Muhandislik geologik tadqiqotlar



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   204
-qullanma (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


261 
35. ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISHNI BOSHQARISH. 
35.1. Neft va gaz quduqlarini burg’ilashda atrof-muhitni 
muhofaza qilish 
Neft va gaz sanoati atrof - muhitni zaharlanishiga olib keluvchi sanoat 
tarmoqlaridan biridir. Tabiatni muhofaza qilish termini XX asrning birinchi o’n 
yilligida keng qo’llanila boshlandi. Bu davrda tabiatni muhofaza qilish deganda 
hayvonot va o’simliklarning alohida turlarini saqlash, tabiatning qimmatbaho 
uchastka va ob’yektlarini asrash, qo’riqxona va milliy hiyobonlarni tashkil etishga 
yo’naltirilgan faoliyat tushinilgan. Bunday faoliyat, masalan 1913 yilda 
Shveytsariyada tabiatni muhofaza qilish bo’yicha 17 davlat a’zolari ishtirokida 
o’tqazilgan birinchi konferentsiyada ko’rib chiqilgan. 
30 yillarning boshida tabiatni muhofaza qilishga insoniyat faoliyatini 
tabiatga zararli ta’sir qilishiga teskari harakatlantiruvchi kompleks tadbirlar 
sifatida qaraldi. 
Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan 
foydalanishni yaxshilash bo’yicha ishlab chiqilayotgan standartlar inson faoliyati 
bilan tabiiy atrof - muhit orasidagi muvozanatni turg’unlashtirishga yo’naltirilgan 
tadbirlar tizimidan iborat bo’lib, tabiiy resurslarni saqlash va tiklashni ta’minlaydi, 
jamiyat faoliyati natijalarini tabiatga to’g’ri va bilvosita negativ ta’siri va inson 
sog’lig’iga ta’siri oldini oladi. 
Hozirgi vaqtda ekologik tadqiqotlar bilan geografiya, geologiya, biologiya, 
texnik va sotsial-iqtisodiy fanlar oblastidagi mutaxassislar shug’ullanishadi. 
Tog’ fandlarida litosfera va mineral resurslarni o’zlashtirish, yer qarida 
bo’lib o’tadigan jarayonlardan yuzaga keladigan halokatlar bilan ko’rashish bilan 
bog’liq bo’lgan ho’jalik faoliyatining barcha sferalarida ekologik tadqiqotlar olib 
borilmoqda. 
Mineral xomashyo va tabiiy resurslarning boshqa turlarida kompleks 
foydalanish, chiqindisiz va kam chiqindili texnologik jarayonlarni tashkil etish, 
nisbatan samarador shuningdek biologik usullaridan foydalanish texnologik
jarayonlarning ekologik tadqiq qilishni umumiy vazifasidir. 


262 
Tabiiy resurslardan rejali va ratsional foydalanish - tabiatni samarali 
muhofaza qilishning asosidir. 
Neft va gaz sanoatidagi barcha texnologik jarayonlar (qidiruv, burg’ilash, 
qazib chiqarish, yig’ish, tashish, saqlash va neft va gazni qayta ishlash) tabiiy 
ekologik holatni bo’zilishga sabab bo’lishi mumkin. 
Neft va gaz tarmog’ining bizni o’rab to’rgan tabiatga ko’rsatayotgan salbiy 
ta’siri haqida gapirar ekanmiz, buni bir necha bo’limlarga bo’lib o’rganish 
mumkin. Jumladan: 
- yer osti boyliklarini asrash va ulardan tejamkorlik bilan foydalanish
- quduqlarni qurish davrida yer osti boyliklarini asrash; 
- tabiatni, xususan o’rmonlar, daryolar, ko’llar, dengiz va boshqa suv
havzalarini ifloslanishini oldini olish; 
- neft va gaz mahsulotlarini qazib chiqarish va qayta ishlashda atrof-
muhitni va atmosferani himoya qilish.
Quduqlar qaziladigan maydonlarda ishlatish quduqlarini burg’ilash 
jarayonida atmosfera havosini ifloslanishini kamaytirish uchun ko’rsatmalar: 
1.Yonuvchi-moylovchi materiallar bo’g’lanishi natijasida atmosfera 
havosini ifloslanishini oldini olish maqsadida bu materiallarni yopiq idishlarda va 
belgilangan joylarda saqlash. 
2.Yonuvchi-moylovchi materiallarni burg’ilash maydonchasiga olib
kelishda mahsus moslashtirilgan avtotsisternalardan foydalanish, ishlatishga 
yaroqsiz holga kelib qolgan yonuvchi-moylovchi materiallarni yig’ish va olib 
chiqib ketishda mahsus metall idishlardan foydalanish. 
3.Burg’ilash va sementlash qorishmalarini tayyorlash uchun material va 
kimyoviy reagentlarni buzuq bo’lmagan transportlarda, yopiq idishlarda keltirish. 
4.Sementni 
tashib 
keltirishni 
mahsus 
avtotsisternalarda, 
sement 
qorishmasini tayyorlashni sement aralashtiruvchi mashinalar SMN-20 (KRAZ -
257 avtomobili shassisida o’rnatilgan) va sementlash agregatlari SA-320, SA-400 
lar yordamida amalga oshirish. 


263 
5.Burg’ilash eritmasi va sement qorishmasini tayyorlashda kerak
bo’ladigan materiallarni tashishda atrof-muhitni ifloslanishini oldini olish 
maqsadida yaroqli va to’kilmaydigan idishlardan foydalanish. 
Quduqlar qaziladigan maydonlarda quduqlarni burg’ilash, mustahkamlash 
va sinab qo’rish jarayonida atmosfera havosining ifloslanishiga quyidagilar sabab 
bo’ladi: 
- Burg’ilash eritmasini tayyorlash blokida har xil kukunsimon kompo-
nentlarni qo’shish jarayonida chang ko’tarilishi (asosan bentonit tuproq kukuni); 
- Sirkulyatsion sistemada burg’ilash eritmasiga neft mahsulotlarini qo’shish 
va uni ochiq havoda bo’g’lanishi natijasida atmosferaga uglevodorodlar chiqishi. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin