264
- Quduqda neft-gaz paydo bo’lishi hollari ko’zatilganda, darhol
uni oldini
olish choralari ko’rilishi kerak va bu haqida burg’ilash korxonasi rahbariyatiga,
hamda harbiylashtirilgan qism xizmatchilariga habar berish kerak;
- Har bir vaxtaning a’zolari neft - gaz hosil bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan
halokatlarni oldini olish bo’yicha amaliy o’rgatilgan (o’qitilgan) bo’lishi va
halokat sodir bo’lganida har bir ishchining bajaradigan vazifasi burg’ilash
ustasining xonasida osilgan bo’lishi kerak;
- Burg’ilash ustasi burg’ilash korxonasi tomonidan tasdiqlangan ko’rsatma-
larga asosan har bir vaxta ishchilari bilan halokatlarni bartaraf etish bo’yicha o’quv
mashqlarini o’tkazishi va bu haqida texnika havfsizligi
jurnaliga belgilab borishi
kerak;
- Burg’ilash eritmasining turi va kattaliklari - quduqni qazishni halokat-
larsiz olib borishni va mahsuldor gorizontni sifatli ochishni ta’minlashi kerak;
- Burg’ilash eritmasining zichligi, burg’ilash eritmasi ustuni hosil qiladigan
gidrostatik bosim qatlam bosimidan quyidagi kattaliklarda ortiqcha bo’lishi kerak;
Chuqurligi 1200 metrgacha bo’lgan quduqlar uchun 10-15% (ammo 1,5
MPa dan oshmasligi kerak);
Chuqurligi 2500 metrgacha bo’lgan quduqlar uchun 5-10% (ammo 2,5
MPa dan oshmasligi kerak);
Chuqurligi 2500 metrdan yuqori quduqlar uchun 4-7% (ammo 3,5 MPa
dan oshmasligi kerak);
- Murakkab sharoitli quduqlarni va gazli gorizontlarni burg’ilashda
burg’ilash eritmasining zichligini va qovushqoqligini har 10-15 minutda; SNS
ko’rsatkichi, suv bera oluvchanligi va haroratini har 1 soatda o’lchab turish kerak.
Burg’ilash eritmasining o’lchangan kattaliklari mahsus jurnalga yozib boriladi;
- Burg’ilash eritmasi tarkibidagi gazning miqdori 1% dan oshib
ketgani
ma’lum bo’lganda, eritmani darhol gazsizlantirish kerak, keyin esa buning sababi
(qatlam ishga tushishi, eritma ko’pirib ketishi) aniqlanadi
va bartaraf etish
choralari ko’riladi;
265
- Og’irlashtirilgan va kimyoviy qayta ishlangan burg’ilash eritmalari bilan
quduqni burg’ilash jarayonida, burg’ilash maydonchasida
yetarli miqdorda
(geologik-texnik sharoitni hisobga olgan holda) kimyoviy reagentlar va
og’irlashtiruvchi materiallar zahirasi bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: