Mavzu№6: Beruniy asarlarida diniy marosimalrning yoritilishi
Abu Rayhon Beruniyning birinchi yirik asari “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” hisoblanadi. Asarning arabcha nomi “Al osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya” bo‘lib, Yevropada “Xronologiya”, o‘zbek sharqshunosligida “Osor al-boqiya” nomi bilan mashhurdir. Beruniy bu kitobni Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000 yilda yozib tamomlagan. Bu vaqtda olim endigina 27 yoshga kirgan edi.
“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Beruniy fanning hamma sohalariga qiziquvchi buyuk olim ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi va unga bu asari juda katta shuhrat keltirdi. Hatto bugungi kunga kelib ham, ushbu kitob O‘rta Osiy xalqlari, ularning madaniyati va tarixini o‘rganishda juda muhim ahamiyatga egadir.
Beruniy turli xalqlarning etnogenezi va etnik tarixiga oid ham diqqatga sazovor fikr-mulohazalar bildirgan. Shuningdek, asarda qadim xalqlarning taqvim tizimi hamda alohida kunlari haqida ham juda qiziqarli ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Muallif asarida o‘ziga ma’lum bo‘lgan xalqlarning yil taqvimlari,rasm-rusumlari, hayitlari va mashhur kunlarini mufassal tasvirlab beradi. Jumladan, rimliklarda achchiq va sho‘r narsalarni faqatgina belgilangan ma’lum kunlarda tanovvul qilinishi, qon olishishlari sovuq kunlarda amalga oshirilmasligi, Dumat at-Jantal shahridagi bir bozorda savdo ishlari toshlar orqali amalga oshirilishi, al-Mashakkar shahridagi bozorda esa faqatgina quloqqa gapirib savdo qilinish mumkinligi to‘g‘risidagi ko‘plab qiziq ma’lumotlarni bayon qilgan. Bayram va marosimlar to‘g‘risida yozar ekan, Xorazmliklarning hayitlari ikki hil bo‘lganligini, ya’ni birinchisi, tabiat voqea xodisalari bilan bog‘liqlari: yil boshi bayrami, gulxanda isinish bayrami, yog‘liq non yeyish kuni, Mina kechasikabilar, ikkinchisi esa Islom dini kirib kelgunga qadar o‘tkazilgan diniy marosimlar: arvohlar uchun qabrlarga ovqat qo‘yish marosimi va shu kabilar to‘g‘risida ma’lumotlar bergan. Beruniyning shaxsan o‘zi ham hayitlarni ikki guruhga bo‘lish lozimligini yozib o‘tgan: bular diniy va dunyoviy hayitlar. Olim dunyoviy hayitlarni mukarram hayitlar deb ataydi. Manbalarga ko‘ra ushbu hayit kunlari podshoh va raislar o‘zlari uchun marosimlar o‘tkazganlar hamda ular orqali nafslarini sevintirishga, ruhlarini shodlantirishga erishganlar, maqtov va madhga sazovor bo‘lganlar, o‘z xalqlarining muhabbatini jalb qilganlar, duolar olganlar. Bu kunlarni nishonlash oddiy xalq uchun ham bir marosimga aylangan. Ana shu hayitlar faqir va kambag‘allar fikricha hayotlarining torligini kenglikka aylantiruvchi, umid va orzularini yuzaga chiqaruvchi, halokatga yaqinlashganlarida ularni xatar va balodan qutqaruvchi sabablarning biri bo‘lgan.
Diniy hayitlarga kelganda, ularni davlatning shariat arboblari, imomlari, faqihlari va dindorlari keltirib chiqarganlar, deydi Beruniy. Bunday bayramlarni ijro etishdan maqsad yuqorida sanab o‘tilgan sabablarga o‘xshash, lekin bu asosan oxirat kuni uchun o‘tkazilgan.
Bayramlarning eng ulug‘i Navro‘z hisoblanib, u deyarli hamma xalqlarda nishonlangan. Olimning yozishicha ushbu bayramning nishonlanish sabablari turli xalqlarda turli xil afsonalar bilan bog‘langan. Qadimgi Eron afsonalariga ko‘ra quyosh bilan farishtalar shu kuni yaratilgani va ushbu kun hayotning birinchi kuni hisoblangani uchun podshohlar ham bu kunni ulug‘laganlar. Eron afsungarlari esa “Navro'z kuni tong otganda birov gap gapirishdan oldin uch qoshiq asal yalab, uch bo‘lak mum tutatsa, bu ko‘p kasalliklarga shifo bo‘ladi” deb hisoblashgan.
Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari qadimgi tarix kalendar sistemasini o‘rganishda ham muhim va birinchi darajali manba hisoblanadi. Ammo bu asar olim uchun yot bo‘lgan sof arab tilida yozilganligi, hamda arab imlosi bo‘yicha qisqa unli tovushlari ko‘pgina hollarda belgilanmaganligi uchun ham mavjud tekstlarda bu oylarning nomlari juda buzib berilgan. Asaring 1968 yilgi o‘zbek tilida chop etilgan nusxasida yozilishicha, mavjud materiallar bo‘yicha ularni to‘g‘ri talaffuzini aniqlash imkoni bo‘lmagan, kun nomlari shartli ravishda yozib ko‘rsatilgan. Shubhali o‘rinlarda esa unli tovushlar o‘rniga chiziqcha yoki umuman undosh harflarni yozish bilangina kifoyalanilgan.
Beruniy «Hindiston» asarida olamning tuzilishi haqida qadimgi hind miflari, asotirlari bilan qadimgi yunonlarning asotirlarini taqqoslab, bu ikkala halqning qadimiy e’tiqodlarida turli darajada o’xshashlik va yaqinliklar borligini aniqladi. Bu fikr yunonlar va hindlarning Zevs va uning ayoli-Gera, «farzandlari» hisoblanmish Afina, Apollon, Afrodita, Hermes, Zuhal-Saturn, Mirrih-Mars, Mushtariy-Merkuriy va boshqa sayyoralarning «tug’ilish», kelib chiqishiga qarab aloqador. Lekin, ayni vaqtda Beruniy qadimgi hind asotirlari-mifalogiyasida yunon va rumliklar e’tiqodiga o’xshamaydigan, faqat hindlarga xos kosmogonik aqidalar borligini ham ko’rsatgan. Beruniy «Hindiston» asarining «Qutb va unga oid xabarlar» deb atalgan 22-bobida bunday hind afsonasini keltiradi: «Barohim (Qadimgi hindlar barcha olamlarni paydo qiluvchi oliy ruhni, osmonlar mohiyatini Barohim deb, bir shaxsga aylantirib, tushunadilar-N.S.) odamlarni vujudga keltirishni istaganida, o’zini, ikkiga bo’lgan. O’ng tomonining ismi Viroj va so’l tomonining ismi Manu bo’lgan».24 E’tibor bersangiz, qadimgi hindlar birinchi inson –odam ato o’rniga ikkita odamning ismini aytadilar. Nima uchundir, hind mifalogiyasida Viroj qolib ketib, Erdagi barsa odamlarning bobakaloni Manu deb hisoblanadi. Manunining ikki o’g’li bo’lib, biri Priyor-bota, ikkinchisi- cho’loq podshoh Uttonapoda ekan. Shu podshohning Dhruba ismli o’g’li bo’lgan. Dhruba-o’gay onasi tomonidan xo’rlangani evaziga «mukofot» tarzida Oliy Tangri unga osmondagi barcha yoritgichlarni aylantirish qudratini bergan. Qadimgi hindlarda Manu yashagan ming yillik manvantara deb ataladi. Keyingi uzoq davrlar ham ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi va h.k manvantaralar deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |