|
Amplitudaviy manipulyatsiyalash (AMn)
|
səhifə | 26/82 | tarix | 20.11.2023 | ölçüsü | 436,19 Kb. | | #164196 |
| Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u-hozir.org
6.2. Amplitudaviy manipulyatsiyalash (AMn)
Eng oddiy manipulyatsiyalash turlaridan biri amplitudaviy manipulyatsiyalash (AMn) hisoblanadi. Amplitudaviy manipulyatsiyalashda (AMn; ingl. amplitude shift keying (ASK)) — tashuvchi tebranishning amplitudasi sakrashsimon o‘zgaradi. 6.3- rasmda to‘rtta pozitsiyali amplitudaviy manipulyatsiyalashga misol keltirilgan.
6.3- rasm. To‘rtta pozitsiyali amplitudaviy manipulyatsiyalashga misol
Amplitudaviy manipulyatsiyalashda signal quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
M(t)=D(t)·A0sin2πf0φ0 (6.1)
bu yerda M(t) – modulyatsiyalangan signal;
D(t) – uzatish uchun ma’lumotlar;
A0 – tashuvchi tebranish amplitudasi;
f0 – tashuvchi tebranish chastotasi;
φ0 – tashuvchi tebranish boshlang‘ich fazasi.
6.3. Chastotaviy manipulyatsiyalash (ChMn)
Manipulyatsiyalashning boshqa turi chastotaviy manipulyatsiyalash (ChMn) hisoblanadi. Bu holda o‘zgaradigan parametr garmonik tebranishning chastotasi hisoblanadi (6.4- rasm).
6.4- rasm. Ikkilik chastotaviy manipulyatsiyalash
Chastotaviy manipulyatsiyalashda signal quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
M(t)= A0sin2πf0 +2π fdD(t) ·φ0 (6.2)
bu yerda M(t) – modulyatsiyalangan signal;
A0 – tashuvchi tebranish amplitudasi;
D(t) – uzatish uchun ma’lumotlar;
f0 – tashuvchi tebranish chastotasi;
φ0 – tashuvchi tebranish boshlang‘ich fazasi;
fd – chastota deviatsiyasi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|