Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali akt-11-22 guruh talabasi Abdisalomova Xurshidaning Dinshunoslik fanidan yozgan mustaqil ishi Topshirdi: Abdisalomova. X tekshirdi: Mamatqulova. D



Yüklə 112,15 Kb.
səhifə1/6
tarix08.11.2022
ölçüsü112,15 Kb.
#68093
  1   2   3   4   5   6
Abdisalomova Xurshida dinshunoslikdocx




Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali AKT-11-22 guruh talabasi Abdisalomova Xurshidaning Dinshunoslik fanidan yozgan
mustaqil ishi


Topshirdi: Abdisalomova.X
Tekshirdi: Mamatqulova.D
2022-2023 yil.



  1. Mustaqil ish.



Mavzu№1:Mahmud Koshg`ariyning “Odod assolihin” asarining tarbiyaviy ahmiyati.
Kundan-kunga rivojlanib, sayqalanib borayotgan dunyo madaniyati shuni o'rsatadiki hech bir millat madaniyati va an'analari , urf-odat , qadriyatlari o'z-o'zidan vujudga kelgan emas. Xar bir xalqning buguni va yashash tarzi uning o'tmishdagi moddiy va ma'naviy merosi bilan uzviy bog'langandir . Ana shunday xalqimizning ma'naviy meroslaridan biri bu Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning «Odob as- solihin» asaridir. Asarni chinakam manoda odobnoma darsligi sifatida o'qish va ta'lim-tarbiya jarayonida axloqiy manba, sifatida har bir sinfda tarbiya fani tarkibiga kiritish mumkinligi uning qadr -qimmatini oshiribgina qolmasdan balki, hozirda ham o'z mohiyatini davr va zamon talabiga ko'ra saqlab qolganidadir. Mazkur asarning nomi va mazmunidan ham anglanib turilganidek, unda ilgari surilgan g'oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi xulq-odob qoidalari xususida kishilar, shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada ma'lumotlar berishga xizmat qiladi. «Odob as-solihin» asarida ijtimoiy hayot hamda kundalik turmushda har bir inson tomonidan qat'iy amal qilinishi zarur bo'lgan zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) odob va axloq qoidalari, ularning ijtimoiyahamiyati, yoshlar tarbiyasini yo'lga qo'yishdagi o'rni va roli borasida batafsil so'z yuritiladi.
Asarda ilgari surilgan asosiy g'oya - insonlarning ijobiy xulq-atvorga ega bo'lishlari jamiyatda ruhiy xotirjamlik va moddiy farovonlikni qarortoptiruvchi asosiy omil ekanligini asoslashdan iboratdir. Alloma mazkur g'oya mohiyatini sharhlar ekan, inson odob-axloq qoidalarini egallay olmasa hamda ijobiy xulq-atvori bilan muadab (odobli) va muzazzab (toza) bo'lmasa, nafaqat o'zi, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi degan qarashni ilgari suradi.

Uxlash qoidasi sifatida esa, uxlash oldidan eshiklarni mahkamlab yopish, idishlarning og'zini berkitish, o'rnidagi ko'rpa-to'shaklarni bir bora qoqib yozish, o'choqdagi olovni hamda chiroqni o'chirish, uxlaydigan o'rnini yumshoq qilmaslik, o'ng qo'lga bir oz suyanib yotish tavsiya etiladiki, ushbu qoidalarning ahamiyati ularga rioya qilmaslik natijasida ro'y bergan noxush voqealar misolida ochib beriladi.


Asarning ikkinchi faslida esa salomlashish odobining o'n ikki qoidasi borasida fikr yuritiladi. Mazkur o'rinda salom berish va alik olish masalasida bugungi kunga qadar davom etib kelayotgan munozaraga nuqta qo'yilgan. Muallifning fikriga ko'ra, salom bermak sunnat, javobi farzu ayyondir. Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning e'tirof etishicha, salom quyidagi holatlarda quyidagi kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiqdir: ulug' kichikka, otliq piyodaga, yuruvchi o'ltirguvchiga, ozchilik ko'pchilikka, xonaga kirib keluvchi, xona ichkarisida o'tirgan kishilarga salom bergay", deb ta'kidlar ekan, bir kishi ko'pchilik oldiga kirib kelganda, birinchi bo'lib salom berishi, ko'pchilik esa baravar ovoz chiqarmasdan salomga alik olishi joizligiga alohida e'tiborni qaratadi. Allomaning salomlashish odobi xususidagi fikrlari bilan tanishar ekanmiz, ta'lim muassasalarida muallim sinf xonasi yoki auditoriyaga kirib kelganda, "Kim oldin salom berishi kerak?", degan muammoning yechimini topgandek bo'lamiz.
Mazkur bobda yana salomlashishdagi hatti-harakatlar, jismonan zaif yoki bemor kishilar tomonidan amal qilinishi lozim bo'lgan, shuningdek, erkak va xotin-qizlar o'rtasida kechuvchi salomlashish qoidalari, salom bermaslik va javob qaytarmaslik joiz deb topilgan holatlar borasida ham muhim tavsiyalar bayon etilganki, ushbu tavsiyalar bugungi kun uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir.
Asarni o'rganish va tahlil qilishdan keyingi natijalarga asoslanib, asarni ta'lim muassasalarida o'quv predmetlari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiqdir.Jumladan tarbiya, adabiyot, o'qish kabi darsliklar mazmunida ushbu asarning aks etish qadriyatlar asosida yoshlarni ijtimoyillashtirish axloqini yuksaltirishda muhim manba vazifasini bajaradi.
Xulosa qilib aytganda "Odobas-solihin" asari yoshlar tarbiyasida balki jamiyat a'zosini tarbiyalashda nodir va didaktik ahamiyatga ega bo'lgan durdona asardir.





Yüklə 112,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin