14.12-rasm
. Suvga to’la
to’yingan va tabiiy
namlikdagi lyossimon
jinslarning zichlanish
grafigi .
14.13-rasm
. Oldindan
ivitilgan (1) va tabiiy
namlikdagi (2)
lyossimon tog’
jinsining zichlanish grafigi
14.14-rasm
. Lyossimon tog’
jinsining zichlanishini
ifodalovchi egri chiziq.
123
jinslarni, inshoot og’irligi va jins ustida yotgan massalariga teng bo’lgan
yuklamadagi kuch bilan sinab ko’riladi.
Cho’kish hodisasi xalq xo’jaligida juda katta qiyinchilik tug’diradi va
zarar keltiradi. Lyoss va lyossimon jinslar ustiga bino va turli inshootlar qurilsa,
zamindagi jinslar ozgina zichlanadi, ammo bir oz ta’sir etsa, ular juda tez
zichlanadi, o’z hajmini kamaytiradi va cho’kish vujudga keladi. Bino va inshootlar
zamindagi jinslar bilan birga cho’kadi. Cho’kish bir tekis, oz va sekin bo’lsa, bino
va inshootlar uchun uncha xavfli bo’lmaydi, agar cho’kish notekis, bir joyda tez,
ikkinchi joyda sekin bo’lsa, bino yoki inshoot qiyshayadi, ba’zan esa qulab
tushadi. Cho’kish hodisasini o’rganish bino va inshootlarni loyihalashda kata
ahamiyatga ega.
Cho’kuvchanlik hodisasiga qarshi kurashda quyidagi muhandislik chora-
larini ko’rish mumkin:
1. Cho’kuvchanlik oqibatida, binolar, inshootlar, qurilmalarni shikast-
lanishini oldini olish uchun qilingan konstruktiv choralar.
2. Lyoss va lyossimon jinslarni, atmosfera, yer osti, maishiy va ishlab
chiqarish suvlari bilan namlanmasligi uchun maxsus saqlovchi moslamalar
o’rnatish.
3. Gruntlarni su’niy ravishda qotirish, buning uchun silikatlash yoki
kuydirish usullaridan foydalanish mumkin.
Imoratlar asosidagi cho’kuvchan gruntlarni imkoni bo’lsa, ko’chirib,
o’rniga, zich, cho’kmaydigan gruntlarni joylashtirish lozim.
|