88
ajratib turadigan joylarni –
surilish ayirgichlari
deb ataladi. Surilish uyimining
shakli va chuqurligi, turlicha bo’lib, qurilishning turiga, hosil bo’lish sharoitiga va
joyning geomorfologik tuzilishiga bog’liq.
Surilish bazisi
deb - surilish yuzasining qiyalik chizig’i bilan kesishgan
joyiga aytiladi.
Surilish bazisi qiyalikning chizig’iga baravar, undan balandda yoki pastda
joylashgan bo’lishi mumkin. Agar surilish bazisi qiyalik chizig’idan pastda
joylashgan bo’lsa, surilish natijasida yonbag’irlikning eng pastki qismi
ko’pchiganga o’xshab, yuqoriga ko’tarila boshlaydi. Bunday joylar surilishning
o’sish zonasi
deb ataladi. Ba’zi bir qiyalikda bir necha marta surilish bo’lib,
ularning surilish bazislari turlicha bo’ladi. Surilishning bunday ko’rinishi
ko’p
yarusli surilishlar
deyiladi (14.2-rasm).
14.2 – rasm
. Pog’onasimon surilish sxemasi: 1 – lyossimon tog’ jinslari;
2 - qumtoshlar; 3 – qumlar; 4 – gillar. ( B.O.Mavlonov va S.Zoxidov rasmi).
Surilish natijasida hosil bo’lgan pog’onasimon suppachalar
Dostları ilə paylaş: