212
cho’kindi jinslar tarkibida uchraydigan oddiy minerallar (kal’tsit, dolomit),
shuningdek, metamorf jinslarning o’zidagina uchraydigan tubdan o’zgargan
maxsus minerallar.
Qurilishda ishlatiladigan asosiy metamorf jinslarning ayrimlari bilan
tanishamiz.
Gneys
- granit, kvarts porfirlari va ayrim konglomeratlarning atmosfera
ta’sirida ko’rinishi va xususiyatlari o’zgargan, yaxlit yoki yupqa slaneslar
qatlamidan tashkil topgan jins. Ular tarkibi bo’yicha granitga o’xshash. Zichligi
2400 - 2800 kg/m
3
, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 120–200 MPa. Gneys
xarsangtosh, beton uchun yirik to’ldirgich, yo’lkalar uchun plita sifatida ishlatiladi.
Loysimon slanetslar
- loyning yuqori bosim ostida qayta kristallanishidan
hosil bo’lgan qattiq loysimon kulrang jins. Suv ta’sirida namlanmaydi. Tarkibida,
asosan, kvarts, slyudalar va tuproq bor. Loysimon slanets yupqa (qalinligi 2,5 mm.
dan katta) plastinkalar tarzida tilinadi. Bunday plastinkalar tom va qoplama
ashyolar sifatida ishlatiladi. Undan tashqari, pol qurishda va elektr tokidan
muhofazalovchi taxtachalar tayyorlashda ham qo’llaniladi.
Marmar
– kristalli kal’tsit donalaridan tashkil topgan zich jins. Unda
slyuda, dala shpati, kvarts, temir oksidi va ko’mir birikmalari ham bo’ladi. Toza
marmar oq rangda, agar unda marganets va temir birikmalarining aralashmalari
bo’lsa, qizil, binafsha, kulrang, hatto qora bo’lishi mumkin.
Marmarning qattiqligi 3–4, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 80–300
MPa, zichligi 2600–2800 kg/m
3
. Marmarni arralash, silliqlash va pardozlash qiyin
emas. Ammo u kislotalar, atmosferadagi gazlar va karbonat suvlari ta’sirida
buziladi. Shu sababli marmar binoning ichki qismini qoplashda, shuningdek,
haykaltaroshlikda, zinapoya va pol plitalarini tayyorlashda mozaik betonlar uchun
to’ldirgich sifatida ko’p ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: