217
ro’y beradi. Tog’ jinslarining atrof-muhit ta’sirida buzilishi uning yemirilishi
deyiladi. Jinslarning yemirilishga chidamliligi ularning tarkibiga,
tuzilishiga va
tabiatning ta’sir etuvchi omillariga bog’liq.
Qurilishda ishlatiladigan tabiiy tosh ashyolarni yemirilishdan va fizik-
kimyoviy jarayonlar ta’siridan saklashning quyidagi usullari keng qo’llaniladi:
sirti silliklangan va pardozlangan toshlarni ishlatish; tosh sirtida yomg’ir, qor
suvlarining ushlanib qolishiga yo’l qo’ymaslik; tosh sirtiga kimyoviy usullar bilan
ishlov berish va hokazo.
Kimyoviy usullar bilan ishlov berishda tabiiy
toshning sirtiga kimyoviy
moddalar shimdiriladi. Modda toshdagi minerallar bilan birikib, uning sirtidagi
g’ovaklarni to’lg’azadi.
Natijada, ashyoning mustahkamligi, sovuqqa hamda
kimyoviy eritmalar ta’siriga chidamliligi ortadi va suv shimuvchanligi kamayadi.
Dostları ilə paylaş: