80
10
4000
11
-
12
-
Zilzilalarni bino inshootlarga ta’siri, ularni loyihalash va qurishda hisobga
olishni taqazo etadi. Hozirda zilzilani oldindan aytish va ehtiyot choralarini
ko’rish maqsadida juda keng miqyosda seysmik, muhandislik - geologik, geofizik,
tektonik, gidrokimyoviy, matematik usullar yordamida ilmiy tadqiqot ishlari olib
borilmoqda. Ana shu olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida MDH
hududi uchun ayrim - ayrim seysmik mikrorayonlarning xaritalari tuzilgan bo’lib,
bu xaritalar orqali, qaysi mintaqalarda necha balli zilzila bo’lishligini aniq
bilishingiz mumkin. Seysmik mikrorayonlar xaritasi, birinchidan zilzilani vujudga
keltiradigan “o’choq” - giposentrning joylashish holatini va zilzila sodir
bo’ladigan joy - episentrda, silkinishlarning takrorlanish xarakterini, intensiv-
ligini, joyning muhandis-geologik nuqtai nazardan sharoitlarini, tog’ jinslarini
fizik-mexanik
xususiyatlarini
o’rganish
asosida
tuziladi.
O’rta
Osiyo
Respublikalari mintaqalari 6-9 balli zilzilala zonaga kiritiladi. Ma’lum hududining
muhandislik-geologik sharoiti hisobiga seysmik aktivlikni oshib ketishini nazarda
tutib 10 ball va undan yuqori ballar belgilanishi mumkin. Yuqori seysmik
hududlarga (8-9 ball) - tog’li rayonlarda, tog’ oldi tekisliklari va daralar kiradi.
Hamma yuqorida tilga olingan respublikalarning past tekisliklarida seysmik kuch
5-6 ballgacha kamayadi.
Dostları ilə paylaş: