Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali akt-11-22 guruh talabasi Abdisalomova Xurshidaning Dinshunoslik fanidan yozgan mustaqil ishi Topshirdi: Abdisalomova. X tekshirdi: Mamatqulova. D


Mavzu №5: Pravoslav cherkovlari atrubutlari



Yüklə 112,15 Kb.
səhifə5/6
tarix08.11.2022
ölçüsü112,15 Kb.
#68093
1   2   3   4   5   6
Abdisalomova Xurshida dinshunoslikdocx

Mavzu №5: Pravoslav cherkovlari atrubutlari.


Pravoslav oqimi. Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo’nalishidan biri o’laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida ro’yobga chiqdi va shakllandi. Bu oqim asosan Sharqiy Evropa, Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so’zidan olingan bo’lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviening kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo’nalish u erdagi hukmron din edi.
Muqaddas kitob bo’lmish Injil va muqaddas o’gitlar IV-VIII asrlardagi etti butxona Soborlarining qarorlari, shuningdek Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damasskiy, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov xodimlarining asarlari ushbu oqim ta`limotining asosi deb tan olingan.
Xristianlikning Sharqiy tarmog’i bo’lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida 14 Mustaqil (avtokefal) cherkovlari: Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Albaniya, Polsha, Chexoslovakiya, Amerika cherkovlari shakllangan.
Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o’rin egallaydi. Cherkov ta`limotiga ko’ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo’ladi.


Cho’qintirish - sirli hodisasi. Bunda dindor o’z tanasini uch marta suvga botirishi Xudo-otani, O’g’ilni va Muqaddas ruhni chaqirish bilan ruhiy tug’ilishni kasb etadi.

Badanga eleyni surkash ham sirli bo’lib, bunda dindorga Muqaddas ruhning ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi.

Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino ko’rinishida o’z badanida Iso qonini abadiy hayotga tayyorlaydi.

Nadomatning sirliligi shundaki, dindor o’z gunohlarini din peshvosi oldida tan oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi.

Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko’tarish uchun episkopning qo’lini o’sha shaxs badaniga tegizishi (yoki qo’yishi) orqali amalga oshiriladi.

Badanni eley bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi.
Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi. Post diniy marosimi odatda, katta cherkov bayramlaridan oldin o’tkaziladi. Postning mohiyati inson ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhimi voqealariga tayyorgarlikdan iborat.
Avval boshdanoq pravoslaviyening yagona markazi bo‘lmagan, chunki Vizantiyadagi cherkov hokimiyati imperiyaning eng katta viloyatlarida joylashgan to‘rt patriarx o‘rtasida taqsimlangandi. Bular — Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya (Yunon) va Quddus patriarxlari edi.
Vizantiya imperiyasi parchalanib ketgach, patriarxlarini har biri mustaqil pravoslav cherkovini boshqara boshladi.
Keyinchalik Yaqin sharq va Sharqiy Yevropadagi boshqa mamlakatlarda ham avtonom pravoslav cherkovlari vujudga keldi.
Pravoslav ta'limoti asosini muqaddas kitob (Bibliya) hamda muqaddas rivoyatlar (cherkov rahnamolari hamda dunyo nasroniylari yig‘ini qarorlari) tashkil etadi.
Pravoslavlar ham, katoliklar singari, nasroniylikning asosiy aqidalarini e'tirof etishadi. Ular — Xudoning uch birlikdan iboratligi, xudoning gavdalanishi, istigfor, Iisus Xristning tirilishi va arshi a'loga ko‘tari l ishi dir.
Pravoslaviyening farqi esa kult shakllarida, shuningdek, ruhoniylarning jamiyatdagi holatidir. Pravoslav ruhoniylar oq (uylangan) va qora (uylanmaslik to‘g‘risida qasam ichgan) ruhoniylarga bo‘linadi.
Pravoslaviyeda rasm-rusmlarni bajarishdagi o‘ziga xoslik shundan iboratki, ruhoniy Xudo va samoviy kuchlar bilan bevosita muloqotni ta'minlovchi vositachi, xolos. U, qavm kabi, oddiy odamdir.
Rim papasi esa Xudoning yerdagi noibi, binobarin, Xudo kabi topinish ob'yektidir.
Muqaddas kitob bo’lmish Injil va muqaddas o’gitlar IV-VIII asrlardagi yetti butxona soborlarining qarorlari, shuningdek, Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damaskin, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov xodimlarining asarlari ushbu oqim ta’limotining asosi deb tan olingan.
Xristianlikning Sharqiy tarmog’i bo’lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida 15 mustaqil (avtokefal) cherkov: Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Gruzin, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Alban, Polyak, Chexiya, Slovakiya, Rus va Amerika cherkovlari vujudga keldi. Bu cherkovlardan eng kattasi Rus pravoslav cherkovi (RPCH, boshqa rasmiy nomi Moskva patriarxati) bo’lib, unga 19 ming cherkov va 127 yeparxiya birlashgan. Bulardan 150 dan ortiq cherkov va 5 yeparxiya chet elda faoliyat olib boradi. Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o’rin egallaydi. Cherkov ta’limotiga ko’ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo’ladi. 




Yüklə 112,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin