112
Ilmiy tadqiqotlar natijalari-qumli gruntlardagi plivunlik hodisalari sababi,
bakteriyalarni ayrim turi ekanligi isbotlandi. Bunday
biokimyoviy plivunlarni
hosil bo’lishi shunday tushuntiriladi, suvga to’yingan dispersli jinslarda yuqori
darajada turg’unlashgan kolloidlar
va shu bilan, mikroorganizmlar hayoti faoliyati
bo’lmish gazlar to’planishi oqibatida g’ovaklarda ortiqcha bosim to’planib,
jinsning harakatlanishiga turtki bo’ladi. Mikroorganizmlar haqiqiy plivunlarda
topilib, yana shuni aniqlandiki, biologik nurash 50
m chuqurlikdagi jins
qatlamlarida ro’y berar ekan. Tinch osoyishta turgan plivunlar suvni kam yo’qotadi
va suvni kam o’tqazadi.
A.F. Lebedev plivunlarni soxta va xaqiqiy turlarga ajratdi. Soxta
plivunlar-strukturaviy bog’lanmagan jinslar, turli qumlar va shag’allar
yotqiziqlardir. Plivunlik holatiga o’tish yer osti grunt suvlarining oqimining yuqori
gidravlik bosim gradienti ta’sirida sodir bo’ladi. Fil’trlanish
koeffitsienti sutkasiga
1-2 metr va undan ham ko’p bo’ladi. Jins zarralari ko’chgan oqim holatiga o’tadi
va ular orasida ishqalanish yo’qoladi. Bunday qumlar tez va oson oqib keta
boshlaydi. Suvsiz holatidagi o’rta zichligi 1,5-1,75 t/m
3
ga teng bo’ladi.
Gidradinamik bosim ostida faqatgina qumlargina emas, balki g’ovakli jinslar ham
oqizilishi mumkin. Soxta plivunlarga xos bo’lgan xususiyatining osonlik bilan
suvsizlanishdir. Qurigandan so’ng ular bo’sh, serg’ovak kamtsementlashgan
massaga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: