Muhandislik geologik tadqiqotlar


lakkoli t (7.3 - rasm) deb ataladi.  7.3-rasm



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   204
-qullanma (1)

lakkoli
t
(7.3 - rasm) deb ataladi. 
7.3-rasm
. Lakkolitlarning ko’rinishi 
Yer bag’ridan ko’tarilgan magma, ko’pincha, tog’ jinslaridagi darzlarni 
to’ldiradi va
magmatik tomirlar
(shtoka) deb ataladigan plitasimon to’plamlarni 
hosil qiladi. Agar parallel ustki to’g’ri chiziq tarzida qotsa,
daykalar
deb ataladi 
(7.4-rasm). 
7.4-rasm
. Magmatik tomirlarning ko’rinishi 


40 
Shunday qilib, magma litosferaga kirib, ammo yer ustiga chiqa olmasdan
ma’lum chuqurliklarda batolitlar, lakkolitlar, shtoka, dayka hosil qilishi yoki yer 
ustiga otilib chiqib, lava oqimi holida to’planishi mumkin.
Intruziv jinslar yer bag’rida turli chuqurliklarda bosim ostida asta - sekin 
bir tekisda sovishi boisidan kristallari donador yoki yirik bo’ladi. Ana shu 
sabablarga ko’ra ham to’la kristallanib ulgurgan bu jinslar zich, zalvorli, 
g’ovakligi juda kichik bo’ladi. Effuziv tog’ jinslari magmaning yer ustiga otilib 
chiqib tarkibida gaz, suv bug’lari mavjudligi va tez sovishi oqibatida to’la 
kristallanib ulgurmaydi va bu jinslar o’ziga xos bo’lgan kristalli, mayda kristalli, 
porfirli va amorfli (shishasimon) tuzilishiga ega bo’ladi. Vulqon katta kuch
shiddat bilan atmosferaga yorib chiqar ekan o’zi bilan magmaning changlari 
(kullar, qumlar) shuningdek yirik sovub ulgurgan magma bo’laklari - lapilla va 
vulqon bombalarini ilashtirib oladi. Sementlashib birikib qolgan bu tog’ jinslari 
suv havzalari, yon bag’irliklarda cho’kindi materiallar bilan birikib vulqon tuflari 
va brekchiyalarini hosil qiladi. Magmatik tog’ jinslarini mineralogik tarkibini 
ko’zdan kechirilganda ularning 90% silikatlardan, dala shpatlaridan, kvarts, 
amfibolalar, piroksenlar, olivin, slyudalardan tuzilganligini ko’ramiz. Tarkibidagi 
qumtuproq tarkibiga ko’ra ular 4 guruhga bo’linadi: Nordon, o’rtacha nordon, 
asosli va ultra asoslidir. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin