Sochiluvchan tabiiy tosh ashyolari qum, shag’al, xarsangtosh va
boshqalar beton qorishma va temirbeton konstruktsiyalarini tayyorlashda mayda
va yirik to’ldirgichlar sifatida ishlatiladi.
29.6.2. Tabiiy toshlarning asosiy xossalari Tabiiy toshlar har xil xususiyatlarga ega. Barcha tabiiy tosh qurilish
ashyolari og’ir, yengil, yaxlit va sochiluvchan guruhlarga bo’linadi.
Zichligi yuqori bo’lgan yaxlit tabiiy tosh ashyolarining (granit, diabaz,
marmar va boshq.) zichligi 2500–3100 kg/m
3
ga teng bo’lsa, g’ovak ashyolarning
(trepel, bo’r va chig’anoq ohaktosh, pemza, tuf) zichligi 500-1700 kg/m
3
ga teng.
Bu ashyolarning issiqlik o’tkazuvchanligi ularning zichligiga bog’liq. Og’ir tosh
ashyolarning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti 2,5 - 3,0 Vt/mtrad, g’ovakli va
serg’ovak ashyolarning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti esa 0,2 - 0,6
Vt/mtrad. gacha bo’lishi mumkin. Tosh ashyolarning erish harorati ularning
tarkibiga ko’ra turlicha bo’ladi. Monominstal jinslarning erish harorati nihoyatda
yuqori. Masalan, kvartsning erish harorati 1710
0
C, marmarniki 1810
0
C,
dolomitniki 1710
0
C ga teng. Tarkibida dala shpati, temir oksidi va ishqorlar
bo’lgan ko’p mineralli jinslarning erish harorati esa kamroq bo’ladi. Masalan,
granit 1450
0
C, diabaz 1350
0
C, tarkibida temir birikmalari bo’lgan tuproq 1200
0
C
da eriydi.
Tabiiy tosh ashyolarning yuqori haroratga chidamlilik darajasi ularning
mineralogik va kimyoviy tarkibiga bog’liq. Tarkibida gips bo’lgan tosh jinslar
100
0
C dan yuqori haroratda buzila boshlaydi. Magniy karbonatli minerali bo’lgan
jinslar 725
0
C da, kal’tsiy karbonatli jinslar esa 827
0
C dan yuqori haroratda
buziladi. Kvarts va boshqa minerallardan tashkil topgan kristall tog’ jinslari 700
0
C
dan yuqori haroratda o’z mustahkamligini kamaytiradi, chunki ularning tarkibidagi
minerallar issiqpik ta’sirida turlicha kengayadi.
215
Tabiiy toshlarning suv va namlik ta’siriga chidamliligi ularning tuzilishiga,
g’ovakligiga bog’liq. O’zaro tutash bo’lmagan g’ovaklardan tashkil topgan
toshning issiqlik va havo o’tkazuvchanligi kam bo’ladi.