Muhandislik geologik tadqiqotlar



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   204
-qullanma (1)

Stratigrafik xarita
har xil yoshdagi jinslarni tarqalish chegaralarini 
ko’rsatadi. Bir xil yoshdagi jinslar xaritada shartli xarfli indekslar bilan belgilanadi 
va bir xil rangga bo’yaladi. Masalan, yura davri jinslari - havorang, bo’r davri – 
yashil va x.k. Stratigrafik xarita bilan stratigrafik ustun bo’ladi, u jinslarni yoshi 
bo’yicha qatlamlanishini aks ettiradi. 


219 
Litologik xarita
jinslarni tarkibini aks ettiradi. Har bir jinsli shartli belgi 
bilan belgilaydilar. Qurilish uchun geologik tadqiqotlar amaliyotida ko’pincha 
litologik - stratigrafik xaritalar tuziladi, ularda jinslarni yoshi va tarkibi 
ko’rsatiladi. 
Muhandislik-geologik xaritalar
– bu o’rganilayotgan hududdagi zaruriy 
muhandislik - geologik omillar haqidagi ma’lumotlar. Muhandislik - geologik 
xaritani har birining to’plam tushunchasi bo’lib, u xaritani o’zi, shartli belgilar, 
geologik kesimlar va tushuntirish yozuvidan tashkil topadi. 
Muhandislik - geologik xaritani tuzish uchun topografik, har xil turdagi 
geologik, gidrogeologik tadqiqotlar, jinslarni xususiyatlari va x.k. lar ishlatiladi.
Muhandislik - geologik xaritalar turi uch xil bo’ladi: 
1) muhandislik - geologik xaritalarsharoitlar,
2) muhandislik - geologik rayonlashtirish va
3) maxsus muhandislik - geologik xaritalar. 
Muhandislik - geologik sharoitlar
xaritasi yerdagi qurilishni hamma 
turlari uchun hisoblangan ma’lumotlarga ega. Uni qurilish amalga oshiriladigan 
joyni tabiiy sharoitlarini umumiy baholash uchun ishlatiladi. 
Muhandislik - geologik rayonlashtirish xaritasi
muhandislik - geologik 
sharoitlarini umumiyligi bo’yicha hududni bo’laklarga (regionlar, oblastlar, 
rayonlar va x.k.) ajratilishi aks ettiriladi. 
Maxsus xaritalar
qurilish yoki inshootni aniq turiga qo’llash uchun 
tuziladi. Ular qurilish hududini injener-geologik sharoitlarini bahosi bahosi va 
injener-geologik sharoitlarini hodisalarini bashoratiga ega. 
Muhandislik - geologik xaritalarni masshtabi ularni maqsadi va tarkibini 
mufassalligiga bog’liq bo’ladi: 
- umumiy sharxiy (sxematik) xaritalar mayda masshtabli (1:500000 va 
undan mayda) bo’lib, katta xududlarda injener-geologik sharoitlarni tashkil bo’lishi 
va tarqalishini umumiy qonuniyatlarini aks ettiradi; 


220 
- o’rta masshtabli (1:200000, 1:100000) xaritalar aholi punktlari, sanoat 
korxonalri, aloxida, gidrotexnik inshootlari va x.k. larni qurilishini loyixalashni 
asoslash uchun mo’ljallangan; 
- mufassal yirik masshtabli (1:1000 va undan yirik) xaritalar sanoat 
qurilishini konkret ob’yektlarini, shahar hududidagi qurilishlarni va x.k. larni 
joylashtirishni loyihalash uchun ishlatiladi. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin