab qilinadigan songa oshiradigan chastota ko‘paytirgichi kiritiladi.
RUQ talab qilinadigan chiqish quvvatini olish ketma-ket ulangan YuCh generatorlar yoki tashqi qo‘zg‘atishli O‘YuCh generatorlar quvvatni kuchaytirish qismi yordamida amalga oshiriladi. Uzatkich chiqish quvvati bir elektron asbob quvvatidan ortiq bo‘lsa, chiqish kaskadida generatorlar quvvatlarini qo‘shish amalga oshiriladi.
RUQ chiqish kaskadi va antenna orasiga antenna-fider qurilmasi (AFQ) qo‘yiladi. AFQ tarkibiga RU yon nurlanishlarini so‘ndirish uchun filtr, tushadigan va qaytadigan to‘lqinlar asboblari va moslashtiruvchi qurilma kiradi. O‘YuCh diapazonida moslashtiruvchi qurilma o‘rnida odatda ferritli bir yo‘nalishli qurilmalar - ventil yoki sirkulyator qo‘llaniladi.
Chastotaviy modulyatsiya RUQ qo‘zg‘atkichida, fazaviy modulyatsiya qo‘zg‘atkichda yoki YuCh ko‘paytirgichlarda va kuchaytirgichlarda, amplitudaviy va impulsli modulyatsiya esa YuCh kuchaytirgichlarda amalga oshiriladi.
Avtomatik boshqarish qurilmasi yordamida RUQ parametrlarini avtomatik stabillash (birinchi navbatda quvvatni va temperaturaviy rejimni), normal ekspluatatsiya sharoitlari buzilganda himoya (masalan, antenna uzilganida) va boshqarish (o‘chirish-yoqish, chastota bo‘yicha qayta sozlash) amalga oshiriladi.


Yüklə 436,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin