241
mumkin, turar-joy binosini loyihasi bir bosqichda. Shu bosqichlarga mos ravishda
muhandislik - geologik tadqiqotlar o’tkaziladi.
Loyihalashni boshlang’ich bosqichlarida muhandislik - geologik izlanishlar
keng maydonlarni egallaydi, juda ham aniq bo’lmagan,
ammo nisbatan oddiy va
iqtisodiy arzon texnik vositalar qo’llaniladi. Keyingi bosqichlarga o’tgan sari
izlanishlar maydoni torayib boradi va geologik ishlarni murakkab va aniq usullari
qo’llaniladi.
Qurilishga ajratilgan maydonchada har bir bosqichda muhandislik-geologik
izlanishlar ma’lum ketma-ketlikda bajariladi:
- hudud bo’yicha umumiy ma’lumotlar adabiyotlardan va izlanish
tashkilotlarini arxivlaridan yig’iladi; iqlim, rel’yef, aholi, daryolar to’ri va x.k. lar
haqida;
- muhandis – loyihachilar muhandis - geolog bilan birgalikda qurilish
maydoni ko’rib
chiqadilar; uning qurilish darajasini aniqlaydilar, avval qurilgan
binolar (inshootlar), yo’l turi, rel’yef, o’simliklar va x.k. larni ko’rib chiqadilar,
uchastkani qurilishi uchun umuman yaroqliligini aniqlaydilar va izlanishlar uchun
texnik topshiriq ishlab chiqadilar;
- muhandislik - geologik izlanishlar bajariladi; dala
sharoitida maydoncha-
ning geologik tuzilishi, gidrogeologiyasi, geologik jarayonlar o’rganiladi, zarurat
bo’lsa gruntlarda tajriba ishlari qo’yiladi;
- olingan grunt va yer osti suvlari namunalari laboratoriyada o’rganiladi;
- dala va laboratoriya ishlari tugatilgan so’ng kameral davrda muhandislik-
geologik hisobot tuziladi, uni loyiha tashkilotida himoya qilinadi, shundan so’ng
u xujjat bo’ladi va ob’yektni loyihalashda ishlatiladi.
Quyida xar xil qurilish ob’yektlari uchun
bajariladigan muhandislik -
geologik izlanishlarni qisqa mazmuni keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: