Muhandislik geologik tadqiqotlar



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   204
-qullanma (1)

Angidrit (CaSO
4
)
- Gipsning suvsiz ko’rinishi bo’lib, shu nomdagi jinsni 
tashkil etadi. Zichligi 2900-3000 kg /m
3
, qattiqligi – 3 - 3,5 ga teng. 


55 
10. METAMORFIK TOG’ JINSLARI VA ULARNING QURILISH 
XOSSALARI
 
Murakkab fizik - kimyoviy jarayonlarning tog’ jinslariga ta’sir natijasida 
ularning o’zgarishi - 
metamorfizm
deb ataladi. Metamorfik tog’ jinslari
magmatik va cho’kindi tog’ jinslarining strukturasi hamda mineralogik va 
ko’pincha kimyoviy tarkibining yuqori temperatura bosim, magmatik gaz va suv,
kimiyoviy moddalar ta’siri ostida o’zgarishdan hosil bo’lgan. Yer po’stlog’ida 
sodir bo’ladigan metamorfizm protsessi quyidagi asosiy turlarga bo’linadi: 
1.Dinamometamorfizm
- yer sharining dislokatsiya jarayoni tarqalgan 
hududlarida ko’p tarqalgan. Bunda tog’ jinslari yuqori harorat va kuchli bosim 
ta’sirida, o’z teksturasi va mineral tarkibini o’zgartiradi.
2.Kontaktli metamorfizm
- tog’ jinslari qizigan magma va undan chiqqan 
mahsulotlar bilan bevosita tegib turgan joyida yuqori harorat ta’siri natijasida 
o’zgarishidan hosil bo’ladi. Bu yerning chuqurroq qismlarida sodir bo’ladigan 
metamorfizmning boshqa turlaridan farq qilib, kuchsiz bosim ostida sodir bo’ladi. 
Bu hodisa natijasida ohaktoshdan marmar va ko’mirdan grafit hosil bo’ladi. 
Gidrotermal sharoitda, ya’ni issiq suvli eritma ta’sirida xloratlanish va serpentin-
lashish sodir bo’ladi.
3.Regional metamorfizm
- katta bosim va yuqori harorat ta’sirida, yer 
po’stlog’ining chuqur qismida katta maydonda sodir bo’ladi. Bu metamorfizmning 
pastki zonalarida tog’ jinslari zichlashadi va sementlashadi. Masalan; yuqorida 
yotuvchi qatlamlarning bosimi, temperatura ta’sirida gillar - gilli slanetslarga, 
yumshok qumlar - zich qumlarga aylanadi. Yerning chuqur qismlarida harorat va 
bosimning yuqori darajadagi ta’siri oqibatida, zichlangan tog’ jinslari yana 
qaytadan kristallanib ularning strukturasi va tarkibi o’zgaradi. Ana shunday 
sharoitlarda kristalli slanetslar hosil bo’ladi.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin