219
Litologik xarita
jinslarni tarkibini aks ettiradi. Har bir jinsli shartli belgi
bilan belgilaydilar. Qurilish uchun geologik tadqiqotlar amaliyotida ko’pincha
litologik - stratigrafik
xaritalar tuziladi, ularda jinslarni yoshi va tarkibi
ko’rsatiladi.
Muhandislik-geologik xaritalar
– bu o’rganilayotgan
hududdagi zaruriy
muhandislik - geologik omillar haqidagi ma’lumotlar. Muhandislik - geologik
xaritani har birining to’plam tushunchasi bo’lib, u xaritani o’zi, shartli belgilar,
geologik kesimlar va tushuntirish yozuvidan tashkil topadi.
Muhandislik - geologik xaritani
tuzish uchun topografik, har xil turdagi
geologik, gidrogeologik tadqiqotlar, jinslarni xususiyatlari va x.k. lar ishlatiladi.
Muhandislik - geologik xaritalar turi uch xil bo’ladi:
1) muhandislik - geologik xaritalarsharoitlar,
2) muhandislik - geologik rayonlashtirish va
3) maxsus muhandislik - geologik xaritalar.
Muhandislik - geologik sharoitlar
xaritasi yerdagi qurilishni hamma
turlari uchun hisoblangan ma’lumotlarga ega. Uni qurilish amalga oshiriladigan
joyni tabiiy sharoitlarini umumiy baholash uchun ishlatiladi.
Muhandislik - geologik rayonlashtirish xaritasi
muhandislik - geologik
sharoitlarini umumiyligi bo’yicha hududni bo’laklarga (regionlar, oblastlar,
rayonlar va x.k.) ajratilishi aks ettiriladi.
Maxsus xaritalar
qurilish yoki inshootni aniq turiga qo’llash uchun
tuziladi. Ular qurilish hududini injener-geologik sharoitlarini bahosi bahosi va
injener-geologik sharoitlarini hodisalarini bashoratiga ega.
Muhandislik - geologik xaritalarni masshtabi
ularni maqsadi va tarkibini
mufassalligiga bog’liq bo’ladi:
- umumiy sharxiy (sxematik) xaritalar mayda masshtabli (1:500000 va
undan mayda) bo’lib, katta xududlarda injener-geologik sharoitlarni tashkil bo’lishi
va tarqalishini umumiy qonuniyatlarini aks ettiradi;
220
- o’rta masshtabli (1:200000, 1:100000) xaritalar aholi punktlari, sanoat
korxonalri, aloxida, gidrotexnik inshootlari va x.k. larni
qurilishini loyixalashni
asoslash uchun mo’ljallangan;
- mufassal yirik masshtabli (1:1000 va undan yirik) xaritalar sanoat
qurilishini konkret ob’yektlarini, shahar hududidagi qurilishlarni va x.k. larni
joylashtirishni loyihalash uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: