51
B. Zarrachalari bog’langan chaqiq cho’kindi tog’ jinslariga
gil,
mergel (gil va kal’siy karbonat aralashmasi), qumoq tuproq, qumloq tuproq, gilli
slanetslar, lyoss va lyossimon tog’ jinslari kiradi.
Gil
deb mayda (diametri 0,005
mm dan kichik) tanga shaklidagi zarralardan iborat va ko’p miqdorda suv (3 dan
60% gacha) shimib olish qobiliyatiga ega tuproq mineral massalari to’plamiga
aytiladi. Gil quriganda uning hajmi kamayib, yoriladi. Gil suv o’tkazmaydi,
boshqa jinslarga nisbatan petrofografik tarkibi jihatidan oddiy alyumosilikatlardan
iborat bo’lib, unga temirning suvli oksidlari va boshqa minerallar aralashgan
bo’ladi. Umuman gillarning tarkibi juda ham o’zgaruvchan bo’ladi. Gillarning
kelib chiqishi turlichadir. Muzlik gillar, dengiz gillari, okean gillari va boshqa
gillar bo’ladi.
Eng ko’p gil yotqiziqlari dengizda hosil bo’ladi.
Xalq xo’jaligida gillar juda muhim rol’ o’ynaydi. Ular ayniqsa qurilish
ishlarida ko’p ishlatiladi: ular g’isht tayyorlashda, kanalizatsiya quvurlari,
cherepitsa va ko’prik yo’llari uchun material sifatida ishlatiladi. Gilning tarkibida
oz miqdorda SaSO
3
bo’lsa, ular ohakli yoki mergelli gil deb ataladi. Agar SaSO
3
,
MgSO
3
tuzlari tog’ jinsi tarkibining 40-60% ni tashkil etsa qolgan qismi esa gil
zarrachalaridan iborat bo’lsa, ular mergel’ deb ataladi. Shunday kilib, mergel’ gili
bilan kimyoviy jinslar o’rtasida hosil bo’lgan cho’kindi tog’ jinsi hisoblanadi.
Gillar ustiga imorat qurganda ularning mineralogik tarkibini yaxshi bilish zarur,
chunki gil tarkibidagi ba’zi minerallar suv ta’sirida shishish xususiyatiga ega
bo’ladi.
Qumoq, qumloq tuproq tog’ jinslari ularning tarkibidagi gil
zarrachalarining protsent miqdoriga qarab nomlangan, buni quyidagi gilli
cho’kindi tog’ jinslarining klassifikatsiyasida ham ko’rish mumkin (9.2-jadval).
Agar gilli tog’ jinsida changli zarrachalar miqdoriga nisbatan qumli zarracha ko’p
bo’lsa, u holda tog’ jinsining nomiga changli degan so’z qo’shib yozilmaydi.
Masalan, qumoq tuproq og’ir, qumloq tuproq yengil va xokazo.
Dostları ilə paylaş: