Elektr toki ta’sirida inson terisiga metallning ta`siri
Elektr mexanik jarohatlar
Elektr toki ta`sirida mushaklarning beixtiyor qisqarishi. Natijada terining yorilishi, qon tomiri va asab tolalarining shikastlanishi, bog`imlarning chiqishi yoki sinishi kuzatilishi mumkin. Mexanik jarohatlar – odatda juda kam uchraydi lekin uzoq davolanadigan jarohatlar turiga kiradi.
Elektr jarohat, elektr tokining reflektor ta`sirida vujudga keladi. (nerv tizimini falajlaydi). Elektr toki inson tanasidan o`tish asnosida asab tizimi nerv tolalariga ta`sir o`tkazadi va inson tanasi a`zolari va mushaklari qattiq qisqarishi, yurak to`xtab qolishi asoratlarini namoyon qilishi mumkin.
Teri yuzasidagi kul yoki oq - sariq rangli dog’lar elektr belgilar deb ataladi. Shu dog’lar tanani elektr o’tkazgich qismlar bilan tutashgan joylarda hosil bo’ladi. Ular ko’pincha og’riqsiz bo’ladi, vaqt o’tishi bilan o’tib ketadi.
Yashin shakldagi elektr belgili ko’rinishi
Tok ta’sirida metallarni zarrachalari bo’g’lanib, teri yuzasini qoplab oladi. Lat yegan qismini yuzasi g’adir - budir bo’lib qoladi. Shu holat elektr metallanish deb ataladi. Bu holat inson tanasi uchun xatarli emas, lekin ko’zni metallanishi xavfli bo’ladi.