Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti



Yüklə 436,19 Kb.
səhifə23/82
tarix20.11.2023
ölçüsü436,19 Kb.
#164196
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82
Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u-hozir.org

Chastotaviy modulyatsiyalash. Agar ɷ0 o‘rtacha qiymatdan ∆ɷ chastota deviatsiyasi (og‘ishi) Ukuchlanishga proporsional bo‘lsa va chastotaga bog‘liq bo‘lmasa, ya’ni agar m modulyatsiyalash indeksi U kuchlanishga proporsional bo‘lsa va chastotaga teskari proporsional bo‘lsa modulyatsiyalash chastotaviy modulyatsiyalash (ChM) deyiladi. Shunday qilib, ChM uchun quyidagiga ega bo‘lamiz:
m = kU/Ω = ∆ɷ /Ω (5.6)
bu yerda k – proporsionallik koeffitsienti.
ChM uchun chastotaning oniy qiymatini vaqt bo‘yicha hosila sifatida topamiz:

ɷ = dφ/dt = d[ɷ0t + ∆ɷsinΩt/Ω]dt = ɷ0 + ∆ɷcosΩt, (5.7)
Bu ifodalardan ko‘rinadiki, modulyatsiyalovchi signalning o‘zgarmas amplitudasida ChMda chastota deviatsiyasi o‘zgarmas (5.9- rasm) bo‘ladi.
ChM radioeshittirishda (UQT diapazonida) ovoz signallarini uzatishda, televizion dasturlar ovozini yuqori sifatda uzatishda, SECAM televizion standartida rang signallarini uzatishda va boshqalarda keng qo‘llaniladi.

5.9- rasm. ChM signalni hosil bo‘lishi

ChM radioeshittirishda (UQT diapazonida) ovoz signallarini, televizion dasturlar ovozini yuqori sifatda uzatishda, SECAM televizion standartida rang signallarini uzatishda va boshqalarda keng qo‘llaniladi.

Fazaviy modulyatsiyalash (FM, ingl. phase modulation - PM). Fazaviy modulyatsiyalashda o‘zgarmas tashuvchi chastotalar tebranishlari fazaviy burchagi ωo qiymati s(t) modulyatsiyalaydigan signal amplitudasiga proporsional bo‘ladi (5.10- rasm).
Mos ravishda FM – signal tenglamasi quyidagicha aniqlanadi:

u(t) = Ucos[ωo t + k× s(t)] , (5.8)
bu yerda k – proporsionallik koeffitsienti. Bitta tonal FM – signalga misol 5.10-rasmda keltirilgan.
5.10- rasm. FM signalni hosil bo‘lishi


Yüklə 436,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin