50
9.1-jadval
Jinslarning nomi
Zarrachalarning ulchami,
mm
Yirik valunlar
Yirik
xarsang toshlar
O’rtacha valunlar
O’rtacha xarsang toshlar
Mayda valunlar
Mayda xarsang toshlar
Yirik
chaqiq tosh
O’rtacha shag’al
O’rtacha chaqiq tosh
Mayda shag’al
Mayda chaqiq tosh
Yirik shag’al
Yirik dresva
O’rtacha shag’al
O’rtacha dresva
Mayda shag’al
Mayda dresva
Yirik qum
O’rtacha qum
Mayda qum
Juda
mayda qum
Yirik chang
Mayda chang
Yirik gil
Mayda gil
800-400
400-200
200-100
100-80
80-40
40-20
20-10
10-6
6-2
1-1
1-0,5
0,5-0,25
0,25-0,05
0,05-0,01
0,01-0005
0,005-0,001
<0,001
9.1-jadvalda keltirilgan zarrachalar tog’ jinsi tarkibining 50% dan ortig’ini
tashkil qilsa, shu zarraning nomi tog’ jinsiga beriladi, masalan, qumning tarkibida
1-2 mm kattalikdagi zarrachalar 50% dan ortiq bo’lsa,
u qum
yirik qum
deb
ataladi. Umuman yuqorida keltirilgan zarrachalar - bog’lanmagan cho’kindi tog’
jinslari nam va quruq holatda bo’lishiga qaramay ularning muhandislik - geologik
xususiyatlari bir xildir. Ular yaxshi siqilmaydi, shuning uchun ulardan inshootlarga
poydevor qilinadi.
51
B. Zarrachalari bog’langan chaqiq cho’kindi tog’ jinslariga
gil,
mergel (gil va kal’siy karbonat aralashmasi), qumoq tuproq, qumloq tuproq, gilli
slanetslar, lyoss va lyossimon tog’ jinslari kiradi.
Gil
deb mayda (diametri 0,005
mm dan kichik) tanga shaklidagi zarralardan iborat va ko’p miqdorda suv (3 dan
60% gacha) shimib olish qobiliyatiga ega tuproq mineral massalari to’plamiga
aytiladi. Gil
quriganda uning hajmi kamayib, yoriladi. Gil suv o’tkazmaydi,
boshqa jinslarga nisbatan petrofografik tarkibi jihatidan oddiy alyumosilikatlardan
iborat bo’lib, unga temirning suvli oksidlari va boshqa minerallar aralashgan
bo’ladi. Umuman gillarning tarkibi juda ham o’zgaruvchan bo’ladi. Gillarning
kelib chiqishi turlichadir.
Muzlik gillar, dengiz gillari, okean gillari va boshqa
gillar bo’ladi.
Eng ko’p gil yotqiziqlari dengizda hosil bo’ladi.
Xalq xo’jaligida gillar juda muhim rol’ o’ynaydi.
Ular ayniqsa qurilish
ishlarida ko’p ishlatiladi: ular g’isht tayyorlashda, kanalizatsiya quvurlari,
cherepitsa va ko’prik yo’llari uchun material sifatida ishlatiladi. Gilning tarkibida
oz miqdorda SaSO
3
bo’lsa, ular ohakli yoki mergelli gil deb ataladi. Agar SaSO
3
,
MgSO
3
tuzlari tog’ jinsi tarkibining 40-60% ni tashkil
etsa qolgan qismi esa gil
zarrachalaridan iborat bo’lsa, ular mergel’ deb ataladi. Shunday kilib, mergel’ gili
bilan kimyoviy jinslar o’rtasida hosil bo’lgan cho’kindi tog’ jinsi hisoblanadi.
Gillar ustiga imorat qurganda ularning mineralogik tarkibini yaxshi bilish zarur,
chunki gil tarkibidagi ba’zi minerallar suv ta’sirida shishish xususiyatiga ega
bo’ladi.
Qumoq, qumloq tuproq tog’ jinslari
ularning tarkibidagi gil
zarrachalarining protsent miqdoriga qarab nomlangan, buni quyidagi gilli
cho’kindi tog’ jinslarining klassifikatsiyasida ham ko’rish mumkin (9.2-jadval).
Agar gilli tog’ jinsida changli zarrachalar miqdoriga nisbatan qumli zarracha ko’p
bo’lsa, u holda tog’ jinsining nomiga changli degan so’z qo’shib yozilmaydi.
Masalan, qumoq tuproq og’ir, qumloq tuproq yengil va xokazo.
Dostları ilə paylaş: