Muhandislik geologik tadqiqotlar



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   204
-qullanma (1)

Kimyoviy suffoziyada
esa – yer osti suvlarini tog’ jinslarini eritishidan 
hosil bo’ladi va ko’pincha karstlanish jarayoniga yaqin turadi. Kimyoviy suffoziya 
asosan lyoss va lyossimon jinslar tarqalgan joylarda uchraydi.
Inshootlarni loyihalash va qurishda bajariladigan muhandislik – geologik 
ishlarda suffoziya hodisasini o’rganish uchun tog’ jinslarini granulometrik
tarkibini, xar – xilligini, fil’trlanish oqimi tezligini, oqim gradientini, suffoziya 
uchragan tog’ jinslarining fizikaviy - kimyoviy xossalarini, granulometrik va 
mineralogik tarkibini, suvda oson eriydigan tuzlarning yotishi, g’ovakliligi, suv 
o’tkazuvchanligi va boshqa xossalarini nazarda tutish kerak. Suffoziyaning oldini 
olish choralaridan biri unga uchraydigan joy qatlamlarini yer osti va atmosfera 
yog’inlaridan saqlashdir. Shu maqsadda ochik lotoklar yotqiziladi. Yer osti 
suvlarini tartibga solish, yo’nalishini o’zgartirish uchun ochiq yoki yopiq zovurlar 
qaziladi. Yer osti suvlari harakatini kamaytirish maqsadida, suvli qatlamlarga 
suyuq shisha, sement qorishmalari yoki gilli qorishmalar yuboriladi.
 
14.10. Cho’kish xodisasi 
Tashqi kuch yoki o’z og’irligi ta’sirida zo’riqish holatidagi gruntning,
qo’shimcha omillari tufayli kelib chiqadigan qo’shimcha deformatsiyalari –
cho’kish
deb ataladi. 
Cho’kuvchan gruntlarga quyidagilar kiradi: Lyoss va lyossimon jinslar, 
(namlanganda cho’kadi), muzlagan gruntlar (eriganda cho’kadi), qumli, suvga 


119 
to’yingan bo’shok gruntlar (harakatga kelganda cho’kadi). Lyoss va lyossimon 
gruntlar cho’kish xususiyatiga ko’ra 4 ta turga bo’linadi: 
1.Namlanish natijasida o’z og’irligi ta’sirida cho’kadigan lyoss va
lyossimon jinslar, O’rta Osiyoda ko’p tarqalgan. F.O.Mavlonov, P.M.Karpov va 
A.I. Islomov ma’lumotlariga ko’ra, ularning cho’kish darajasi 2,5-3,0 m gacha 
boradi; 
2.Namlanish natijasida o’z og’irligi va ustiga qurilgan bino bosimi
ta’sirida kuchli cho’kadigan jinslar. Bino og’irligi ta’sirida qo’shimcha cho’kish 
hosil bo’ladi (14.11-rasm);

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin