A - zaxiralar razvedka laxmlari bilan to’liq o’rganilgan va chegaralangan;
sifatli o’rganilgan, qazib olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
V -zaxiralar laxmlar bilan razvedkalangan va chegaralangan;
C 1
- zaxiralar razvedka skvajinalarini tarqoq to’ri asosida aniqlangan;
C 2
- zaxiralar alohida razvedka laxmlari bilan tasdiqlangan umumgeologik
ma’lumotlar bo’yicha taxmin qilingan.
Kondagi qurilish materiali miqdorini hisoblashni odatda o’rta arifmetik
usulda yoki parallel kesimlaruslubida o’tkaziladi. Birinchi holda avval foydali
qazilmani o’rtacha qalinligi aniqlanadi
А o’rt =<А 1 +A 2 +А 3 +...+А 11 ) bunda
А 1 ,
А 2 ... h- foydali qazilma qatlamini ushbu kesimdagi qalinligi –
kesimlar soni. Keyin, foydali qazilma maydonini (S) bilgan holda uning hajmi
aniqlanadi, м
3
S
=? А ўрт. Parallel kesimlar uslubi (vertikal kesimlar) konlarini uzunchoq tuzilishida
va razvedka chiziqlari parallel joylashganda qo’llaniladi. Geologik kesim har bir
razvedka chizig’i bo’yicha tuziladi va planimetr yordamida foydali qazilmani
maydoni aniqlanadi.
Ikkita parallel kesim orasidagi blokda zahira hajmi bu kesimlar maydonini
yarim yig’indisini ular orasidagi masofaga ko’paytmasiga teng.
Yanada aniqroq hisoblar uchun boshqa murakkabroq usullar qo’llaniladi.
O’xshash yo’l bilan ustki jinslar hajmi aniqlanadi, ular foydali qazilma qatlamini
qazib olishdan avval olib tashlanishi kerak.