59
Yotqiziqlar
Vaqtlar
Guruh
Era
Sistema
Davr
Bo’lim
Epoxa
Yarus
Asr
Yer qobig’i tarixidagi yotqiziqlar va vaqtlar Yerdagi tarixiy voqealarning
asosiy tabiiy bosqichlarni ketma - ket qamrab oladi.
Geoxronologiya jadvaliga
kirgan eralar, davrlar, epoxalar nomi bir joyning, tog’ aholisi nomi bilan atalgan,
yoki tog’ jinsining tarkibiga moslab qo’yilgan. Masalan; paleozoy erasi nomi
1838 yilda, A.S Sedjvik tomonidan, mezozoy va kaynozoy eralarining nomi 1840
yilda D. Filips tomonidan berilgan.
Eng qatta stratigrafik birliklar gruppa va sistemalardir. Sistemalar o’z
navbatida bo’limlarga bo’linadi (quyi, o’rta, yuqori), bo’limlar esa
mahalliy nom
bilan ataluvchi yaruslarga bo’linadi. Masalan; Respublikamizda to’rtlamchi
sistemani geoxronologik va stratigrafik bo’linishi quyidagichadir:
Quyi to’rtlamchi - Nanay (Q
1
);
o’rta to’rtlamchi -Toshkent (Q
2
);
yuqori to’rtlamchi - ochiqqo’rikli (golodostepskaya) (Q
3
)
va zamonaviy - Sirdaryo (Q
4
).
Geoxronologik birliklar - stratigrafik yotqiziqlar kabi nomlanadi