122
bog’lanish mustahkamligi lyossimon jinsni suv bilan namlanganda sezilarli
darajada pasayadi. 1 va 2 egri chiziqlarni, bir - biridan
farqlanishi tabiiy namlik-
dagi va suv bilan namlangandagi zichlanish darajasi turlicha bo’lishligini
ko’rsatadi va lyossimon jinslar uchun cho’kuvchanlik mezoni bo’lishi mumkin.
Ikki egri chiziqli grafik – lyossimon jinslarning cho’kuvchanligi qiymati doimiy
bo’lmasdan, balki siquvchi kuchga bog’liqligini ko’rsatadi. Ikki egri chiziqli
grafik usuli, bosimning har qanday qiymatiga
tanlab olingan oraliqdagi
cho’kuvchanlikni aniqlashga imkon beradi (14.13-rasm).
Cho’kuvchanlikni bitta egri chiziq yordamida aniqlash usuli, mavjud
bo’lib, bu usulda jinsdan 1
ta namuna olinib, oldindan belgilangan yuklamaga
moslab namlanadi (14.14- rasm).
Birinchi egri chiziq usuli inshootning ishlash sharoitidagi jinsning
haqiqiy holatini ifodalaydi deb hisoblanadi.
Hozirda laboratoriya sharoitida sinash chog’ida cho’kuvchanlikni
aniqlashda namunaga inshoot og’irligi va ustidagi namlangan grunt og’irligidan
kam bo’lmagan kuchda sinashni tavsiya qilinmoqda.
Dala sharoitidagi cho’kuvchanlikni shtamp usulida
aniqlash laboratoriya
usuliga qaraganda aniqroq bo’ladi. Shtamp usuli bilan aniqlashda, namlangan
Dostları ilə paylaş: