Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi fililali


Birinchidan, siyosiy islohotlarni amalga oshirishda milliy davlatchilik asoslari bosqichma-bosqich ravishda barpo qilina boshlandi



Yüklə 98,12 Kb.
səhifə4/9
tarix14.12.2023
ölçüsü98,12 Kb.
#176909
1   2   3   4   5   6   7   8   9
yangi majmua - копия (5)-1

Birinchidan, siyosiy islohotlarni amalga oshirishda milliy davlatchilik asoslari bosqichma-bosqich ravishda barpo qilina boshlandi.
Ikkinchidan, bu jarayonda jamiyatimiz demokratik taraqqiyoti manfaatlariga to’liq mos keluvchi siyosiy institutlarni shakllantirish, uning huquqiy asoslarini yaratish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi.
Uchinchidan, avvalgi totalitar tuzumga xizmat qilgan va umrini tugatib bo’lgan davlat tuzilmalaridan to’liq voz kechildi.
Yangi o‘zbek davlatchiligining qaror topish jarayoni ham tashkil, ham ichki murakkab sharoitlarda ro’y berdi.
Mamlakatimiz taraqqiyotining “O‘zbek modeli”ning eng bosh g‘oyasi xalqimiz uchun munosib bo’lgan erkin, farovon xayotni barpo qilishdan iboratdir. Bu borada zamonaviy demokratiya prinsiplarini milliy manfaatlarimizdan kelib chiqib, jamiyatda qaror toptirish vazifasi ustuvor qilib belgilandi.
Ta’kidlash joizki, jamiyatimizda demokratiya va fuqarolik jamiyati g’oyasini ijtimoiylashuvi va qaror topishida “o‘zbek modeli”ning barcha konseptual g’oyalaridan izchillik bilan foydalanildi va shu bois ham ulkan samaralarga erishildi. Zero, jamiyatda demokratiyani joriy qilishning yagona resepti mavjud emas, har bir mustaqil davlat demokratik taraqqiyot yo‘liga o’tishda birinchi navbatda o‘zining sosio- madaniy asoslariga, milliy taraqqiyot modeliga tayanishi lozim bo’ladi. Faqat shunday holatdagina mamlakatning demokratik taraqqiyoti kutilgan ijobiy natijalarni beradi. Taraqqiyotning “o‘zbek modeli” g’oyasiga ko’ra, yurtimizda yangi jamiyatni barpo etish uchun amalga oshiriladigan barcha islohotlar zaminiga inson omili qo’yildi. Ya’ni “islohot islohot uchun emas, balki, inson manfaatlari, uning, erki va farovonligi uchun”, degan g’oya barcha yangilanishlarning asosiy o‘zagi etib belgilandi. Shu munosabat bilan ko’rilayotgan yangi mustaqil davlat va jamiyatning asosiy bunyodkori ham, iste’molchisi ham mana shu yurtning erkin xalqi degan prinsip mamlakatimiz taraqqiyot strategiyasining markazida turuvchi omildir.
Mazkur asos zaminida bilan taraqqiyotning “O‘zbek modeli”ni amalga oshirishning yetakchi shartlaridan biri sifatida ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashni tiklash va rivojlantirish vazifalari belgilab olindi. Ta’kidlash joizki, jamiyat taraqqiyotiga nisbatan bunday yondashuv nihoyatda noyob va yangicha yondashuvdir. Zero, har qanday jamiyatning yangilik sari rivojlanishida avvalambor inson omili, undagi ijobiy o‘zgarishlar turadi. O‘zbekistonning XXI asrga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi g’oyalarini o‘zida mujassam etgan Prezident Konsepsiyasi mustaqil zamonaviy demokratik fuqarolik jamiyati barpo qilishining yetakchi modeli sifatida yurtimiz ravnaqiga xizmat qilib borar ekan, bu o‘z navbatida mamlakatimiz istiqboli porloq ekanligidan dalolat beradi.


    1. Yüklə 98,12 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin